41
Saqlangan matnli fayldagi SQL yoriqnomadan almashish buferiga nusxa
oling. Uni yangi tasavvur Konstruktorining SQL yo„l-yo„riq kiritish
maydoniga joylashtiring.
Tasavvur strukturasini o„zgartirish.
O„zgartirilgan SQL yoriqnomani matnli faylda saqlang.
Bu faylni
ishonchli joyga joylashtiring.
SQL Server hisob yozuvlarini boshqarish
MB himoya tizimini boshqarish vazifasini (Tools) menyusidagi
(Database Security) buyrug„i yordamida bajarish mumkin. Agar SQL
Server loyihasi saqlanayotgan kompyuterda o„rnatilgan bo„lsa bu
buyruqqa murojaat qilish mumkin. Bu vosita yordamida SQL Serverda
registratsiya
qilish uchun hisob yozuvlarini, ma‟lumotlar bazalari
foydalanuvchilari hisob yozuvlarini va ularning vazifalarini qo„shish,
o„chirish va o„zgartirish mumkin.
SQL Serverda registratsiya qilish uchun qo„llanadigan ikki himoya
tizimi mavjud:
SQL Server o„zining himoya tizimi. Serverda registra- tsiyadan
o„tish uchun server foydalanuvchisi nomi va parolini ko„rsatish
kerak.
Windows NT bilan Integratsiyalashgan
tizimi foydalanuvchilari
hisob yozuvlaridan foydalanadi. Bu holda foydalanuvchi
autentifikatsiyasi Windows NT asosida tarmoqda registratsiyadan
o„tishda bajariladi.
SQL tilida protseduralardan foydalanish dasturlar tuzish samaradorligini
oshiradi. Saqlanuvchi protseduralar (stored protsedure) – bu SQL
buyruqlar to‟plamidan iborat bo‟lib, bu buyruqlar to‟plamini SQL
SERVER bir marta kompilyatsiya qiladi.
Protseduralarning keyingi ishlatilishida
saqlangan protseduralar
kompilyatsiya qilinmaydi. Bu protseduralar xuddi algoritmik tillardagi
kabi kirish parametrlaridan iborat bo‟lishi ham mumkin.
Saqlanuvchi protseduralar SQL tilida quyidagi buyruq yordamida
yaratiladi:
CREATE PROCEDURE
[(% birinchi parametr ma‟lumoti turi)] …] AS SQL-operatorlari;
Saqlanuvchi protseduralarning ikki turi mavjud: foydalanuvchi
protseduralari va tizimli protseduralar.
42
Foydalanuvchi protseduralari SQL SERVERlarida qo‟llanilib,
serverni
boshqarish, MB va foydalanuchilar haqidagi ma‟lumotlarni
olish uchun ishlatiladi.
Tizimli protseduralar esa, amaliy dasturlarni bajarish uchun yaratiladi.
Amaliy dasturlar hech bo‟lmaganda bitta modulni o‟zida saqlashi kerak.
Modul (MODULE) biror bir algoritmik tilda tuzilgan, uzoq muddat
saqlanadigan ob‟yektdir.
Modul - modul nomidan (module name), algoritmik til bo‟limidan
(language clause), modul bo‟limi huquqidan (module
authorization
clause ), kursorlarni tavsiflash (declare cursor) va bir yoki bir nechta
protsedura (procedure) lardan tashkil topadi.
MBBTdan ikki gurux shaxslari foydalanadi:
3. Chеkli yoki oddiy foydalanuvchilar;
4. MB administratori;
MB administratorini xizmat doirasiga quyidagi ishlar kiraddi:
j) Prеdmеt sohani tahlili va foydalanuvchilar va axborotni o„rnini
aniqlash;
k) Ma‟lumotlarni tuzilishini loyihalash va ularni takomillashtirish;
l) Qo„yilgan topshiriqlar va ma‟lumotlarni bir butunligini
ta‟minlash;
m) MBni yuklash va yuritish;
n) Ma‟lumotlarni himoya qilish;
o) MBni tiklashni ta‟minlab bеrish;
p) MBga murojaatlarni yiqish va statistik qayta ishlab bеrish;
q) MBga
ko„p
foydalanuvchilar
rеjimida
ishlaganda,
ma‟lumotlarni o„chib kеtishidan
ximoya qilish;
r) Tеxnik vositalar nosoz bo„lib ishdan chiqqanda, ma‟lumotlarni
saqlash va qayta tiklash ishlarini bajarish;