|
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni huquqiy asoslari
|
bet | 4/8 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 46,58 Kb. | | #122868 |
Bog'liq Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogikMaktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni huquqiy asoslari
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sohaga xususiy sektorni keng jalb etish hamda mazkur faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
a) oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari va maxsus kontingentlar soni jami tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo‘lgan taqdirda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda, ushbu bolalar uchun ota-onalar to‘lovi shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan miqdorda o‘rnatiladi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi. Bunda, tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya haqiqatda band qilingan, lekin 4,5 tadan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 tadan) ko‘p bo‘lmagan shtat birligidan kelib chiqib to‘lanadi;
tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa ajratmalar ushlangandan so‘ng, to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib beriladi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshlash uchun sog‘liqni saqlash organlari bilan majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishga oid shartnoma tuzish tartibi bekor qilinadi;
b) davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiyalar miqdorini hisoblashda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnayotgan 3 yosh va undan katta yoshdagi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2 yosh va undan katta yoshdagi), lekin 7 yil 8 oydan katta bo‘lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilagan holda 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunda 3 yoshga to‘lmagan bolalarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilmaydi (boquvchisini yo‘qotgan ayollarning 2-3 yoshdagi farzandlari bundan mustasno);
v) tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan, shu jumladan suyultirilgan gaz yoki ko‘mir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham to‘lanadi (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno).
2. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibini tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlariga ularning xohishiga ko‘ra 2018-2019-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddatini 2023-yil 1-avgustga qadar uzaytirishga ruxsat etiladi.
Bunda:imtiyozli davr muddati davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlari amalga oshiriladi;imtiyozli davrda to‘lanishi lozim bo‘lgan asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, budjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta’limi va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish;
to‘rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish;
beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodikdidaktik materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’minlash;
ltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
yettinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish;
sakkizinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar uyushtirish;
to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
3. Idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, barcha davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga belgilangan tartibda o‘tkazilsin.
4. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim sohasidagi barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika markazi negizida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tarkibiga kiritilsin hamda unga ilg‘or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha sohaga oid bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalari yuklatilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha komissiya zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish hamda ularga yuklatilgan vazifalarni amalga
|
| |