|
Mundarija: Kirish I. bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni boshqarish va huquqiy jarayonlar
|
bet | 2/8 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 46,58 Kb. | | #122868 |
Bog'liq Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogikKurs ishining maqsadi: Tarbiyachi maktabgacha ta’lim tashkilotida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g‘oyaviytarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g‘oyaviy-siyosiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo‘lgan ijodiy munosabatiga bog‘liq
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Tarbiyachining o‘ziga xos xususiyati – uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi – bolaning ruhiyatini, yosh va o‘ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini bilishdir.
Tarbiyachi o‘z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o‘ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o‘ziga xos xususiyatlarni (zararli bo‘lsa) yo‘qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo‘yadi.
Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo‘lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta’siri juda katta bo‘ladi. CHunki bu davrdagi har bir ta’surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Kurs ishining predmeti: Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o’rni benihoya katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Darsdan tashqari qilinadigan ishlar o’quv reja asosida ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib, bunga sinfdagi barcha talabalar bevosita ishtirok etiladi.
|
| |