Mundarija: kirish I bob poya va uning xillari




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana12.06.2024
Hajmi0,64 Mb.
#262905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Poyaning tuzilishi va xillari

 
1.1. 2-rasm Novdani turlari. 
Novda (cormus) — yuksak oʻsimliklar — daraxt va butalarning asosiy 
organlaridan biri. Poya, undagi barg va kurtaklardan iborat. Novda ildiz sistemasi 
bilan birgalikda qirqquloqlar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, ochiq urugʻli va yopiq urugʻli 
oʻsimliklarning tanasini tashkil qilib, novdali oʻsimliklar (kormofitlar) deb nomlanadi. 
Bir yillik oʻsimliklar novdasi faqat bir mavsum, koʻp yilliklari esa har xil yashaydi va 
har yili kurtaklardan yangi novda oʻsib chiqadi. Ortotrop (tik oʻsadigan) va, baʼzan 
plagiotrop (yotiq oʻsa-digan) novdalar farq qilinadi. Koʻpchilik oʻsimliklarda novda 
yoki uning bir qismi koʻrinishi oʻzgarib (metamorfozga uchrab) tikanga (doʻlanada), 
tuganakka (kartoshkada), gajakka (tokda) aylangan. Poya (caulis) — oʻsimlikning 
shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim 
oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. 
Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va 
oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), 
ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay 
poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, 
yoyuchlangan va yogochlanmagan poyalar bor. Poya silindrsimon, koʻp kir-rali, yassi, 
gadirbudur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining 
boʻlinishidan poya boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) poyasi 


14 
boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi. Poyaning buyi, yugʻonligi turlicha. 
Yusinlar poyasining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar 
poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar poyasi 200—300 m keladi. 
Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab buladi. 
Mas, tuban yusinlar poyasi faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yusinlar 
poyasi qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, plaunlar poyasi esa ksilema va 
floemalyan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan. Qirqboʻgʻimlar poyasining ichi 
gʻovak boʻlib, oʻtkazuvchi toʻqimalar aylana joylashadi. 
 
Bundan tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan peritsikl joylashgan. 
Mana shu markaziy silindr birlamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis bilan 
oʻralgan. Birlamchi qobiqning eng ichki — peritsikl bilan chegaradosh qavati 
endoderma deb ataladi. Urugʻli oʻsimliklar poyasining poʻstlogʻi ostida parenxima 
hujayralaridan iborat birlamchi qobiq boʻlib, uning endodermasi markaziy silindrni 
oʻrab turuvchi peritsikl bilan chegaralanadi. Poyaning dastlabki rivojlanish bosqichida 
peritsikl ostida yupqa par-dali uzunchoq hujayralardan iborat hosil qiluvchi toʻqima 
— prokambiy vujudga keladi. Prokambiy hujayralarining bulinishi natijasida 
birlamchi ksilema va birlamchi floema hosil buladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli 
usimliklarda esa birlamchi ksilema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil 
qiluvchi toʻqima — kambiy ham vujudga keladi. Koʻpchilik bir pallali usimliklar 
poyasining markaziy kismi parenxima hujayralaridan tuzilgan bulib, ularning orasidan 
oʻtkazuvchi nay — tolalar tutami oʻtadi. Bir pallali usimliklar poyasida kambiy hosil 
boʻlmagani uchun yoʻgʻonlashuv xususiyatiga ega emas.
Yer ustki novda metamorfozi. Ma'lumki o’simliklar namlik ekologik omili 
rejimiga moslanishi natijasida kelib chiqqan. Qurg’oqchilik sharoitda yashovchi 
o’simliklar bargini erta to’ksa (yantoq), boshqalari barglarini har xil darajada 
reduktsiyalanishi bilan xarakterlanadi. Har ikki holatda ham novda barg vazifasini 
bajaruvchi, och yashil rangli, yo’g’onlashgan, suv to’plovchi rezervuar va boshqalar 
shaklidagi o’zgarishlarga aylanadi. Yer ustki novda metamorfozlariga sukkulentlar, 


15 
fillokladodiylar, tikanlar, jingalaklar, xivichsimon (palaksimon) yashil novdalar va 
sersuv poyali o’simliklar sukkulentlar deb ataladi. Ularning vakillari Meksika 
cho’llaridagi kaktuslar va Afrika sutlamalaridir. Novdaning bargsimon ko’rinishdagi 
shakl o’zgarishi fillokladodiy deyiladi. Ular shakli o’zgargan tangachasimon 
bargchalar qo’ltig’ida shakllanadi. Shoxlanish turlari. Shoxlanish natijasida 
o’simlikning yer ustki qismida, ya’ni tanasida shox – butoqlar vujudga keladi. Yuksak 
o’simliklarning tarixiy rivojlanish davomida shoxlanishning quyidagi turlari kelib 
chiqqan: Dixotomik yoki ayrisimon shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o’sish 
konusidagi uchki kurtaklarning faoliyati natijasida shakllanadi. Bunda kurtaklar bir 
meyorda bir – birlariga nisbatan qarama – qarshi yo’nalishda ayri shaklda o’sadi. 
Dixotomik shoxlanish qadimgi sodda shoxlanish turi. Uni moxlar, plaunlar, 
ko’pchilik paporotniklar va ba’zi bir ochiq urug’lilarda uchratiladi. Monopodial 
shoxlanish. Bu turdagi shoxlanishda uchki kurtak doimo faol holatda bo’lib, 
o’simlikning yer ustaki qismi bo’yiga o’sishini davom ettiradi. Shuning uchun ham 
asosiy poya yon novdalarga nisbatan kuchli rivojlanadi. 

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: kirish I bob poya va uning xillari

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish