1.2 Poyada novdaning xosil bo’lishi Kurtak - yozilmagan murtak holdagi novdadir. U boshlang’ich myeristematik
o’q va uning uchki qismida bir - birining ustini qoplab yotgan har xil yoshdagi barg
boshlang’ichlarini, boshlang’ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan. Kurtak
poyada joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. Apikal - uchki kurtaklar.
Yon kurtaklar. Yon kurtaklar barg qo‘ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni
yon kurtaklar deyiladi. Kurtaklarni faoliyatiga qarab faol kurtaklar va yashirin
kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon o‘simliklarda ko‘p uchraydi.
Qo‘shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra: vegetativ
kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo‘linadi. Vegetativ
kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli
to‘pgul hosil bo‘ladi. Kurtaklarning shakli va o‘lchami har xil bo‘lib, ular yumaloq,
konussimon, tuxumsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo‘lishi mumkin. Kurtakni
novdada joylanishi quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Navbat bilan - spiral, 2. Qarama –
qarshi, 3. Xalqasimon shaklda. Qarama - qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi
o‘simliklarda kuzatiladi.
Kurtaklanish — vegetativ koʻpayish xillaridan biri organizmda hosil boʻlgan
kurtak—oʻsimtadan yangi organizm rivojlanadi. K. ayrim xaltachali zamburugʻlar, bir
qancha shuningdek, gulli oʻsimliklar va jigarsimon yoʻsinlar uchun xos. Hayvonlarda
tashqi va ichki boʻladi. Tashqi pariyetal (kurtak ova organizm tanasida hosil boʻladi)
va bachki tanali (kurtaklar maxsus bachki — oʻsimtalarda hosil boʻladi) xillarga
ajratiladi (mas, ayrim boʻshliqichlilar va qobiqlilarda). Ichkida yangi individ ova
organizm tanasining ichida, uning ixtisoslashgan qismi hisobidan hosil boʻladi.
Himoya qobigʻiga ega boʻlgan kurtaklar noqulay sharoit (qishki sovuq,
qurgʻoqchilik)da ova organizm nobud boʻlganida turning saqlanib qolishiga imkon
13
beradi. Bir qancha hayvonlarda nihoyasiga yetmaydi va yosh organizm ova
organizmdan ajralib ketmasligi tufayli koloniya hosil boʻladi.