• Buyumlarni ushlab turish va balans
  • Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar tasnifining




    Download 217 Kb.
    bet4/12
    Sana17.10.2023
    Hajmi217 Kb.
    #88316
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Halqada bajariladigan mashqlar o\'rgatish metodikasi
    AAA
    Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar tasnifining biomexanik asoslari

    Garchi badiiy gimnastikada buyumlar turli shaklga, fakturaga, o'lchamga ega bo'lib, har bid o'ziga xos yondashuvni harakatlanayotgan bo'ladi, shu boisdan ushbu harakatlarni alohida guruhga ajratish biomexanika nuqtai nazaridan ma'qul emas.


    Shunday qilib, buyumlar bilan bajariladigan mashqlarning biomexanik qonuniyatlariga tayangan holda, quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiqdir:
    l.Saqlab turish va balans.
    2. Aylanma harakatlar.
    3.Figurali harakatlar.
    4.Uloqtirma harakatlar.
    5.Dumalama harakatlar.
    Ayni paytda, buyumlar bilan bajariladigan «mayda ishlar» manipulyatsiyalar deb ataladi.
    Buyumlar bilan harakatlar xuddi tana harakatlari kabi, odatda, beshta bosqichga ajratiladi:

    1. Boshlang'ich holat (boshlang'ich bosqich).

    2. Tayyorgarlik harakatlari (tayyorgarlik bosqi.chi).

    3. Asosiy harakatlar (boshlang'ich bosqich).

    4. Amalga oshirish bosqichi.

    5. Yakunlovchi bosqich.

    Buyumlarni uloqtirish va ilib olish bundan mustasno bo'lib, ular fazalarning ikki karra ko'paytirilgan sonidan iborat qo'sh harakat sifatida baholash mumkin.


    Buyumlarni ushlab turish va balans

    Buyumlarning turlicha shakllari ularni ushlab turishining har xil usullarini taqozo etadi.


    Arqon odatda, ikki uchidagi tugunchalardan ushlanadi: tuguncha kaftning o'rtasida joylashadi, barmoqlar musht bo'lib tugilib, tugunchani siqib oladi, arqon bosh va ko'rsatkich barmoqlar o'rtasidan yotadi. Musht ichidagi arqon bemalol harakatlana olishi uchun uni haddan ziyod siqib ushlamaslik kerak.Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar tasnifi

    Tana yoki
    qo'l
    atrofida
    aylantirish-
    lar

    QoM(lar)

    Kaftda, kaft bilan, bilak, qo'l bo'ylab


    gavda

    Bo'yin, yelka aylanasi, bel butun gavda aylanasi


    Oyoq(lar)

    Oyoq kaftlari, to'piq, butun oyoq

    Figurali harakatlar

    Doiralar»sak kizliklar»

    Turli sathlarda kichik, o'rta va katta


    Spirallar Ilonchalar tegirmonlar

    Vertikal, gorizontal va aylana; turli sathlarda

    Buyum
    ustidan
    sakrashlar

    1-3 marta aylanishlar
    bilan, halqaga
    (kesishma),tig'izushlab

    Oldinga. Orqaga va yon tarafga; gavdaning turli holatlarida


    Harakatlanay otgan buyum ustidan

    Sirpanay otgan, buralayotgan,
    aylanayotgan, urilib qaytgan xamda
    polda va pol ustida shakl chizayotgan

    Buyumga
    kirish elementlari

    Kiyish bilan

    Oldinga, orqaga,ichkariga, tashqariga hamla bilan


    tashlab

    Gorizontal hamda oldinga, orqaga va yon tarafga aylanib


    qadam tashlab sakrab

    Maxsus tayyorlangan va mustaqil
    harakatlanayotgan buyumga
    (sirpanayotgan, buralayotgan va sh.k)

    Buyumlar-ni taxlash

    Buyum uchlarini al mash lab
    ushlash bilan

    Gavda oldida. Orqada, yonboshda, bosh usti va orqasida


    Tana a'zolarini tekkizib bukib

    Qo'l(lar)ni, oyoq(Iar)ni, gavdani

    Bundan tashqari, arqonni quyidagicha ushlash mumkin:

    • bir uchidan;

    • bir qo'llab ikkala uchidan;

    • bir qo'lda yoki ikki qo'llab o'rtasidan;

    • 2-4ga buklab, bir va ikki qo'lda

    Gardish (obruch) odatda , bir qo'llab ikki xil usulda ushlanadi:

    • qattiq ushlash - obruch xuddi arqon kabi musht ichida siqiladi;

    • erkin ushlash - obruch kaftning ichki qirrasida, bosh va ko'rsatkich barmoqlar o'rtasida joylashadi.

    Obruch tekis buyum bo'lgani uchun uning holati va harakatlari tekislik nuqtai nazaridan baholanadi:

    • yuza;

    • yonbosh;

    • gorizontal;

    • qiya.

    Ayrim holatlarda obruch ikki qo'llab, osti va ustidan mahkam ushlab ko'tarilishi mumkin.
    To'p odatda, biroz yozilgan barmoqlar bilan kaftda tutib turiladi, to'pning kaftga asosiy tayanchi barmoqlarning boshla-nadigan joyiga to'g'ri keladi, kaftning o'zi to'pga tegmaydi, barmoqlarning bo'rtma yumshoq joylari to'pga salgina tegadi, uni nazorat qiladi, biroq yopishib olmaydi. To'pni bilakka, tirsak qismiga yoki gavdaga bosish ta'qiqlanadi. To'p shar shaklidagi, nisbatan ancha og'ir buyum (400 gramm), kaft uchun ham anchayin katta diametrga ega (18-20), shu boisdan uni qo'l va tananing oddiy harakatlari yordamida ushlab urishning o'ziyoq texnik jihatdan yetarli darajada murakkab vazifa va hodisa bo'lib, mutaxassislar buni balans deb atashadi.
    To'p balansi, o'z mohiyatiga ko'ra, to'pni panjaga nisbatan barqaror holatda saqlashdir. Fizika qonunlariga ko'ra, agar to'p og'irligi markazining proektsiyasi panja tashqarisiga chiqmasa, muvozanat saqlanib qoladi, shu boisdan, qo'llar va gavda harakatlari vaqtida panjani shunday tutish kerak-ki, u doimo to'p ostidabo'lsin.


    Download 217 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 217 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyumlar bilan bajariladigan mashqlar tasnifining

    Download 217 Kb.