• Populyatsiyalarning son jihatdan ta`rifi
  • Populyatsiyalar va ularning qanday o`zgarishini tavsiflash




    Download 1,79 Mb.
    bet8/14
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,79 Mb.
    #238698
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    Bog'liq
    husnida modellashtirish

    2.2.Populyatsiyalar va ularning qanday o`zgarishini tavsiflash
    Aksariyat hollarda ekologlar shaharlardagi odamlarni, yaʼni aholini oʻrganmaydi. Buning oʻrniga ular turli oʻsimliklar, hayvonlar, zamburugʻlar va hattoki bakteriyalar populyatsiyalarini oʻrganadi. Har qanday populyatsiyaning (inson yoki boshqa organizm boʻlishidan qatʼi nazar) statistik tadqiqoti demografiya deb nomlanadi.
    Demografiya nima uchun muhim? Turli sabablarga koʻra populyatsiyalarning soni va tuzilishi oʻzgarishi mumkin: masalan, yosh va jinsga koʻra tarqalishi. Ushbu oʻzgarishlar populyatsiyaning atrof-muhit va boshqa turdagi jonzotlar bilan oʻzaro munosabatiga taʼsir qilishi mumkin.
    Vaqt oʻtishi bilan populyatsiyalarni kuzatish orqali ekologlar ushbu populyatsiyalar qanday oʻzgarganini koʻrishi va kelajakda ular qanday oʻzgarishi mumkinligini oldindan bilib olishi mumkin. Populyatsiyalar soni va tuzilishini monitoring kuzatish ekologlarga ularni boshqarishda yordam berishi mumkin, masalan, “tabiatni muhofaza qilish uchun amalga oshirilayotgan ishlar yoʻqolib borayotgan turlar sonining koʻpayishiga yordam beryaptimi?” kabi savollarga javob topishga imkon beradi.
    Populyatsiyalarning son jihatdan ta`rifi Son jihatdan xarakteristikasiga ko'ra populatsiyalar statistik va dinamikka bo'linadi. Populyatsiyaning statistik ko'rsatkichlar xarakteristikasi hozirgi vaqtdagi ularning soni, joylashishi, zichligi va struktura tuzilishi xarakteristikasidan iborat. Dinamik ko'rsatkichlar populyatsiyada ma'lum davr oralig'idagi bo'ladigan tug'ilish, o'lish va populyatsiyalarning o'sishi jarayonlarini o'z ichiga oladi.
    Soni, miqdori - alohida populyatsiyalarning soni, masalan, o'simliklar soni.
    Zichligi - ma'lum maydonga yoki hajmga to'g'ri keladigan populyatsiyalarning biomassasi yoki alohida soni bo'lib, ular vaqtlar davomida o'zgarishi mumkin.
    Aholi demografiyasini oʻrganish uchun, avvalo, bir necha asosiy oʻlchovlar bilan tanishib olamiz. Ulardan biri shunchaki populyatsiyadagi organizmlar miqdori yoki populyatsiya soni – N. Yana biri populyatsiya zichligi – hududdagi maʼlum bir oʻlchamdagi maydonga yoki hajmga toʻgʻri keladigan organizmlar sonidir.
    Son va zichlik populyatsiyaning hozirgi holatini tavsiflashda va, ehtimol, kelajakda qanday oʻzgarishi mumkinligini taxmin qilishda muhimdir:

    • Katta populyatsiyalar kichik populyatsiyalarga qaraganda barqarorroq boʻlishi mumkin, chunki ular koʻproq genetik oʻzgaruvchanlikka ega va shu bois tabiiy tanlanish orqali atrof-muhit oʻzgarishiga moslanish uchun ularda koʻproq imkoniyat mavjud.

    • Organizmlar siyrak tarqalgan hududda yashovchi populyatsiyaning aʼzosi koʻpayish uchun juft topishda organizmlar zichroq tarqalgan populyatsiya aʼzosiga nisbatan koʻproq qiynalishi mumkin.


    Download 1,79 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 1,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Populyatsiyalar va ularning qanday o`zgarishini tavsiflash

    Download 1,79 Mb.