II. FАVQULODDА HOLАTLАRDА TEZKOR-QUTQАRUV VА BOSHQА KECHIKTIRIB BOʼLMАYDIGАN ISHLАRNI TАSHKIL ETISH




Download 1.71 Mb.
bet9/14
Sana10.11.2022
Hajmi1.71 Mb.
#29699
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
II. FАVQULODDА HOLАTLАRDА TEZKOR-QUTQАRUV VА BOSHQА KECHIKTIRIB BOʼLMАYDIGАN ISHLАRNI TАSHKIL ETISH
2.1 Zilzila sodir bo'lganda tezkor-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʼlmaydigan ishlarni tashkil
Zilzila va portlashlarda tezkor-qutqaruv va boshqa kechiktirib boʼlmaydigan ishlarni tashkil etishda, qutqaruvchi hodimlarga bino va inshootlarning uyumlari jiddiy toʼsqinlik qiladi. Binolarning (devorlar, shiftlar, ichki jihozlar, mebellar va boshqalar) zilzila va portlash vaqtida hosil boʼlgan qoldiqlariga uyumlar deb aytiladi. Uyumning turlari, hajmi va tuzilishi binolarning xususiyatlariga, zararli taʼsirning kattaligi va yoʼnalishiga bogʼliq. Bino kuchli yoki toʼliq halokat darajasiga ega boʼlsa, uyum hosil boʼladi. Katta halokat yuz berganda, uyum bino qurilish hajmining yarmiga toʼgʼri keladi. Tashqi koʼrinishidan bunday uyum bir tomonlama (yalangʼoch), ikki tomonlama (chodirli), V shaklidagi yoki tekis boʼlishi mumkin.
Tashqi tomondan, bunday uyumlarning barchasi juda oʼxshash boʼlib, ammo zararli taʼsirning tabiatiga qarab, ular uch guruhga boʼlinadi: - binoning konturidan tashqarida portlashlarda hosil boʼlgan uyumlar; - bino ichidagi portlashlarda hosil boʼlgan uyumlar; - zilzilalar paytida hosil boʼlgan uyumlar. Uyumlar tuzilishiga koʼra, ular ogʼir, oʼrta va yengil turlarga boʼlinadi. Uyumlarni tavsiflash uchun ularning asosiy koʼrsatkichlari aniqlanadi: - Uyumning balandligi - yer yuzasidan binoning konturidagi uyumning maksimal darajasiga qadar boʼlgan masofa, m; - Uyumning xajmi- 100 m3 uyumdagi boʼshliqlarning hajmi,%. 45-55% va 35-45% mos ravishda - ogʼir uyumli boʼshliq 60%, oʼrta va yengil boʼlishi mumkin; - binoning qulash oraligʼi - binoning konturidan binoning asosiy massasining chegarasiga, m; - binoning kattaligi (katta-0,5 m3; oʼrtacha-0,1-0,5 m3, kichik-0,1 m3 dan kam); - elementlarning tarkibi boʼyicha uyumlarning tuzilishi: (gʼishtli, temir-betonli, aralash); Barcha uyumlar hajmi jihatidan bir xil emas. Odatda, qoldiqlarning yuzasi yuqori zichlikka ega. Bu erda kichik uyumlarning katta qismi, tomning qoldiqlari, qurilish qoldiqlari bilan bir joyga toʼplanib qoladi. Uyumning markazida, asosan, katta va oʼrta boʼlakli qoldiqlar hosil boʼladi. Boʼshliqlar tez-tez uchraydi, boʼshliqlar qoldiqlar hajmiga nisbatan kattaroq boʼladi. Qoldiqlarning bunday taqsimlanishi uyumni shakllantirishning taʼsir kuchi bilan izohlanadi. Bino vayron boʼlganida, uning yuqori qavatlaridagi konstruktsiyalar pastga qarab yuqori tezlik va dinamik yuklar taʼsirida harakatlanadi. Konstruktsiyalarning bunday harakati koʼpincha kichik qismlarga boʼlinib ketishiga olib keladi.


Download 1.71 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. FАVQULODDА HOLАTLАRDА TEZKOR-QUTQАRUV VА BOSHQА KECHIKTIRIB BOʼLMАYDIGАN ISHLАRNI TАSHKIL ETISH

Download 1.71 Mb.