• Belgilab qayta tutish usuli
  • Populyatsiya sonini aniqlash




    Download 1,79 Mb.
    bet9/14
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,79 Mb.
    #238698
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    husnida modellashtirish

    Populyatsiya sonini aniqlash
    Populyatsiya sonini topish uchun undagi barcha organizmlarni shunchaki sanab chiqsak-chi? Zoʻr boʻlardi! Ammo real vaziyatlarda buning doim ham iloji yoʻq. Masalan, polizingizda oʻsayotgan har bir oʻtni bittalab sanab chiqqan boʻlarmidingiz? Yoki Ontario koʻlidagi har bitta losos baligʻini-chi? Populyatsiyadagi barcha organizmlarni sanab chiqish vaqt va pul jihatidan juda qimmatga tushishi yoki shunchaki ilojsiz ham boʻlishi mumkin.
    Shu sabablarga koʻra, olimlar koʻpincha populyatsiyadan bir yoki bir nechta namunalarni olishadi va ushbu namunalar orqali populyatsiya toʻgʻrisida umumiy xulosa chiqarib, populyatsiya sonini hisoblab chiqishadi. Populyatsiyaning soni va zichligini aniqlash uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Bu yerda biz ikkita eng muhim usulni koʻrib chiqamiz: kvadrat va belgilab qayta tutish usuli.
    Kvadrat usuli
    Oʻsimliklar kabi harakatsiz organizmlar yoki juda mayda va sekin harakatlanadigan organizmlar uchun kvadrat deb nomlanuvchi romlardan populyatsiya soni va zichligini aniqlashda foydalanish mumkin. Biror bir hududdagi kvadrat maydon kvadrat rom orqali belgilanadi. Kvadrat usuli taxta va sim orqali joyni belgilab yoki yogʻoch, plastmassa yoki boʻlmasa quyidagi rasmda koʻrsatilganidek, yerga joylashtirilgan metall kvadrat yordamida amalga oshirilishi mumkin.
    Kvadrat romlar joylashtirilgandan soʻng, tadqiqotchilar chegaralangan joydagi organizmlar sonini hisoblashadi. Biror bir hududdagi bir nechta tasodifiy joylardan bir nechta kvadrat namunalari olinadi, bu esa qayd etilgan raqamlar shu hududdagi populyatsiyalar sonini aniq ifodalashga yordam beradi. Va nihoyat, shu maʼlumotlardan butun bir hududdagi populyatsiya soni va populyatsiya zichligini aniqlash uchun foydalanish mumkin.

    Belgilab qayta tutish usuli
    Sutemizuvchilar, qushlar yoki baliqlar kabi harakatlanadigan organizmlar uchun koʻpincha populyatsiya sonini aniqlashda belgilab qayta tutish usuli qoʻllanadi. Ushbu usul hayvonlarni namuna uchun tutish va ularni biror-bir tarzda belgilashni oʻz ichiga oladi. Masalan, quyida koʻrsatilgandek etiketkalar, tasmalar, boʻyoq yoki boshqa shunga oʻxshash belgilardan foydalanish mumkin. Soʻngra belgilangan hayvonlar yana tabiatga qoʻyib yuboriladi va populyatsiyaga qayta qoʻshilishiga imkon beriladi.

    Keyinchalik yangi namunalar yigʻiladi. Ushbu yangi namunalarning baʼzilari belgili (yaʼni qayta tutilganlari) va baʼzilari belgisiz organizmlardan iborat boʻladi. Belgili organizmlarning belgisiz organizmlarga nisbati yordamida olimlar populyatsiyada umumiy qancha organizm borligini taxmin qilishlari mumkin.

    Download 1,79 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 1,79 Mb.