Poyalarning ikkilamchi qalinlashishi va kambiyning ishi




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana12.06.2024
Hajmi0,64 Mb.
#262905
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Poyaning tuzilishi va xillari

2.4 Poyalarning ikkilamchi qalinlashishi va kambiyning ishi. 
Kambiyning paydo bо‘lishi va uning ishi hamma о‘simliklarda bir xilda 
bо‘lmaydi. О‘simliklar evolyusiyasing keyingi morfologik gruxlarida kambiyning ishi 
susayib hatto yо‘qolishga ham olib kelgan (58-rasm). 
A. Avval kambiy xalqa shaklida hosil bо‘lgan prokambiydan shakllanib, 
uzluksiz ikkilamchi о‘tkazuvchi tо‘qimalarni hosil qiladi. 
B. Kambiy avval prokambiy bog‘lamlarida sо‘ngra bog‘lamlar orasida paydo 
bо‘ladi va bir butun kambiy xalqasini hosil qiladi va undan uzluksiz (bog‘lamlar 
ichidagi va tashqarisidagi) ikkalamchi tо‘qimalar differensiatsiyalashadi. 
V. Kambiy avval prokambiy bog‘lamlarda sо‘ngra bog‘lamlararo halqa 
shaklida paydo bо‘ladi, lekin bog‘lamlar aro kambiy faqat mexanik tо‘qima 
elementlarini hosil qiladi yoki о‘zak va pо‘stloq parenximasidan farq qilmaydigan 
yupqa pо‘stlik parenximani ham hosil qiladi.
G. Kambiy umuman paydo bо‘lmaydi. Birlamchi tо‘qimalardan tashkil topgan 
о‘tkazuvchi naylar bog‘lamlari birlamchi parenximalar orasida joylashadi. 
Kо‘pchilik daraxt va butalarning novdalari A. B – tiplarida rivojlanadi, uzoq 
yashamaydigan uncha yо‘g‘onlashmagan novdalar boylamli tiplarda qoladi (V. G). 
Kambiyning paydo bо‘lishiga va ishiga barglarning soni, kattaligi va poyada 


27 
joylashishi muhim rol о‘ynaydi. G - tipi barcha bir pallali о‘simliklarga (daraxt, buta, 
о‘t) xosdir.
Kambiy poyaning uzunasi bо‘ylab chо‘zilgan, ikki uchi о‘tkir yupqa pо‘stlik 
hujayralardan tashkil topgan. Kambiyning keng yuzasining ichki tomoni ksilemaga 
tashqi tomoni floemaga qaragan, qolgan tomonlari boshqa kambiy hujayralarga 
yondoshgan. Kambiy hujayralari tangental bо‘linadi (poyaning ustki qismiga parallel 
holatda), har bir bо‘lingandan keyin bitta qiz kambiy hujayra initsial hujayralar kabi 
qaytadan bо‘linish xususiyatiga ega bо‘ladi. Boshqa yosh hujayralar esa yana 2-3 
marotaba bо‘linadi, paydo bо‘lgan hujayralar initsial hujayradan ichkarida joylashgan 
bо‘lsa u ksilema elementiga aylanadi, agar initsial hujayralardan tashqarida 
joylashgan bо‘lsa floema elementlariga aylanadi. Kambiy ichki tomonga, tashqi 
tomonga nisbatan kо‘proq hujayralarni hosil qiladi, ya’ni ksilema – floemaga 
nisbatdan kо‘proq va tezroq rivojlanadi.
Kambiydan paydo bо‘lgan hujayralar kо‘p vaqtgacha kambiy hujayralariga 
о‘xshab turadi va kambiy zonasini hosil qiladi. Lekin bu zonada faqat bir qatorgina 
initsial hujayralar bо‘lib, о‘zining faoliyatini kо‘p yillar davomida saqlab qoladi.
Shunday qilib, kambiydan paydo bо‘lgan ikkilamchi ksilemani yog‘ochlik deb, 
ikkilamchi floemani lub deb ataladi. Uzunasiga chо‘zilgan hujayralardan tashqari 
kalta initsial hujayralar ham bо‘ladi va ularga ikkilamchi о‘zak nurlari deb ataladi. 
Moddalarning harakati yosh floema va ksilema qavatlaridagi xujayralar orqali 
bajariladi. Lub bir yildan sо‘ng о‘ladi, yog‘ochlik esa kо‘p yillar о‘zining 
о‘tkazuvchilik vazifasini davom ettiradi. Kambiy qari hujayralarni о‘rniga yosh 
hujayralarni hosil qiladi. Shunday qilib, poyada ikki jarayon bir vaqtda ketadi: 1) 
moddalarni о‘tkazishga yosh hujayralar qatnashadi; 2) qari hujayralar ishdan chiqib 
poyaning mustaxkamligini ta’minlaydi. Poyaning markaziy silindrini asosiy qismini 
о‘lik hujayralar egallaydi va moddalar almashinuviga, о‘tkazishiga qatnashmaydi.
Yog‘ochlikning tuzilishi. Yog‘ochlik tarkibiga: о‘tkazuvchi naylar, traxeidlar 
va yog‘ochlik tolalari (libriform) - dan tashqari tirik hujayralar yog‘ochlik 


28 
parenximasi, о‘zak nurlari, tolasimon traxeid, kо‘ndalangiga bо‘lingan (о‘rta 
qismidan bir nechaga) tolalar, о‘rinbosuvchi tolalar kiradi. 
Yog‘ochlikning asosiy qismini о‘lik hujayralar naylar, traxeidlar, tolalar tashkil 
etadi. Bulardan tashqari ular orasida tirik parenxima hujayralari ham bо‘lib, ularda 
moddalar tо‘planadi va harakat qiladi. Bu moddalar bahorda shakarga aylanib, suv 
bilan birgalikda poyalarning yosh о‘suvchi qismiga yetib boradi. Yog‘ochlikda faqat 
tirik elementlar bо‘lgandagina suv va mineral tuzlarni о‘tkaza olishi mumkin. Kambiy 
hujayralari nursimon parenximadan tashqari barcha yog‘ochlikning elementlarini 
hosil qiladi (bu albbatda novdalarning kuchli о‘sishi, yangi barglarning hosil bо‘lishi 
bilan bog‘liq). Kambiy mavsumga qarab ishlaydi. Bahorda yangi novdalar va barglar 
paydo bо‘lganda kambiy jadal ishlab yirik diametrli yupqa pо‘stli suv о‘tkazuvchi 
elementlarni hosil qiladi. Yozda kambiyning ishlashi susayadi, u qalin devorli 
ingichka elementlarni (tolalar va qalin devorli traxeidlar) hosil qiladi. Kuzda kambiy 
ishini mutlaqo tо‘xtatadi.
Kelgusi yilgi bahorda kambiy yana kuchli ishlay boshlaydi va yangi–yangi 
yog‘ochlikning elementlarini hosil qiladi. Shunday qilib yil xalqalari hosil bо‘ladi. 
Birinchi yil bitta ikkinchi yilda ikkita va x.k. Yil xalqalariga qarab daraxtlarning yoshi 
aniqlanadi. Lekin kо‘p yomg‘ir yog‘adigan, harorati qish bilan yoz о‘rtasida katta farq 
qilmaydigan mintaqalardagi daraxtlarda yil xalqalari aniq kо‘rinmaydi. Ba’zida 
daraxtlarning yoshi bilan xalqalarning soni tо‘g‘ri kelmaydi, ya’ni birinchi yili 
daraxtlarda bir necha xalqalar hosil bо‘lishi mumkin masalan: daraxtlarning barglari 
biror sabablarga kо‘ra tо‘kilsa (hasharotlar kо‘payib ketganda) keyin yangidan hosil 
bо‘lganda kambiy yana kuchli ishlab, yangi–yangi halqalarni hosil qiladi, bu esa yil 
halqalari emas. Yil xalqalarning kengligiga о‘sish sharoiti katta ta’sir kо‘rsatadi. Agar 
daraxt soya joyda о‘ssa (archalarda) yil xalqalari tor bо‘ladi, tanasi ingichka bо‘ladi.
Daraxtlarning yil xalqalari kengligiga ob–havo ham ta’sir etadi. Yaxshi ob-havo 
bо‘lgan yili daraxtlar yaxshi о‘sib yil xalqalari keng bо‘ladi va teskarisi. 


29 
Daraxtlarning yil xalqalarning keng va torligiga qarab о‘tgan - oldingi yillardagi ob–
havoni ham aniqlash mumkin.
Daraxtlarning yoshi ulg‘aygan sari tirik qisimlarning о‘lib borishi 
yog‘ochlikning morfologik о‘zgarishiga va ba’zi moddalarning hosil bо‘lishiga olib 
keladi. Kо‘pchilik daraxtlarda tillalar – (yunon. tilos - xalta) tirik parenxima 
hujayralarning о‘sishidan paydo bо‘ladi. Tillalar tirik xujayralarning о‘simtasi bо‘lib, 
о‘tkazuvchi naylar ichiga poralar orqali kirib naylarning ichini tо‘sib qо‘yadi va suv 
о‘tishiga tо‘sqinlik qiladi. Kо‘pincha tillalarning devorlari kuchli qalinlashib ichida 
smola va oshlovchi moddalar hosil bо‘ladi va daraxtlarning zamburug‘lar bilan 
zararlanishidan va yemirilishidan saqlaydi. Tillalar jamg‘aruvchanlik vazifasini ham
bajaradi.
Kambiy atrofidagi yog‘ochlikni yosh elementlarini zabolon – о‘zak tevaragi - 
yog‘ochlikning tashqi qavati deyiladi. Undan ichkarida joylashgan yog‘ochlik kam 
suv saqlaydi, hattoki suv о‘tkazishda umuman qatnashmasligi ham mumkin. Agar bu 
yog‘ochlik zabolondan kо‘p farq qilmasa yetilgan yog‘ochlik deyiladi (nok, archa). 
Ba’zi daraxtlarning markazidagi yadrosi zabolondan kо‘p farq qilib tо‘q rangda 
bо‘ladi (eman, shumtol, qarag‘ay). Bunda yadroga tanin - smola kabi moddalar kо‘p 
tо‘plangan bо‘ladi. Bunday yog‘ochlikni yadroli yog‘ochlik deyiladi. Daraxtlarning 
evolyusiyasi shuni kо‘rsatadiki sporali va ochiq urug‘li о‘simliklarning suv 
о‘tkazadigan naylari faqat traxeidlardan tashkil topgan (qarag‘ay). Kо‘ndalang 
kesimda traxeidlar tо‘g‘ri qatorlar hosil qilib joylashadi, har bir qator bitta kambiy 
hujayrasidan paydo bо‘ladi. Avval hosil bо‘lgan traxeidlarning pо‘sti yupqa bо‘lib, 
unda hoshiyali poralar aniq kо‘rinadi. Bu traxeidlar suv о‘tkazish vazifasini bajaradi. 
Yog‘ochlikda keyin hosil bо‘lgan traxeidlarning diametri kichik devorlari qalin 
bо‘lib, mexanik vazifani bajaradi. Yil halqalarining chegaralari aniq kо‘rinadi.
Traxeidlar qatolari orasidan radial nurlar о‘tadi. Radial nurlar yog‘ochlikdan 
kambiy orqali pо‘stloqqa qadar chо‘ziladi. Yog‘ochlik nurlari ikki tipdagi 
hujayralardan iborat. Nurlarning yuqorigi va pastgi yaruslaridagi hujayralar о‘lik 


30 
bо‘lib, radial chо‘zilgan, hujayra devorlarida mayda hoshiyali poralar joylashgan. Bu 
hujayralar traxeid nurlari deb ataladi. Ularning vazifasi radial tomonga suv 
о‘tkazishdir. О‘rta yarusdagi hujayralar tirik bо‘lib, unda protoplastlar va jamg‘arma 
oziq moddalar yaxshi kо‘rinib turadi. Bu xujayralardan yon tomonlarga plastik 
moddalar xarakatlanadi. Qarag‘ay yog‘ochligida bulardan tashqari ichki qismi smola 
bilan tо‘lgan vertikal va gorizontal smola yо‘llari ham uchraydi. Daraxt yaralanganda 
smola tashqariga oqib chiqib yarani bekitadi. 
Yopiq urug‘li о‘simliklarni yog‘ochliklari uchun xos xususiyat ularda 
naylarning bо‘lishidir. Lekin yopiq urug‘li о‘simliklarning orasida naylar 
uchramaydigan turlar ham mavjud. Shuning uchun yopiq urug‘li о‘simliklarni ikki 
guruhga bо‘lish mumkin: 
1) ikkilamchi naysiz о‘simliklar, ya’ni avlodlarning yog‘ochligida naylari 
bо‘lib, evolyusiya natijasida yashash sharoitiga moslashib, naylarini yо‘qotgan (suvda 
yashovchi va parazit о‘simliklar); 
2) birlamchi naysiz о‘simliklar ya’ni avlodlarida hech qachon naylar 
bо‘lmagan, (nepentus - kuvacha, suvda yashaydigan hasharothо‘r о‘simliklar). 
Hozirgi vaqtda 5 ta oila, 10 ta turkumga mansub о‘simliklar (drimis, bubbiya, 
ekzospermum, zigoginum, belliolum, psevdovintera, amBorella, sarkandra, 
tetratsentron, troxodendron) yog‘ochligi gomoksilyar (yunon. gomo – bir xil, ksilom - 
yog‘ochlik) tipida bо‘lib, bir xil traxeidlardan tashkil topgan va ninabargli о‘simliklar 
yog‘ochligiga nisbatan soddaroq tuzilgan. 
Yog‘ochlik 
tuzilishining 
evolyusiyasini 
traxeidlar 
va 
naylarning 
xususiyatlarigagina qarab emas, balki yog‘ochlik tolalarining, vertikal va nurli 
parenximalarning tuzilishiga ham qarab о‘rganiladi. 
Umuman aytganda, yopiq urug‘li о‘simliklarning yog‘ochligi ochiq urug‘li 
о‘simliklarning yog‘ochligiga nisbatan turli-tuman va murakkabroq tuzilgandir. 
Kuzatishlarning kо‘rsatishicha barg hosil qiladigan yopiq urug‘li о‘simliklarning 
poyalaridan suv ochiq urug‘li о‘simliklarning poyalariga nisbatan tezroq kо‘tariladi 


31 
demak, yog‘ochlik tuzilishning evolyusiyasi yopiq urug‘lilarning tez va yaxshi 
rivojlanishiga keng maydonlarni egallashiga sabab bо‘lgan omillarning biridir. 
Ikkilamchi lubning tuzilishi. Bu tо‘qima ikki sistemadagi - vertikal va 
gorizontal (radial) elementlardan tashkil topgan. Vertikal joylashgan sistemaga 
yо‘ldosh hujayralar bilan birgalikda elaksimon naylar, vertikal joylashgan lub 
parenximasi va lub tolalari kiradi. Gorizontal elementlariga esa lub nurlari kiradi. 
Bulardan tashqari ajratuvchi tо‘qimalar ham uchrashi mumkin. 
Lub tolalari kо‘pincha qattiq lub deb nomlanib qavatlar hosil qilib joylashadi, 
ularning oralig‘ida tirik hujayralardan iborat bо‘lgan yumshoq lub hujayralarining 
guruhlari joylashadi. Yumshoq lub tarkibiga – yо‘ldosh hujayralari bilan birgalikda 
elaksimon naylar va lub parenximasi kiradi. 
Ikkilamchi lubga ikki xil sharoit kuchli ta’sir kо‘rsatadi. 
1) Yog‘ochlik kuchli о‘sishi natijasida pо‘stloqni markazdan chetga suradi, bu 
vaqtda hujayralarning shaklini о‘zgarishi ikki yо‘nalishda boradi: a) aylana bо‘ylab 
chо‘ziladi (tangental); b) radial tomondan siqiladi. 
2) Ikkilamchi lubning qatnashishi natijasida pо‘stloqning ustki tomonida 
ikkilamchi va uchlamchi himoya qiladigan tо‘qimalar hosil bо‘ladi. 
Radial tomonga siqilgan lub juda tez plastik moddalarni о‘tkazish xususiyatini 
yо‘qotadi. Elaksimon elementlar ezilib о‘ladi. Faqat ba’zi bir daraxtlarda (juka) bir 
necha yil о‘lmasdan о‘tkazuvchanlik xususiyatini davom ettiradi. Shunday qilib 
pо‘stloqda moddalarning vertikal о‘tkazuvchi qismi juda oz bо‘lib faqat 1 mm 
kо‘lamni egallaydi. Lubning ba’zi parenxima hujayralarini devorlari qalinlashib, 
sklereidlarga aylanishi mumkin va poyaning mustahkamligini ta’minlashda 
qatnashadi. Lub pо‘stloqning tangental chо‘zilishiga xizmat qiladi. Bu vaqtda lubning 
yupqa pо‘stli tirik hujayralari joylashgan qismi yorilib ketmasligi uchun (birlamchi 
parenxima nurlari) kuchli tangental chо‘zilib о‘sadi, kengayadi. Bunday nurlarning 
kambiyga qaragan uchki tomoni uchburchak shaklida bо‘ladi. 


32 
Birurug‘ pallali о‘simliklarning poyalarining tuzilishi. Bir urug‘ pallali 
о‘simliklarning poyalarini anatomik tuzilishini о‘ziga xos xususiyatlaridan biri 
kambiy tо‘qimasining yо‘qligidadir va shu bilan ikki pallali о‘simliklar poyasini 
tuzilishidan farq qiladi. Ba’zi bir urug‘pallali о‘simliklardagina kambiyning sust ishi 
kuzatilishi mumkin. Agar bir urug‘pallali о‘simliklarning poyasida ikkilamchi 
qalinlashish vujudga kelgan bо‘lsa, unda bu jarayon о‘tkazuvchi naylar 
bog‘lamlaridan tashqarida paydo bо‘lgan maxsus meristema tо‘qimasi hisobiga 
bо‘ladi. Bir urug‘pallali о‘simliklarning о‘tkazuvchi naylar bog‘lamlari kambiysiz 
yopiq tipda bо‘lib, prokambiy dan paydo bо‘ladi va ikkilamchi tо‘qimalar paydo 
bо‘lmaydi.
Kambiysi bо‘lmagan lekin juda kо‘p barglari rivojlangan bir urug‘pallali 
о‘simliklarning poyasiga shu kо‘p barglarning izlari kirib, poyaning kо‘ndalang 
kesimini barcha qismiga tarqaladi. Poyaga kirgan barg izlari tarkibiga kirgan 
bog‘lamlar turlicha harakatda bо‘ladi, ba’zilari tez poyaga kirib poya bо‘ylab pastga 
yо‘naladi va sо‘ngra chetdagi bog‘lamlar bilan qо‘shiladi, boshqalari poyaning 
markaz qismiga о‘tib, sо‘ngra chetga qarab yо‘naladi. Ularni poyaning о‘tkazuvchi 
naylar bog‘lamlari bilan qо‘shilishi poyaning turli qismlariga tо‘g‘ri keladi. 
Bog‘lamlarning qо‘shilishi asosan bо‘g‘imlarda yuz beradi. Natijada murakkab 
tuzilishga ega bо‘lgan poyaning ataktostel tipi vujudga keladi.

Download 0,64 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Poyalarning ikkilamchi qalinlashishi va kambiyning ishi

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish