38
2. Relyatsion algebra deyiladi. Bunda foydalanuvchi munosabatlar
ustida yuqori bosqichli amallar to„plamini kiritadi.
3. Eng yuqori bosqich – hisoblash bosqichi.
Bunda foydalanuvchi
bevosita kompyuterga maxsus tillarda murojaat qiladi va mashina bu
murojaatni qabul qiladi.
Relyatsion algebra amallarini opperandlari sifatida doimiy yoki
o„zgarmas va o„zgaruvchan munosabatlar ishlatiladi. Relyatsion
algebrada 5 ta amal ishlatiladi:
1. Birlashtirish, R va S munosabatlarni birlashtirish RUS ko„rinishida
berilib, bu amalni natijasi R munosabatga tegishli bo„lgan
yoki S
munosabatga tegishli bo„lgan yoki ikkalasiga ham tegishli bo„lgan
kartejlar to„plamidir. Bu amallarni bajarayotganda bir xil tartibda
bo„lishi kerak. Natijani tartibi ham operandlar tartibiga teng bo„ladi.
2. Ayirma R va S munosabatlarni ayirmasi R-S ko„rinishida yoziladi
va undagi kortejlar to„plami R munosabatga tegishli,
lekin S
munosabatga tegishli bo„lmagan kortejlardir. Bu amalni bajarganda ham
operandlarni tartibi bir xil bo`lishi kerak.
3. Dekart ko„paytma. Bizda R va S munosabat berilgan bo„lsin. R
munosabatni tartibi R-R va S munosabatniki S-q ga teng bo„lsin. Unda
dekart ko„paytma R*S ko„rinishida yozilib, uning natijasi uzunligi R+q
ga teng bo„lgan kortejlar to„plamidan iborat bo„lib, bu kortejlarni
birinchi R komponentasi R kortejga teng bo„ladi, qolgan q komponentasi
S kortejga teng bo„ladi.
4. Proeksiya, R munosabatga bu amal tadbiq etilganda, R
munosabatdan ba‟zi bir komponentalar olib tashlanadi.
Qolganlari esa
qaytadan tartiblanadi.
5. Seleksiya tanlash. Bu amal bajarilganda operandlar sifatida
munosabat atributlari ishtirok etadi va solishtirish arifmetik amallari: =,
≠, ≤, ≥, <, > va mantiqiy amallar: va (U), yoki (V), not amallari
ishlatiladi.
Relyatsion MBBTda ma‟lumotlar bilan ishlashda ishlatiladigan 2 ta
katta gurux tillari relyatsion hisoblash deyiladi. Relyatsion hisoblash
predikatlarni hisoblashga asoslangan bo„lib
ifodalarni yozishga
mo„ljallangan qiodalar to„plamidan iboratdir. Ular yordamida biz
mavjud munosabatlardan yangi munosabatlar yaratishni ta‟minlaymiz.
Bunday ifodaalrni yozishda solishtirish amallari, mantiqiy amallar va
mavjudlik kvanteri va umumiylik kvanteri ishlatiladi.
39
Hozirgi paytda relyatsion MBBTni taraqqiyotida
yangitil QBE tili
ishlamoqda. Bu tilda relyatsion algebra va relyatsion hisoblashlarda
ko„zda tutilmagan bir qpncha imkoniyatlar kirgan. Bu tilni hususiyati
shundan iboratki, u terminallarda ishlashga muljallangan. So„rovlarni
yaratish
uchun
maxsus
ekran redaktoridan ,
munosabat va
redaktorlaridan foydalanamiz. QBE tilida foydalanuvchi o„zi olishini
mo„ljallagan natijani so„rov ko„rinishida tasvirlaydi va MBBT uni
kerakli amallar ketma – ketligiga aylantirib beradi.
Ma‟lumot modelini rivojlanish konsepsiyasi 5 ta bosqichni
ko„rsatishi mumkin:
1. 60- yillarning 2 – yarmida, bunda
asosan ierarxik modellarga
e‟tibor berilgan;
2. 70- yillarni 1 – yarmi, tarmoqli modellar;
3. 70- yillarning 2 – yarmi, relyatsion modellar;
4. 80- yillarning 1 – yarmi, semantik modellar;
5. 80- yillarning 2 – yarmi, ob‟ektga mo„ljallangan sistema.