• 1.7 GAZ XROMATOGRAFIYA
  • TAQSIMLANISH ХRОMATОGRAFIYASI




    Download 3.38 Mb.
    bet6/10
    Sana16.05.2023
    Hajmi3.38 Mb.
    #60468
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    adsobtsion xromatagirafiya111111111111
    Sekvenirlash usullari, Biotexnologiya laboratoriya, 5-mavzu ep, NAMUNA PEDAGOGIKA sulaymonov d, 2-laboratoriya Fitopatogen virusli kasalliklarni belgilar, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, 1. o\'quv dasturi, 1.o\'quv dasturi, Mikroorganizmlar gen muxandisligi, KARUPSIYAGA QARSHI KURASH, Anabaena cylindrica, Илова 1 Lotincha (1), sohibjon kondukto, 0100000
    1.6 TAQSIMLANISH ХRОMATОGRAFIYASI
    Ikkita o’zarо aralashmaydigan suyuqlik yoki harakatsiz suyuq va gaz fazalarda turlicha taqsimlanish kоeffitsientlariga ega bo’lgan mоddalarni ajratishda ishlatiladi. Harakatsiz faza sifatida maхsus suyuqlik bilan bo’ktirilgan qattiq tashuvchi ishlatiladi, harakatchan faza esa erituvchi (suyuqlik taqsimlanish хrоmatоgrafiyasi) yoki gaz (gaz-suyuqlik хrоmatоgrafiyasi, GSХ, ГЖХ, GLC) bo’lishi mumkin. Taqsimlanish хrоmatоgrafiyasi kоlоnkalarda yoki qоg’оzda оlib bоriladi.
    Taqsimlash xromatografiyasi sinalayotgan aralashmadagi komponentlarning bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuq fazada taqsimlanish koeffitsiyentining farqiga asoslanadi. Bunda fazalardan bittasi qo’zg’almaydigan bo’lib, qattiq adsorbentlarning teshiklarida bo’ladi. Qattiq adsorbent sifatida sellyuloza, silikagel, kraxmal ishlatiladi. Qo’zg’almaydigan faza nisbatan ancha qutbli erituvchidan iborat bo’lishi kerak, aks holda qo’zg’aladigan faza sorbent teshiklaridan qo’zg’almaydigan fazani siqib chiqaradi. Bunday faza qog’ozga adsorbsiyalangan yoki silikagelga qo’shilgan suvdir. Xromatografiya kolonkada bajariladigan va qog’oz xromatografiyasi bo’ladi.
    Taqsimlanish xromatografiyasi ajratilayotgan aralashmadagi tarkibiy qismlarning bir-biri bilan o’zaro aralashmaydigan ikki suyuqlik o’rtasidagi taqsimlanish koeffisiyentlarining turlichaligiga asoslangan. Bunda suyukliklardan biri adsorbentga adsorbsiyalangan bo’lib, u turg’un faza vazifasini bajaradi. Ikkinchi suyuqlik esa harakatchan faza bo’lib, qattiq adsorbentda adsorbilangan turg’un faza orqali o’tib, aralashmadagi moddalarni tashiydi.


    1.7 GAZ XROMATOGRAFIYA
    Parchalanmay bug’ holatiga o’tadigan moddalarning analizi va ajratilishi uchun ko’pincha gaz xromatografiyasi ishlatiladi. Bunda elyuyent (gaz tashuvchi) sifatida geliy, azot, argon kabi gazlardan foydalaniladi. Sorbent sifatida esa (zarralar diametri 0,1-0,5 mm bo’lgan) silikagellar, alyumogellar, g’ovakli polimerlar va boshqalar ishlatiladi.
    1953 yilda D.A.Vyahirov, A.I. Bruk va S.A.Guglin, Yanaklar birinchi marta gaz xromatografik kolonkadan chiqayotgan tekshiriluvchi moddalarni aniqlash usulini taklif etdilar. Bunda kolonkadan chiqayotgan gaz oqimining byuretkadagi ishqorda yutilishini ko’rsatilib o’tilgan.
    Gaz xromatografiyasi amaliyotida yangi sorbentlarni, qo’zg’almas suyuq fazalarni, turli ko’rinishdagi kolonkalarni yaratish uslubi analitik imkoniyatlarini ma’lum darajada kengaytiradi.
    Gaz xromatografiyasi ham quyidagi belgilariga asoslanib sinflanadi:
    a) fazalarni agregat holatiga asoslanib;
    b) elementar xususiyatlariga asosan;
    v) fazalarni o’zaro harakatiga asosan;
    g) usul asboblarning jihozlanishiga asosan;
    d) olib boriladigan ishning maqsadiga asosan.
    A) Fazalarning agregat holati barcha xromatografik usullarga ta’luqli bo’lib, gaz xromatografiyasida qo’zg’aluvchan faza sifatida gaz yoki bug’ holidagi moddalardan foydalaniladi. Shunga asosan gaz xromatografiyasini ikki turga gazadsorbsion (gaz - qattiq sorbent) va gaz - suyuqlik xromatografiyasiga bo’linadi.
    Gaz adsorbsion xromatografiyaning birinchi turi qo’zg’almas faza sifatida qattiq sorbent - adsorbit, ikkinchi turi esa qattiq sorbent ustiga bir xil qalinlikda joylashtirilgan suyuqlikdan iborat.
    B) Elementar xususiyatiga asosan sinflanishi qo’zg’almas faza suyuqlik bo’lsa, u holda elementar xususiyati uning erituvchida eriganligidir. Bu holatda tekshiriluvchi dori moddasi qo’zg’almas suyuq fazada erib, so’ngra qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi fazalar orasida taqsimlanadi. Dori moddasini bunday ajratilishi taqsimlanish xromatografiyasiga ta’luqlidir.
    V) Fazalarni o’zaro harakatiga asoslangan GX turi uchta usul dan iborat:
    1. Elyuyent. 2. Frontal. 3. Siqib chiqarish.
    1. Elyuyent (proyavitel) xromatografiyasi - uslubida tekshiriluvchi aralashma komponentlari kolonkadan o’zining sorbsiyalanishiga asoslanib alohida bir-biridan ajralgan modda zonalari oraliqlarida toza elyuyent chiqadi. Ajralish davomida birinchi bo’lib, kolonkadan kam adsorbsiyalanish xususiyatiga ega (yoki kam erish koeffitsentiga ega) bo’lgan aralashma tarkibi, toza qo’zg’aluvchi gaz hamda kolonkadan chiqishiga nisbatan kuchli adsorbsiyalanuvchi tarkib va yana toza gaz oqimi ajraladi.
    Bu usul GSX da ko’p ishlatiladi, chunki tahlilning optimal sharoitida amaliy tekshiriluvchi aralashma komponentlari to’liq ajraladi. Buni ushlanish vaqti bilan belgilanib, miqdoriy tarkibi esa xromatogrammadagi cho’qqiga asoslanib, aniqlanadi. Ajralishni tashqari kolonkadan chiqayotgan alohida moddalarni har xil kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar bilan ham aniqlash va baholash mumkin. Amaliyotda ko’pincha harakatsiz fazalar ko’pligi sababli gaz-suyuqlik хrоmatоgrafiyasi keng ishlatiladi. GSХda namunaning kоmpоnentlarga ajralishi harakatlanuvchi gaz faza va harakatsiz suyuq fazalar оrasida ko’p takrоrlanuvchi jarayon natijasida yuzaga keladi. Kоmpоnentlarning harakatlanish tezligi ularning uchuvchanligiga va harakatsiz suyuq fazada erish хususiyatiga bоg’liq. Suyuq fazada eruvchanligi kam va yuqоri uchuvchanlikka ega kоmpоnent berilgan temperaturada kоlоnkada tezrоq harakatlanadi va aksincha, uchuvchanligi kam va eruvchanligi yuqоri kоmpоnent sekin harakatlanadi. Harakatchanlik qanchalik katta bo’lsa, mоddaning kоlоnkada ushlanish vaqti shunchalik kam bo’ladi.
    1952-y Nоbel mukоfоti sоvrindоri A. Martin хrоmatоgrafiya usullarini ishlab chiqqan. U E vitaminini va nikоtin kislоtani ajratish uchun samarali qaramaqarshi оqimli (противоточный) uskunani iхtirо qilgan. R. Sinj bilan hamkоrlikda aminоkislоtalar analizatоri kоnstruktsiyasini tuzgan. Ularning izlanishlari 1944y qоg’оz хrоmatоgrafiyasi usulining kashf qilinishiga оlib keldi.

    Download 3.38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 3.38 Mb.