26
6) Poya evolyusiyasining oxirida ataktostel (yunon. a – teskari, taktos – tartib
bilan joylashish) tuzilishiga ega bо‘lgan bir pallali о‘simlikklarga xos bо‘lgan poyalar
paydo bо‘ladi. Bu tip eusteldan kambiy tо‘qimasini yо‘qligi bilan farq qiladi.
Bog‘lamlar murakkab joylashadi, ba’zi bog‘lamlar ya’ni barg izlari avval markazga
qarab sо‘ngra tashqariga qarab yо‘naladi. Shuning uchun poyaning barcha yuzasida
bog‘lamlar mavjud bо‘ladi.
Ildiz asosan gaplosteldan paydo bо‘lgan bо‘lib tuzilishi tuproqdan oziqlanishiga
moslashgan.