|
Belgilab qayta tutish usulidan foydalanish
|
bet | 10/14 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,79 Mb. | | #238698 |
Bog'liq husnida modellashtirishBelgilab qayta tutish usulidan foydalanish
Aytaylik, biz kiyik populyatsiyasining sonini topmoqchimiz. Faraz qilaylik, biz 80 ta kiyikni tutib, ularni belgilab, yana oʻrmonga qoʻyib yuboramiz. Belgilangan kiyiklarning populyatsiyaga qaytib, ular bilan yaxshilab aralashishiga imkon berilgach, birmuncha muddatdan soʻng 100 ta kiyikni tutamiz. Ushbu kiyiklardan 20 tasi birinchi safar belgilanganlar ekaniga guvoh boʻlamiz.
Agar 100 ta kiyikdan 20 tasi belgilangan boʻlsa, bu ularning soni (yaʼni 80 ta belgilangan kiyikdan) kiyik populyatsiyasining 20 foizini tashkil etadi. Ushbu maʼlumotlardan foydalanib quyidagi munosabatlarni aniqlashimiz mumkin:
Birinchi marta tutilganda belgilanganlar soni- (M)
Umumiy populyatsiya- (N)
Ikkinchi marta tutilganda belgilanganlar soni- (x)
Ikkinchi marta tutilganlarning umumiy soni- (n)
Quyidagi tenglamani hosil qilamiz:
Endi tenglamani biroz o`zgartiramiz:
Endi kiyik misolidagi qiymatlarni tenglamaga qo`yamiz.
Ushbu yondashuv har doim ham mukammal emas. Baʼzi hayvonlar birinchi ovdan keyin ikkinchi ovda qoʻlga tushmaslikni oʻrganishi mumkin, bu populyatsiyaning taxminiy doirasini oshiradi. Shu bilan bir qatorda, agar qopqonga ovqat qoʻyiladigan boʻlsa, baʼzi bir hayvonlarni tutish ehtimoli ortadi va populyatsiyaning umumiy soni kamroq chiqadi. Shuningdek, baʼzi turlarga belgi qoʻyish ularga, ularning yashovchanlik qobiliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, ushbu usulga koʻra, tadqiqot davomida hayvonlar oʻlmaydi, tugʻilmaydi, populyatsiyadan qochmaydi va unga kirmaydi deb hisoblanadi.
Populyatsiya sonini aniqlashning yana boshqa usullariga radio uzatish moslamalari bilan belgi qoʻyilgan hayvonlarni elektron kuzatish va tijorat uchun ovlangan baliq yoki boshqa hayvonlar maʼlumotlaridan foydalanish ham kiradi.
Turlarning tarqalishi
Koʻpincha ekologlar maʼlum bir hududda yashovchi populyatsiyaning soni va zichligini oʻrganish bilan bir qatorda ularning qanday tarqalganini ham bilishni xohlashadi. Turlarning tarqalish shakli yoki taqsimlanish shakli populyatsiyadagi organizmlar maʼlum bir vaqtda qanday masofada tarqalishiga ishora qiladi.
Populyatsiyani tashkil etadigan organizmlar koʻproq yoki kamroq darajada joylashishi, tasodifiy ravishda, yaʼni oldindan aytib boʻlmaydigan tarzda tarqalishi yoki guruhlarga boʻlinishi mumkin. Ular mos ravishda bir xil, tasodifiy va toʻp-toʻp tarqalish shakllari deb nomlanadi.
Bir xil tarqalish. Bir xil tarqalish turida populyatsiya tarkibidagi organizmlar koʻproq yoki kamroq tekis tarqaladi. Bu tarqalishga misol sifatida yaqin atrofdagi organizmlarning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladigan toksinlar chiqaradigan oʻsimliklarni keltirsa boʻladi, bu allelopatiya hodisasi deb ataladi. Shuningdek, bir xil tarqalishni oʻz hududlarini himoya qiladigan hayvonlarda ham uchratish mumkin.
Tasodifiy tarqalish. Tasodifiy tarqalishda organizmlar oldindan aytib boʻlmaydigan shaklda tasodifiy ravishda taqsimlanadi. Tasodifiy tarqalishga urugʻlarini shamol tarqatadigan momaqaymoq va boshqa oʻsimliklarni misol qilib keltirish mumkin. Urugʻlar keng tarqaladi va atrof-muhit qulay boʻlganda, yaʼni tuproq, suv, ozuqa va yorugʻlik yetarli boʻlgan sharoitda tushgan yerlarida oʻsib chiqadi.
Toʻp-toʻp tarqalish. Toʻp-toʻp tarqalishda organizmlar guruhlarga boʻlingan holda tarqaladi. Bunday tarqalishni eman daraxtlari kabi urugʻini yerga tashlaydigan oʻsimliklarda yoki fillar toʻdasiga oʻxshab guruh boʻlib yashaydigan hayvonlarda uchratish mumkin. Toʻp-toʻp tarqalishni qirlarda ham koʻrish mumkin, bunda faqat baʼzi bir joylargina organizmlarning yashashiga yaroqli boʻladi. Ushbu misollardan koʻrinib turibdiki, populyatsiyada organizmlarning tarqalishi oddiy zichlikni hisoblash bilan cheklanib qolmay, organizmlarning bir-biri va atrof-muhit bilan oʻzaro munosabatlari haqida ham koʻproq maʼlumot beradi.
|
| |