• 1.4 KOLONKALI XROMATOGRAFIYA
  • ADSORBSION XROMATOGRAFIYA




    Download 3.38 Mb.
    bet4/10
    Sana16.05.2023
    Hajmi3.38 Mb.
    #60468
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    adsobtsion xromatagirafiya111111111111
    Sekvenirlash usullari, Biotexnologiya laboratoriya, 5-mavzu ep, NAMUNA PEDAGOGIKA sulaymonov d, 2-laboratoriya Fitopatogen virusli kasalliklarni belgilar, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, 1. o\'quv dasturi, 1.o\'quv dasturi, Mikroorganizmlar gen muxandisligi, KARUPSIYAGA QARSHI KURASH, Anabaena cylindrica, Илова 1 Lotincha (1), sohibjon kondukto, 0100000
    1.3 ADSORBSION XROMATOGRAFIYA
    Adsorbent – turg’un faza bo’lib, u katta yuzaga ega bo’ladi, erituvchi esa harakatchan faza bo’lib, turg’un faza (adsorbent) orqali sizib o’tadi. Xromatografik usulda moddalarni ajratish va analiz qilish erigan moddalarning ko’p fazali (ko’pincha ikki fazali) sistemalardan o’tganda adsorbent sirtiga turlicha yutilishiga asoslangan. Adsorbsion xromatografiya ajratilayotgan aralashmadagi tarkibiy qismlarning adsorbsiyalanish xossalaridagi farqlarga asoslangan. Ajratilayotgan aralashmadagi moddalar molekulalari adsorbentning aktiv yuzasiga yutiladi. Ularning bog’lanish darajalari har xil bo’lganligi uchun moddalar har xil tezlikda harakatlanadi. Modda qanchalik yaxshi adsorbsiyalansa, uning adsorbent bo’ylab harakatlanish tezligi shuncha sekin bo’ladi va aksincha.
    Adsorbsion xromatografiyada ishlatiladigan adsorbentlar erituvchi va aniqlanayotgan (ajratilayotgan) moddalar bilan kimyoviy ta’sirlashmasligi, erituvchi va aniqlanayotgan (ajratilayotgan) moddalarga katalitik ta’sir ko’rsatmasligi va aniq disperslik darajasiga va ma’lum standartga ega bo’lishlari kerak. Adsorbent sifatida alyuminiy oksidi, silikagel, poliamid (kapron), sellyuloza, kalsiy gidroksid, magniy oksid, gips va boshqalar ishlatiladi.
    Moddalarning adsorbsion xususiyati ularning eruvchanligi va tarkibidagi funksional gruppalarning xususiyatlari bilan belgilanadi.

    1.4 KOLONKALI XROMATOGRAFIYA
    Xromatografiya metodik xususiyatlari va bajarilish texnikasiga ko’ra kolonkali, yupqa qavatli va qog’ozda taqsimlanish xromatografiyasiga bo’linadi. Kolonkali xromatografiya asosan moddalarni aralashmadan miqdoriy ajratishda qo’llaniladi. 1-rasmda moddalarni aralashmadan miqdoriy ajratib olishda qo’llaniladigan kolonkali adsorbsion taqsimlanish xromatografiya kolonkalari ko’rsatilgan. Bu kolonkalardan ion almashinish xromatografiya usulida ham foydalanish mumkin.

    1-rasm. Sorbent bilan to’ldirilgan xromatografik kolonka

    Kolonkalarni adsorbent va ajratilayotgan moddalar aralashmasi bilan to’ldirishda ikki usuldan foydalaniladi. Birinchi usul bo’yicha tayyorlangan adsorbent kolonkaga oz-ozdan solinib, uchiga rezina kiygizilgan tayoqcha bilan to’xtovsiz urib turiladi. Bunda adsorbent zich joylashadi. Ba’zan esa elyuyent sifatida ishlatiladigan erituvchi yoki erituvchilar aralashmasi avval kolonkaga quyiladi, keyin adsorbent solinib, asta-sekin kolonka tayoqcha bilan uriladi.


    Ikkinchi usul bo’yicha adsorbent elyuyentda suspenziyalanadi va kolonkaga solinadi. Suspenziyalanganda havo pufakchalari qolmasligi kerak. Tayyorlangan kolonkaga ajratilayotgan aralashmaning elyuyentdagi konsentrlangan eritmasi solinadi. Agar elyuyentda aralashma to’la erimasa, u avval yaxshi eriydigan erituvchida eritilib, adsorbentning minimal qismida adsorbsiyalanadi, quritiladi va so’ngra kolonkaga solinadi. Bunda modda kolonkaning 1/10 qismidan ko’p hajmini egallamasligi kerak. Kolonkaning diametri sorbent qatlamining qalinligiga nisbati 1:20 nisbat atrofida, sorbent uchidagi bo’shliq kamida 10-15 sm bo’lishi kerak.
    Kolonka tayyor bo’lgach, undan tanlab olingan elyuyent o’tkaziladi. Agar sorbent qatlamining qarshiligi kichik bo’lsa, elyuyent o’zi o’tadi. Agar sorbent qatlamining qarshiligi katta bo’lsa, elyuyent kolonka orqali bosim ostida o’tkaziladi yoki vakuum nasosi yordamida so’rib olinadi.
    Rangli moddalar ajratilganda, ularning harakati kuzatib boriladi va toza holda ajratib olinadi. Rangsiz moddalar ajratilganda kolonkada ajralayotgan elyuyent tekshiriladi. Bunda elyuyent bir xil hajmdagi fraksiyalar tariqasida yoki bir xil vaqt (0, 20, 25, 30 minut) oralig’ida yig’ib olinadi. Har bir fraksiya yupqa qatlamdagi xromatografiya, qog’oz xromatografiyasi, kolorimetrik, potensiometrik yoki boshqa usullar yordamida tekshiriladi.


    Download 3.38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 3.38 Mb.