Mundarija: Kirish I. bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni boshqarish va huquqiy jarayonlar




Download 46,58 Kb.
bet3/8
Sana18.12.2023
Hajmi46,58 Kb.
#122868
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik

Kurs ishining tuzilish va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism ya’ni 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik

jarayonni boshqarish.
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha keng miqyosdagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilmiy va pedagogik tarkib tubdan o’zgardi, zamonaviy o’quv-dasturiy asosga, moddiy-texnik bazaga ega bo’lgan ta’lim maskanlari sifatida samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatining pedagogik-psixologik asoslari, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning xukukiy-me’yoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini o’rganish va shu asosda choratadbirlarni belgilash, amaliyotga joriy qilish ishlari jadallashmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uyg’unlikda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalari to’g’risida e’tirof etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma’naviy barkamol shaxs bo’lib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiy-ma’naviy jihatdan o’sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi. MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta’lim jarayonida insonparvarlik omilini ta’minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta’lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o’qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko’rsatadi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o’zining “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz” kitobida: “O’z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo’lgan, har tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa – kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi”- degan fikrni e’tirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo’lmokda. SHuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati – tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo’lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e’tirof etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko’nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog’liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma’nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta’lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bog’liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o’zida mo’jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda ta’lim jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir. Pedagogning ko’p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bo’lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik mahoratga ega bo’lgan pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan nufuzli rahbar, o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg’ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik bo’lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo’lgan shaxslardir. Mustaqil O’zbekistonda pedagoglik kasbiga hurmat e’tibor va uni sharaflash beqiyosdir, shu bilan birga ustozlar oldiga qo’yiladigan mas’uliyat ham katta. Hozirgi kunda o’zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo’shayotgan ijodkor pedagoglar, olimlar, tadqiqotchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Bularning barchasi mustaqil O’zbekiston diyorida pedagog shaxsiga bo’lgan e’zoz, e’tibordan dalolatdir. Imom al Buxoriyning «Al – jomi’ as – sahih» hadislar to’plamining «Ilm kitobi» bobida ilm egallash fazilati va xosiyatlar, ilm o’rganish va o’rgatish odobi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Ushbu bobda ilm o’rgatish va o’rganishga doir hadislar keltirilgan. Ularning tahlili, ilm o’rgatuvchiga nisbatan didaktik talablar, pedagogik – axloqiy g’oyalarni ifodalashga imkon beradi. Bugungi kunda ham pedagoglar malakasini oshirish jarayonida, ularning pedagogik, psixologik tayyorgarligi, bilimi, muomala madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy fan sirlaridan xabardor qilish, axborot va kommunikatsiya ko’nikmalarini singdirish va milliy psixologik omillarni e’tiborga olish kerak. Yuksak saviyali, mahoratli ustozlargina xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi.


    1. Download 46,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 46,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: Kirish I. bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni boshqarish va huquqiy jarayonlar

Download 46,58 Kb.