• Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazini
  • Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini
  • Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasini
  • Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasini
  • Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha talim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan va u quyidagilarni nazarda tutadi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori




    Download 46,58 Kb.
    bet7/8
    Sana18.12.2023
    Hajmi46,58 Kb.
    #122868
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
    Maktabgacha taʼlim tizimini yaxlit uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida:
    1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) negizida quyidagilarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
    a) Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) davlat muassasasi shaklida tashkil etish hamda unga quyidagi vazifalarni yuklash:
    taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimining joriy etilishini taʼminlash;
    taʼlim-tarbiya jarayonida, maktabgacha tarbiya tizimining pedagog va rahbar xodimlari tarkibini oʻqitish jarayonida foydalanish hamda turli telekommunikatsiya kanallari orqali tarqatish uchun media-kontent tayyorlash va ishlab chiqarish;
    maktabgacha taʼlim muassasalari uchun oʻquv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash va ishlab chiqarish;
    maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
    maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
    maktabgacha taʼlim tizimiga joriy etilayotgan taʼlim usullari va dasturlarini tahlil qilish va samaradorligini baholash;
    b) Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha taʼlim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari boʻyicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilash;
    v) Infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha injiniring kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda — Injiniring kompaniyasi) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Injiniring kompaniyasiga maktabgacha taʼlim tizimi obyektlarini qurish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini yuklash hamda kompaniya xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish;
    g) yuridik shaxs tashkil qilmasdan Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikning xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan va u quyidagilarni nazarda tutadi:


    • maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

    • maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

    • bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;

    • maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

    • maktabgacha ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta'minlash;

    • maktabgacha ta'lim tizimiga maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta'minlash;

    Shungingdek, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;


    2019–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
    2025–2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.
    O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi har yili 1 dekabrga qadar o‘tayotgan yilning «Yo‘l xaritasi» bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, «Yo‘l xaritalari»ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.

    Xulosa
    Xulosa qilib aytganda, mashg‘ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi sifatlar hosil qilinadi. Mashg‘ulot paytida bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, hikoya qilinayotgan voqeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi Xulosa qilib shuni aytish zarurki, ta`lim poydevori ilk o`qish va yozishga o`rgatish, hisoblash ko`nikmlarini hosil qilish o`qituvchilardan omilkorlikni yosh psixalogiyasiga doir chuqur bilimga ega bo`lib o`quvchilar ruhiyatini mahorat bilan boshqarishni taqoza etadi. Hali bilimning foydasini anglamagan bolakaylar bilan mashg`ulotlarni qiziqarli qilib olib borishi lozim. Buning uchun albatta, dastur qiziqarli mashg`ulotlardan bo`lishi undan keyin o`qituvchi mavzuning bolalar e`tiborini jalb etadigan qirralarini topa bilishi darsni o`tishda turli tarqatma, ko`rsatmali materiallardan, ma`rifiy o`yinlardan samarali foydalanish kerak. O`quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishi bilan chambarchas bog`liq holda olib borilishi lozim.


    Download 46,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 46,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

    Download 46,58 Kb.