• Sonli yechimlar
  • Sonli natijalar tahlili va uning tadbiqlari
  • II BOB.O`ZARO TA`SIR KO`RSATUVCHI POPULYATSIYALAR 2.1.Populyatsiya haqida tushuncha Populyatsiya
  • Populyatsiya
  • Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash




    Download 1,79 Mb.
    bet6/14
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,79 Mb.
    #238698
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    husnida modellashtirish

    Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash

    Modellashtirishda ma’lumotlar tizimiga muhim talablar ko‘yiladi. Shu bilan birgalikda, ma’lumotlarni olish uchun real imkoniyatlar amaliy maqsadlarga mo‘ljallangan modellarni tanlash uchun ma’lum chegaralar qo‘yadi. Ma’lumotlarni tayyorlash jarayonida ehtimollar nazariyasi, matematika, statistika, nazariy statistika usullaridan keng ko‘lamda foydalaniladi.

    1. Sonli yechimlar

    Bu bosqich kuyilgan masalani sonli yechish uchun algoritmlar, kompyuter uchun dasturlar tuzish va bevosita xisoblashlar utkazish uchun muljallangan. Odatda matematik modellarda hisob-kitob ishlari ko‘p variantli xarakterga ega. Zamonaviy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bu ishlarni yengillashtiradi. Sonli usullar yordamida kilingan tadqiqotlar analitik tadqiqotlarni to‘ldiradi.


    1. Sonli natijalar tahlili va uning tadbiqlari

    Bu bosqichda modellashtirish natijalarining to‘g‘riligi va to‘laligi haqidagi savollargi javob olinadi. Nazariy xulosalar va model yordamida bevosita olingan sonli natijalar o‘zaro taqqoslanadi. Shunga qarab, qo‘yilgan masala va modellarning yutuq yoki kamchiliklari aniqlanadi.
    Matematik model aniqlangandan so‘ng, unda ishtirok etayotgan faktorlarning natijaviy belgiga ta’sirining mukammalligi baholanadi. Agar model va unga kiritilgan barcha faktorlar talab etilgan ehtimol bilan ahamiyatli bo‘lsa, u adekvat model deyiladi. Adekvat model bo‘lmagan holda uning ko‘rinishi o‘zgartiriladi.

    Populyatsiya_haqida_tushuncha_Populyatsiya'>II BOB.O`ZARO TA`SIR KO`RSATUVCHI POPULYATSIYALAR
    2.1.Populyatsiya haqida tushuncha
    Populyatsiya maʼlum bir hududda yashaydigan biror-bir turga kiruvchi barcha organizmlardir.
    Populyatsiyalar va ularning vaqt oʻtishi bilan qanday oʻzgarishini statistik oʻrganish demografiya deb nomlanadi.
    Populyatsiyaning ikkita muhim oʻlchovi bular populyatsiya soni, yaʼni populyatsiyada taxminan nechta organizm borligi va populyatsiya zichligi, yaʼni maʼlum bir hududda maydon birligi yoki hajmiga toʻgʻri keladigan organizmlar sonidir.
    Ekologlar kvadratlar va belgilab qayta tutish usulidan foydalangan holda populyatsiyalarning soni va zichligini hisoblaydi.
    Populyatsiyadagi organizmlar bir xiltasodifiy yoki toʻp-toʻp boʻlib tarqalgan boʻlishi mumkin. Bir xil tarqalish populyatsiya teng tarqalganini, tasodifiy esa organizmlar tasodifiy joylashganini va toʻp-toʻp tarqalish populyatsiyaninig guruh-guruh boʻlib tarqalganini anglatadi.
    Ekologiyada “populyatsiya” deganda maʼlum bir hududda yashovchi muayyan bir turdagi barcha organizmlar tushuniladi. Masalan, Nyu York shahrida yashaydigan odamlar populyatsiyasi, Gross shahrida yashovchi boshqa bir odamlar populyatsiyasi, deb gapirishimiz mumkin. Biz ushbu populyatsiyalarni ularning soni (yaʼni biz koʻpincha shaharlar yoki davlatlar haqida gaplashganda nazarda tutadigan aholi soni), shuningdek, ularning zichligi (yaʼni maʼlum bir hududga toʻgʻri keladigan odamlar soni) va tarqalishi (yaʼni odamlarning qanchalik tarqalgani) bilan tavsiflashimiz mumkin.
    Populyatsiya (populus: populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va makonda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan organizmlar guruhi. Populyatsiyadagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. Populatsiya terminini daniyalik genetik Wilhelm Johannsen genetik jihatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh) dan farq qilish uchun taklif etgan (1903).
    Tabiatda populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi:

    Download 1,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash

    Download 1,79 Mb.