7
I BOB POYA VA UNING XILLARI
1.1. Poyaning funksiyalari
Poya
(caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi.
Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. P. ildiz bilan barglar ora-sida
moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning
poyasi metamor-fozlashgan
(shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya
(doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi),
vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp
yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan P.lar bor. P.
silindrsimon, koʻp
kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi
oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan P. boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas,
gʻalladoshlar) P.si boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi. P.ning buyi,
yugʻonligi turlicha. Yusinlar P.sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm,
sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar P.si 200—300 m
keladi. Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab
buladi. Mas, tuban yusinlar P.si faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli
yusinlar P.si qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, pla-unlar
poyasi esa ksilema va
floemalyan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan.
Qirqboʻgʻimlar poyasining ichi gʻovak boʻlib, oʻtkazuvchi toʻqimalar aylana
joylashadi. Qirqqulokdar P.sining marka-zi narvonsimon joylashgan traxeidalardan
tuzilgan
ksilema elementlaridan iborat; uni floema pardasi oʻrab turadi. Bundan
tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan peritsikl joylashgan. Mana shu
markaziy
silindr birlamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis bilan oʻralgan.
Birlamchi qobiqning eng ichki — peritsikl bilan chegaradosh qavati endoderma deb
ataladi. Urugʻli oʻsimliklar poyasining poʻstlogʻi ostida parenxima hujayralaridan
iborat birlamchi qobiq boʻlib, uning endodermasi markaziy silindrni oʻrab
turuvchi
peritsikl bilan chegaralanadi. P.ning dastlabki rivojlanish bosqichida peritsikl ostida
8
yupqa par-dali uzunchoq hujayralardan iborat hosil qiluvchi tUqima — prokambiy
vujudga keladi. Prokambiy hujayralarining bulinishi natijasida
birlamchi ksilema va
birlamchi floema hosil buladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli usimliklarda esa birlamchi
ksilema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima — kambiy
ham vujudga keladi. Koʻpchilik bir pallali usimliklar poyasining markaziy kismi
parenxima hujayralaridan tuzilgan bulib, ularning orasidan oʻtkazuvchi nay — tolalar
tutami oʻtadi. Bir pallali usimliklar poyasida kambiy hosil boʻlmagani uchun
yoʻgʻonlashuv xususiyatiga ega emas. Aloe, yukka, dratsena
kabi ayrim bir pallali
oʻsimliklarning P.si fakat peritsiklda vujudga keladigan ikkilamchi hosil qiluvchi
toʻqima hisobiga yoʻgonlashadi. Yer ostida joylashadigan bargi reduksiyalangan P.,
odatda, ildizpoya deyiladi.
Bargli poyaga novda deyiladi. Uning asosiy vazifasi o`simlikni havodan
oziqlanishiga xizmat qilishdir. Poya barg va ildiz orasida boglovchi oraliq bo`lib,
unda hosil bo`lgan moddalarni o`tkazib beradi. Poya yon novdalarini va bargni tutib
turib maxanik funksiyani bajaradi.
Novda kurtakdan yoki urug`dan hosil bo`ladi. Novdani
barg birikib turadigan
qismi barg o`rni yoki bo`g`in deb nomlanadi. Birinchi bo`g`inidan ikkinchi
bo`g`inigacha bo`lgan masofa bo`g`in oralig`i deyiladi.