Mundarija kirish I. Ko’p qavatli binolarda zilziladan so’ng qutqaruv ishlarini olib borish




Download 1.71 Mb.
bet11/14
Sana10.11.2022
Hajmi1.71 Mb.
#29699
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
8-rasm.Qutqaruv jarayoni
Uyum qoldiqlarni olib tashlashda, qutqaruvchilar qoldiqlarning harakat yoʼnalishini tanlaydi, koʼtarmalarni oʼrnatadi va uning harakatini boshqaradi. Qutqaruvchilar tomonidan qoldiqlarni ajratishda (koʼtarishda) koʼtarmalarning barqaror pozitsiyasi taʼminlanishi kerak. Qutqaruvchilar uyum qoldiqlarini aniqlashda boshqa qutqaruvchilar tomonidan odam oʼta oladigan darajani hosil qiluvchi qurilma orqali yetkazilgan yordamchi qutqaruv uskunalari va biriktirma elementlardan foydalanadi. Qutqaruvchilar uyumlardagi jabrlanganlarni aniqlagandan soʼng, unga birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatiladi va uni odam oʼta oladigan darajani hosil qiluvchi qurilmasi oʼrnatilgan uyum yaqinidagi hududga evakuatsiya qiladi. Tungi vaqtlarda, odam oʼta oladigan darajani hosil qiluvchi qurilmasidan foydalanish paytida uyum joyi elektr lampalar yordamida yoritilishi kerak. Infektsion sharoitida qutqaruvchilar shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi zarur. Odam oʼta oladigan darajani hosil qiluvchi qurilmasidagi ishlarni bajarishda mexanizatsiyalashgan asbob-uskunalardan, diskli arra, gidro, pnevmatik koʼtarmalarni qoʼllash mumkin.
Odam oʼta oladigan darajani hosil qiluvchi qurilmasidan foydalanish vaqtida mashinalar harakati toʼxtatilishi kerak. Odam oʼta oladigan darajani hosil qiluvchi qurilmasi orqali ishni tashkil etishda ishlab chiqarishning eng samarali usullarini topish, mexanizatsiyalash vositalarini qoʼllash, vaqt va kuchning eng kam xarajatlarini aniqlash uchun uyumlar joyini diqqat bilan oʼrganishga alohida eʼtibor qaratish kerak. Boshpanalar va boshpana joylaridagi uyumlarni ochish quyidagi yoʼllar orqali amalga oshiriladi: - boshpanalardagi favqulodda chiqish tuynugi ustidagi uyum qoldiqlarini qazish(tozalash) orqali; - bir-birining ustiga ochilgan tuynuk bilan boshpana qoplamasini tozalash orqali; - binoning tashqi devorini tozalash, boshpana qurilmasi va boshpana (zamin) dagi devorni ochish orqali.
Omborxona turidagi boshpanalarda, asosiy kirishlardan tashqari, favqulodda chiqish eshiklari tashkil etiladi. Favqulodda chiqish eshiklari odatda yer yuzasidan yuqoriga qarab ochilishi, odamlarning boshpanadan chiqishi bilan bir qatorda, boshpanaga tashqaridan havo kirishi uchun moʼljallangan. Xulosa qilib aytish mumkinki, favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bilan shugʼullanadigan barcha xizmatlarning tezkor, muvofiqlashtirilgan harakatlarini taʼminlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sohasidagi ishlarning eng yuqori samaradorligiga erishish uchun qonunchilik bazasini, iqtisodiy qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmalarini, maxsus texnik taʼminotni, aloqa vositalarini taʼminlashni oʼz ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar talab etiladi.



Download 1.71 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish I. Ko’p qavatli binolarda zilziladan so’ng qutqaruv ishlarini olib borish

Download 1.71 Mb.