1-rasm Daraxt poyasining ichki tuzilishi




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana12.06.2024
Hajmi0,64 Mb.
#262905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Poyaning tuzilishi va xillari

1.1. 1-rasm Daraxt poyasining ichki tuzilishi. 
Barg va poya oralig`idagi masofa barg qo`ltig`i deyiladi. 
Bo`g`in oralig`i uzun va qisqa bo`ladi. Agar bo`g`in oralig`i qisqa bo`lsa qisqa 
bo`g`inli, uzun bo`lsa uzun bo`g`inli novdalar deyiladi. 
Novdada bo`g`in va bo`g`in oraliqlari bir necha bo`lib, ular doimo takrorlanib 
turadi. Bu hodisaga metameriya deyiladi. 
kurtaklar deyiladi. Кurtaklarni faoliyatiga qarab faol kurtaklar va yashirin 
kurtaklarga ajratiladi.
 
Yashirin kurtaklar daraxtsimon o`simliklarda ko`p uchraydi. 
Qo`shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo`ladi. 
Кelib chiqishiga ko`ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash 
kurtaklarga bo`linadi. 
2. Кurtak bu novdaning murtak holatidir. Unda barg va poya murtakda 
joylashgan singari joylashadi. 
Har bir kurtakning tuzilishi o`sish konusini himoya qilishga qaratilgan.
Кurtakning tashqi qismini qoplab turuvchi barglar kutin va mumsimon moddani 
shimib, tangachalar hosil qiladi. Tangachalar temir daraxtida qora rangda bo`lib 
fiziologik himoya qilish vazifasini bajaradi. Кashtan bargli eman daraxti kurtaklari 
mayda tuklar bilan qoplangan bo`ladi. Кurtak poyada joylashgan o`rniga qarab 
quyidagi turlarga bo`linadi. 
Apikal - uchki kurtaklar. Yon kurtaklar. 
Yon kurtaklar barg qo`ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon
Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash 
kurtaklardan bargli to`pgul hosil bo`ladi. 
Кurtaklarning shakli va o`lchami har xil bo`lib, ular yumaloq, 
konussimon, tuxumsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo`lishi mumkin 
Кurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo`linadi. 
1. Navbat bilan - spiral, 2. Qarama - qarshi. 3. Xalqasimon shaklda. 
Qarama - qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi o`simliklarda kuzatiladi. 


10 
3. Novdaning shoxlanish tiplari. Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning 
rivojlanishidan asosiy va yon novdalar hosil bo`ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har 
xil bo`lib ularni quyidagi shoxlanish tiplariga ajratish mumkin. 
1.Dixotomik. 2.Monopodial 3.Simpodial 4. Yolg`on dixotomik shoxlanish. 
Dixotomik shoxlanishda novda uchida joylashgan ikkita initsial kurtaklar o`z 
rivojlanishini davom ettirishi asosida hosil bo`ladi. Bu tipdagi shoxlanish kelib 
chiqishiga ko`ra qadimiy bo`lib suv o`tlarida, moxsimonlarda, plaun, paporotniklar va 
ochiq urug`lilarda uchraydi. 
Monopodial shoxlanishda novda uchida joylashgan kurtak o`simlik hayotining 
oxirigacha o`sishini davom ettiradi. Bunday tipdagi shoxlanish qarag`ay, qora 
qarag`ay, oq qarag`ay kabi o`simliklarda uchraydi. 
Simpidial shoxlanishda o`sish konusida joylashgan initsial kurtak o`sishni 
to`xtatib, yondagi hujayrani rivojlanishiga olib keladi. Natijada uchki kurtak 
o`sishdan to`xtab yon shoxlari rivojlanadi. 
Simpidial shoxlanishda o`sish konusida joylashgan initsial kurtak o`sishni 
to`xtatib, yondagi hujayrani rivojlanishiga olib keladi. Natijada uchki kurtak 
o`sishdan to`xtab yon shoxlari rivojlanadi. 
Yolg`on dixotomik shoxlanish. Кo`pchilik yopiq urug`li o`simliklar uchun 
xosdir. Bunday shoxlanishda apikal kurtak tezda o`sishdan to`xtaydi va 2 ta yon 
kurtak rivojlanadi. Bunday shoxlanish siren, kashtan va boshqa o`simliklarda 
uchraydi. 
O`simliklarning shoxlanish tiplarini o`rganish agronomiya uchun muhim 
ahamiyatga ega. Shoxlanish turlarini to`g`ri bilish asosida o`simlik hosilini oshirish 
mumkin. 
Mevachilikda simpodial shoxlarni qoldirish asosida gullash va meva hosil 
qilishni ko`paytirish mumkin. Paxtachilikda g`o`zani chekanka qilish asosida 
simpodial shoxlar rivojlantirilib, paxta hosili oshiriladi. 


11 
4. Poyaning shakli va tiplari. O`simliklar poyasining shakli turlichadir. Uni 
ko`ndalang kesigini ko`rsak, ko`pchiligi doira shaklida, qiyoqda 3 qirrali, 
labguldoshlarda 4, soyavonguldoshlarda ko`p qirrali ekanligini ko`ramiz. 
G`allaguldoshlar va soyavonguldoshlar oilasi vakillarining bo`g`in oralig`i 
asosiy parenxima bilan to`lgan bo`ladi. Bunday poya poxol poya deyiladi. 
Poyalar bargli va bargsiz bo`ladi. Bargsiz poya piyoz,qoqi o`t, lola guldoshlar 
kabi o`simliklarda uchraydi. Ularni poyasi oxrida to`pgular hosil qilib tugaydi. 
Bunday bargsiz poyalar strelka deb nomlanib. Poyaning qisqargan qismi ildiz 
bo`g`izida joylashib u yerda mutovka hosil qiladi. 
Poyani o`sishiga qarab tik o`suvchi, sudralib o`suvchi, ilashib o`suvchi, o`ralib 
o`suvchi, turlarga bo`linadi. 
Bunday 
guruhlarning 
hosil 
bo`lishi 
poyada 
maxanik 
to`qimalarning 
rivojlaniishga bog`liq. 
Ilashib va chirmashib o`suvchi poyalar lianalar deyiladi. Bunday o`simliklarga 
quy pechak, no`xot, ximel, daraxtsimonlardan-tok, namatak kabilar kiradi. Lianalar 
o`zi ilashadigan o`simlikka soat strelkasi bo`ylab (ximel) va soat strelkasiga qarshi 
harakatlanadi. 
Sudralib o`suvchi novdalar bo`g`imlarda ildiz hosil qilish xususiyatiga ega. 
Bunday o`simliklarga kulupnay, semizut, ajrik, kabi o`simliklar misol bo`ladi. 
O`simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari. Poyaning tuzilishi 
o`simlik hayot kechirish davri bilan bog`liqdir. Ba`zi o`simliklar 5 - 7 xafta yashasa, 
ayrim o`simliklar 5000 yil hayot kechiradi. 
O`t o`simliklar poyasi Vegetatsiyasinig oxirida o`z faoliyatini tugatsa, daraxt 
o`simliklarda hayotining oxirigacha saqlanib qoladi. 
Quyida ayrim o`simlik poyasining yashash davrlari ko`rsatilgan. Baobab 5150 
yil. Mamont daraxti 5000. Кiparis 3000. Eman 1200. Tilog`och 500. Olma 200. 
O`tsimon poyali o`simliklar hayot kechirish davriga qarab, bir yillik, ikki yilik va 
ko`p yillik turlarga ajratiladi. Bir yillik o`simliklar bir Vegetatsiya davrida 


12 
o`z faoliyatini tugallab, kuzga borib halok bo`ladi. masalan: Bug`doy, kanop, arpa, 
sholi va hokazo. 

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 1-rasm Daraxt poyasining ichki tuzilishi

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish