45
diagramma ko„rinishida quyidagicha belgilaymiz:
7.1-rasm. 3 NFga keltirishning diagramma ko`rinishi
Shunday qilib, R munosabat 3 NFda berilgan deyiladi, agarda, u 2
NFda bo„lsa va R munosabatdagi birlamchi kalit bo„lmagan har bir
atribut R munosabatni har har bir mumkin bo„lgan kalit atributiga
notranzitiv bog„langan bo„lsa. Umuman
olganda normallashtirish
jarayoni va munosabatni 3 NFga keltirish quyidagi bosqichlardan iborat
bo„ladi:
1. Ma‟lumotlarni ixtiyoriy tuzilmasidan oddiy tuzilali ikki o„lchamli
jadvallarga o„tish va 1 NFni hosil qilish;
2. Kalit atributlari bilan barcha atributlar orasidagi mumkin bo„lgan
to„liqmas funksional bog„lanishlarni yo„qotish va 2 NF hosil qilish;
3. Mumkin bo„lmagan kalit atributlari va asosiy bo„lmagan atributlar
orasidagi tranzitiv bog„lanishlarni yo„qotish va 3 NFni hosil qilish.
Ma‟lumotlar bazasi va MBBT ni fizik tashkil etish.
MBBT komponentalari va ularni amaliy dasturlar bilan o„zaro
bog„liqligi ma‟lumotlarni fizik tasvirlashda muhim o„rin to„tadi. MBBT
murakkab til dastur kompleksidan iborat bo„lib,
MBni ishlash
imkoniyatini ta‟minlaydi. MBBT tarkibiga tizimli dasturlar kompleksi
kiradi. Bu kompleksni markaziy komponentasi monitor yoki
boshqaruvchi dasturlar hisoblanadi. Komponentalarning fizik tashkil
etuvchilari 7.2-rasmda berilgan.
А
В
С
С
В
А
В
46
7.2-rasm. MBBTning fizik
tashkil etuvchilari
7.2-rasmda amaliy dasturlar tarkibidagi ma‟lumotlar bilan ishlash tili
(YAMD)ni bitta operatorini bajarishiga tegishli bo„lgan amallar ketma –
ketligi ko„rsatilgan.
Masalan, bu MBdan ma`lumotlarni o`qish so`rovini operatori bo„lib
xizmat qilsin. Unda strelkalar quyidagi ma‟noga ega:
1. Amaliy dasturlar MBga (YAMD) operatori orqali murojaat qilsin.
Uni monitor tomonidan tahlil qilinadi.
2. Talqin qilish jarayonida monitor oldindan translyasiya qilib
qo„yilgan sxemani ishlatadi.
3. Bu so„rovga tegishli ma‟lumotlar aniqlanib bo„lingandan keyin,
monitor OTga tashqi xotiraga murojaat qilishni amalga oshirish talabi
bilan murojaat qiladi.
4. OT MBga murojaatni bajaradi. Bu xuddi fayllarga murojaat qilish
kabi oddiy bajariladi.
5. Talab qilingan ma‟lumotlar tashqi xotiradan
tiimni bufer sohasiga
o„zatiladi.
6. Ma‟lumotlar amaliy dasturlarni ishchi sohasiga jo„natiladi.
7. Monitor amaliy dasturga so„rovni bajarish natijalari xabarini beradi.
8. Amaliy dastur MBdan olingan ma‟lumotlar ustida kerakli amallarni
bajaradi.
Manzillash usullari. Bitta mashina ko„rsatmasi yordamida o„qish
mumkin bo„lgan bitlar guruhi fizik yozuvlar deb ataladi. Fizik yozuvlar
mashina xotirasining yacheykalarida saqlanadi va mashina adreslari
Asosiy xotira
Sxema
MB
ОT
MBBT monitori
Tizimni buffer sxemasi
Amaliy
dasturlar
Ishchi soha
47
yordamida identifikatsiyalanadi. Dasturlar mantiqiy yozuvlarni kalitlar
yordamida aniqlaydi. Dastur uchun zarur bo„lgan ma‟lumotni mantiqiy
yozuv kalitlari yordamida fizik yozuvlarni adreslarini aniqlaydi. Dastur
uchun zarur bo„lgan ma‟lumotni mantiqiy
yozuv kalitlari yordamida
fizik yozuvlarni manzillarini aniqlanadi. Kalit qiymatlari juda ko„p
bo„lganligi uchun mashina manzillar bilan munosiblikni aniqlash uchun
xilma – xil manzilash usulidan foydalaniladi. Kalit sifatida har bir
yozuvda
joylashgan
piksellangan
uzunlikdagi
maydonlardan
foydalaniladi. Ba‟zi hollarda kalit sifatida bir nechta maydon olinadi va
bunda ulangan kalitlar hosil qilinadi. Fayllardagi yozuvlarni bir qiymatli
aniqlash uchun albatta yagona kalit mavjud bo„lishi
kerak va bunday
kalitlar birlamchi kalitlar deb ataladi.
Yozuvlarni manzillashning quyidagi usullari mavjud:
1. Fayllarni ketma – ket saqlash usuli. Har bir yozuv kaliti tekshiriladi.
Bunday usul ko„p vaqtni talab etadi.
2. Blokli qidirish. Agar yozuvlar kalit bo„yicha tartiblangan bo„lsa,
fayllarni skanerlashda har bir yozuvni o„qib chiqish talab etilmaydi.
Bunday hollada kerakli yozuvdarni topish uchun blokli qidirish usulidan
foydalaniladi. Bunda yozuvlar bloklarga guruhlanadi va har bir blok bir
martadan tekshiriladi, kerakli yozuv qidirib topilguncha.
3. Binar qidirish. Bunda soha o„rtasidagi yozuv topiladi va uning kaliti
qidirish tartibi bilan solishtiriladi. So„ngra qidirish sohasi ikkiga
ajratiladi va har bir yarmi alohida qidiriladi. Binar qidirish to„g„ridan –
to„g„ri murojaat qurilmalarida ishlatib bo„lmaydi.