• I.ASOSIY QISM. 1.1.XROMATOGRAFIYA USULINING MOHIYATI
  • Kurs ishining maqsadi va vazifasi




    Download 3.38 Mb.
    bet2/10
    Sana16.05.2023
    Hajmi3.38 Mb.
    #60468
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    adsobtsion xromatagirafiya111111111111
    Sekvenirlash usullari, Biotexnologiya laboratoriya, 5-mavzu ep, NAMUNA PEDAGOGIKA sulaymonov d, 2-laboratoriya Fitopatogen virusli kasalliklarni belgilar, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, 1. o\'quv dasturi, 1.o\'quv dasturi, Mikroorganizmlar gen muxandisligi, KARUPSIYAGA QARSHI KURASH, Anabaena cylindrica, Илова 1 Lotincha (1), sohibjon kondukto, 0100000
    Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Hozirgi vaqtda xromatografiya usullari moddalarni ajratish, tozalash, sifatiy va miqdoriy aniqlash kabi masalalarni hal etishda ishlatiladi. Moddalarni xromatografik ajratish yoki tozalash aralashmadagi moddalarning adsorbent yuzasida turlicha adsorbilanishi va erituvchilardagi eruvchanligining har xilligiga asoslangan.
    Xromatografiya usullari ajratish mexanizmi bo’yicha adsorbsion, taqsimlanish, ion-almashinish, cho’ktirish va boshqa usullarga, ajratish texnikasi bo’yicha kolonkali, kapilyar va yuzaviy, fazalarning agregat holati bo’yicha gaz, suyuqlik va gaz-suyuqlik xromatografiyasi usullariga bo’linadi.
    Xromatografik tahlil - aralashmadagi moddalarni qattiq yoki suyuq adsorbеntga (shimuvchi modda) tanlab shimilishiga – adsorbtsiyalanishiga asoslangan. Moddani adsorbеntga shimilish darajasi shimiluvchi-sorbatni shimib oluvchi adsorbеntga bo`lgan moyilligiga bog’liq.

    I.ASOSIY QISM.
    1.1.XROMATOGRAFIYA USULINING MOHIYATI
    Moddalarni ajratish va analiz qilishning xromatografik usulini birinchi bo’lib 1903-yilda M.S.Svet o’simlik pigmentlarini ajratishda qo’lladi. Keyinroq 1931-yilda Kun va uning shogirdlari xromatografiya yordamida tuxum sarig’ida ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda α va β karotinlarini kristall shaklida ajratib olib, usulning moddalarni preparativ ajratishda ham katta ahamiyatga ega ekanligini, 1941-yilda A.Martin va R.Sing taqsimlash xromatografiyasiga asos soldi va oqsil, uglerod brikmalarini o’rganishda uning keng imkoniyatlarini ko’rsatib berdi. 1940-45-yillarda S.Mur va U.Staynlar aminokislotalarni xromatografiya usulida ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta hissa qo’shdi. 1905-yilda Martin va Jeyms gaz-suyuqlik xromatografiyasi usulini ishlab chiqdi.
    Hozirgi vaqtda xromatografiya usullari moddalarni ajratish, tozalash, sifat va miqdoriy aniqlash kabi masalalarni hal etishda ishlatiladi. Xromatografiya usuli olib borilayotgan muhitga qarab gaz, gaz-suyuqlik, suyuqlik xromatografiyalariga, moddalarni ajratish mexanizmiga qarab molekulyar (adsorbsion), ion almashinish, taqsimlanish va cho’ktirish xromatografiyalariga, texnikasi bo’yicha kolonkali, naychali (kapilyar), qog’ozli va yupqa qatlamli xromatografiyalarga bo’linadi.
    Quyida ayrim xromatografik usullar texnikasi va ular bo’yicha bajariladigan laboratoriya ishlari namunalari keltirilgan.
    Xromatografik tahlil - aralashmadagi moddalarni qattiq yoki suyuq adsorbеntga (shimuvchi modda) tanlab shimilishiga-adsorbtsiyalanishiga asoslangan. Moddani adsorbеntga shimilish darajasi shimiluvchi-sorbatni shimib oluvchi adsorbеntga bo`lgan moyilligiga bog’liq. Barcha xromatografik tahlillarning tub mohiyati: tahlil etiluvchi aralashma harakatlanuvchi (suyuq, gaz) faza tarkibida statsionar ya’ni qo`zg`almas sorbеnt fazasi bo`ylab harakatlanganda, uning tarkibiy qismlari, qo`zg`almas va harakatchan fazalarga bo`lgan moyilliklari farq etgani sababli, turli tеzlikda harakatlanib, o’zaro ajraladi. Xromatografik tahlilning turlari ko`p bo`lib, dori vositasini sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash maqsadiga ko`ra, ulardan ba’zilarini tanlab qo`llash uchun bu usullarning tasnifi va bir biridan farqini bilish lozim.


    Download 3.38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 3.38 Mb.