O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish metodikasi




Download 297.68 Kb.
bet5/19
Sana06.11.2022
Hajmi297.68 Kb.
#29235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
БМИ
Newton, BMI-namuna 2022, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Bitiruv malakaviy ishi, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
1.2. O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish metodikasini o’qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar

Boshlang’ich adabiy ta’lim jarayonida o’quvchilarni narsa-hodisalarni taqqoslashga o’rgatish – tafakkurning oddiy, shu bilan birga favqulodda ahamiyatli turi hisoblanadi. U muayyan umumiylikka ega bo’lgan har xil hodisalarni qiyoslashdan yuzaga keladi. Umumiy belgilarga ega bo’lgan predmetlar solishtirilganda ularning farqli tomonlari ham ko’rinadi. Ikki yoki bir nechta timsol tabiatidagi o’xshash va farqli tomonlarni aniqlash uchun inson fikran ularning o’ziga xos xususiyatlarini ajratadi, belgilarini aniqlaydi (analiz qiladi) va ularni taqqoslagan holda umumiy tomonlarini tayin etadi (sintez qiladi). Shundan so’nggina o’z mustaqil fikrini aytadi.


Boshlang’ich adabiy ta’lim jarayonida o’quvchi tafakkuri mustaqilligiga erishish uchun o’qituvchidan o’quvchilarni darslikda berilgan tushuncha-yu xulosalarning to’g’riligini tekshirish va dalillashga, bu yo’lda eng qulay usul va metodlardan foydalanishga, har bir narsa-hodisa yuzasidan mustaqil fikr yuritishga, vaziyatga ijodiy yondashishga, birovlarga, hattoki o’qituvchisiga ham, yoqish-yoqmasligidan qat’i nazar, o’z fikrini aytishga o’rgatish talab qilinadi. Muallim tarbiyalanuvchilarni mantiqiy fikr yuritish usullari bilan tanishtirib borishi; qolipda fikrlashiga yo’l qo’ymasligi; nafaqat darslik muallifi yoki o’qituvchisining, balki o’rtoqlari fikr-mulohazalarini ham takrorlamaslikka, ijodiy izlanishga etaklashi; o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, ularning aqliy imkoniyatlarini ishga sola bilishi; har bir o’quvchi oldiga o’ziga xos muammo, savol yoki topshiriq qo’ya olishi va uni echishga yo’naltirishi; uchraydigan qiyinchiliklarni engishga odatlantirishi zarur.
Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida: o’quv topshiriqlarining noto’g’ri qo’yilishi; o’quvchilarni muntazam ravishda erkin faoliyatga undamaslik; mustaqil faoliyatning rivojlanganlik darajasiga e’tibor bermaslik o’quvchi fikrlashidagi mustaqillikning rivojlanishga to’siq bo’ladigan asosiy sabablardandir. O’quvchilardagi tanqidiy tafakkur va mulohazaning etarli darajada taraqqiy etmaganligi, estetik did hamda madaniy saviyaning pastligi badiiy asar qimmatini yuzaki baholashga olib keladi. Asar to’g’risida chuqur fikr yuritmasdan turib unga baho berishga shoshilish hollari asl turmush bilan badiiy asar o’rtasidagi farqni anglay olmaslikka olib keladi.
Bugungi boshlang’ich adabiy ta’lim metodikasi o’quvchining u yoki bu badiiy asarni o’qib, tushunishining o’zini etarli emas deb hisoblaydi. O’quvchi asarga yangicha yondasha bilishi kerak. Bu boshlang’ich sinf o’qituvchisining saviyasi va bilimdonlik darajasiga bog’liqdir. Shunda o’quvchining kichik yoshidan narsa va hodisalar, odamlar haqida mustaqil nuqtai nazari shakllana boradi. O’z-o’zidan ma’lumki, bu fazilat o’zgalarning tashqaridan bergan ko’rsatmalari mahsuli emas, kichik o’quvchining shaxsiy fikri, mustaqil o’ylashi va bir qarorga kelishining natijasi bo’ladi. Boshlang’ich sinflar o’qituvchisi o’quvchilarining tortinchoq bo’lishiga, fikrini ochiq aytmay, dilida saqlab qolishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchini faqat o’zi yaxshi bilgan, uni qiziqtiradigan masalalar haqida fikrlashga, yozishga undash kerak bo’ladi. O’quvchi uchun o’zi yaxshi bilmagan, o’ylamagan mavzu haqida yozishdan azobliroq yumush yo’q. Bunday topshiriq uning shaxsida yuzakilikni keltirib chiqaradi, ko’chirmachilikka majbur qiladi. O’quvchida bezovta, uyg’oq qalbni tarbiyalash uchun, avvalo, unda atrof-muhitga, tabiatga, hayvonot va nabotot olamiga, insonga kuchli qiziqish uyg’otish, har bir narsaning mohiyatiga kirishga yo’naltirish lozim bo’ladi.
L. Tolstoyning fikricha, bolalarda tafakkur erkinligini o’stirish uchun ularni ijodga undovchi hayotiy omil va kerakli material bilan ta’minlash zarur. Bolaga erkinlik berish, “uni o’qitishni bas qilish” shaxs shakllantirishda juda katta samara beradi. “Agar mening bolalarga berganlarimni usul deb atash mumkin bo’lsa,- degan ekan L. Tolstoy, - u usullar quyidagilardan iborat: a) ularga eng katta va xilma-xil mavzularni taklif etish va tanlash ixtiyorini berish. Bu mavzular bolalar uchun maxsus tanlangan bo’lmay, o’qituvchining o’zi uchun ham o’ta jiddiy va qiziq bo’lishi; b) bolalarga namuna sifatida faqat tengdoshlarining ishlarini berish; v) eng muhimi, bolalarning ishlarini tekshirayotganda daftarining ahvoliga, xatining sifatiga, xatolariga va ayniqsa, uning ifoda tarziga, aytish joiz bo’lsa, uslubiga hech qachon tanbeh bermaslik kerak”9. Ana shunda boshlang’ich adabiy ta’lim oldiga qo’yilgan maqsad amalga oshishi bir muncha tezlashishi mumkin.
O’quvchining mehnati oson bo’lishi kerak emasligi, ularni mustaqil bilim olish, ko’nikma shakllantirish, malaka hosil qilish, mehnatga qiziqtirish, o’zida muayyan axloqiy sifatlarni qaror toptirishga odatlantirish zarurligi, bu esa qiyinchiliksiz amalga oshmasligi taniqli pedagoglar tomonidan ko’p bor ta’kidlangan. Faqat qiyinchiliklarning me’yorini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Toki, bu mehnat o’quvchining yosh xususiyatlariga mos, o’zlashtiriladigan bo’lishi, uni bajarish huzur va zavq bag’ishlashi lozim. Insonga nisbatan bo’lgan talabchanlik uni kamolot sari etaklashi va o’zini rivojlantirishga undashi kerak.
O’quvchilarda o’z fikrini ifodalash ko’nikmasini shakllantirishga boshlang’ich sinflardan boshlab katta e’tibor berish lozim. Ma’lumki, boshlang’ich sinf va kichik o’smirlik davrida diktant yoki bayon yozishda yaxshigina natijalarga erishgan o’quvchilar yuqori sinflarga borganda adabiy yoki erkin mavzularda ijodiy ishlar yozishga qiynalib qoladilar. O’zgalarning fikrini juda chiroyli qilib takrorlab beradigan “savodli” o’quvchilar ko’pincha o’z fikrlarini ifodalab berolmaydilar. Ular yo asar mazmunini qayta hikoya qiladilar yoki darslik mualliflari yoxud o’qituvchisining darsda aytganlarini takrorlaydilar. Ko’pchilik o’quvchilar maktabni o’z fikr va qarashlaridagi originallikni keraksiz deb bilgan holda bitirib ketadilar. Shuning uchun ham fikrni ifodalash ishini fikr aytishga uyalmaydigan davrdan, ya’ni boshlang’ich sinflardan, xatto maktabgacha tarbiya muassasalaridan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’qish darslarida badiiy asarlar bilan ishlash ijodkorlarning asarlari zamiriga singdirgan yuksak insoniy g’oyalarni o’quvchining ko’ngil mulkiga aylantirish demakdir. Bu o’quvchilar ularni faqat o’qishi bilan emas, balki tom ma’noda uqishi, o’rganishi va bilganlarini yozma yoki og’zaki ravishda ifodalashi orqali amalga oshiriladi. O’qish darslarida asosiy ish asarni o’qish, matn haqida o’quvchilar bilan suhbatlashish, uni tahlil qilishdan iborat. Badiiy asarlar orqali o’quvchining hayotga yaqin, qiziqarli masalalar bilan doim band bo’lgan aqli o’quv materialini o’zlashtiradi. Kuzatishga, mantiqiy asoslar va xulosalarga o’rgangan o’quvchi asta-sekinlik bilan qachonlardir o’zi uchun mavhum bo’lgan fikrlarni ham ilg’aydi, ularda ham qiziqarli narsalarni ko’ra biladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qilgan badiiy asarni o’rtoqlari bilan birgalikda tahlil qilishlari, asar matnidagi hayotiy muammolarga munosabat bildirishlari ularda tanqidiy nuqtai nazarni shakllantiradi. Bu hol tarbiyalanuvchilarni biror ishga yuzaki yondashmaslikka, puxta o’rganmay, asoslar topmay turib fikr aytmaslikka o’rgatadi. Aslida tanqid to’plangan qator ma’lumotlar asosida tahliliy muhokama qilishdir. O’quvchini shunday belgilarni qidirishga va ularni tahlil qilishga o’rgatish uni jiddiy fikrlashga, ehtiyotkorlik bilan mulohaza yuritishga moyil qiladi.
O’qish darslarida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishda ular bilan asar haqida suhbatlashish, asar matnidan javob izlashga (matnni aynan takrorlashga emas) majbur etadigan savollar berish, savollar yordamida o’quvchini asar mohiyatiga olib kirish, undagi tasvir haqida ongli ravishda, to’la ishonch bilan ma’lum xulosalarga kelishga ko’maklashish juda muhim. Badiiy asar tahlili jarayonida asarning mazmun va shakli orasidagi aloqani nazardan qochirmaslik, unda aks etgan shaxs bilan jamiyat orasidagi munosabatga e’tibor qaratish ham o’qish darslarining samaradorligini ta’minlaydi.
Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida badiiy asarlarni ijodiy o’rganish o’quvchilardan ko’p tomonlama, murakkab faoliyatni talab etadi. O’quvchi o’z tasavvur, tuyg’u va tafakkur kuchi bilan asar timsollarini o’rganadi, muallifning axloqiy-estetik qarashlarini anglaydi, bularning barchasini o’z hayotiy olami bilan taqqoslaydi. Shu yo’l bilan matn mohiyatiga imkon qadar kirib boradi. Badiiy asarlar va ular haqidagi qarashlarni o’zlashtirish jarayoni o’quvchining tushuncha-yu tuyg’ulari hamda dunyoqarashining shakllana borishi bilan tabiiy ravishda bog’liq bo’ladi. Badiiy asar tahlili muallif obrazli tafakkurining mohiyatini anglatadi. Bu jarayondagi bilish inson tafakkurining olamni anglashga bir umr, to’xtovsiz intilishi demakdir.
O’qish darslarida badiiy asarni to’laqonli o’zlashtirish tuyish va fikrlashning birligi orqali amalga oshadi. O’zlashtirish uchun esa fikrlash lozim. Har qanday asar zamirida uning tahliliga asos bo’ladigan jihatlar ifodalangan bo’ladi. Hamma gap tahlil jarayonida hayotiy va badiiy mantiq asosida mana shu jihatni ilg’ay olishdadir.
Boshlang’ich adabiy ta’lim jarayonida o’quvchilarning mustaqil fikrlash asosida bilim olishlarini ta’minlashda ta’lim maqsadini to’g’ri belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich adabiy ta’lim metodikasi ilmi har bir o’qish darsi oldiga tarbiyaviy, ta’limiy, yo’naltiruvchi va rivojlantiruvchi maqsadlar qo’yilishi lozimligini ko’zda tutadi. Bu xil maqsadlar to’g’ri belgilab olinsa, dars jarayoni shu asosda tashkil etilsa, o’quvchilarning mustaqil fikrlashlari uchun ulkan imkoniyatlar paydo bo’ladi. Afsuski, hozir ham dars jarayonida o’qituvchining diqqat markazida o’quvchilarning mustaqil faoliyatini ta’minlash emas, balki o’z faoliyatini tashkillashtirish masalasi ustuvorlik qilib kelmoqda. Ya’ni o’qituvchi darsga tayyorlanishda o’quvchilar emas, o’zi qilishi kerak bo’lgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni birinchi o’ringa qo’yadi. Butun diqqat-e’tiborini ana shunga qaratadi. O’quvchilar ikkinchi planga tushib qoladi.
Boshlang’ich adabiy ta’lim jarayonida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishda dars shaklini oldindan aniqlab olish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda: o’quv materialining mazmuni, hajmi, darsning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari va qiyinlik darajasini belgilash; materialning o’quvchi hayotiy tajribasi, ilgari o’zlashtirgan bilimi va aqliy-amaliy faoliyati bilan aloqasini o’rnatish; o’quvchining mustaqil ishlari va o’quv topshiriqlari tizimini aniqlash; darsning jihozlarini, axborotlarning asosiy va qo’shimcha manbalarini o’rnatish ko’zda tutiladi.
O’qish darslari sinfdagi o’quvchilar bilan yalpi ishlash, ayni vaqtda har bir bolaning mustaqil faoliyatini birgalikda qo’shib olib borish ko’zda tutilgan holda, o’qitishning jamoa, guruh yoki individual shakllarida tashkil etilishi mumkin. Bundan tashqari, o’qish darslarining maqsad va vazifalariga, mazmun va metodlariga mos keladigan tizim ham zarur.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarini badiiy asarlar o’qishga o’rgatish, shu asosda ularni mustaqil fikrlashga odatlantirish uchun ota-onalarini bolalariga kitob o’qib berishga majbur qilishi lozim. Buning uchun maktabda bolalar va ota-onalarning kitob o’qishiga bag’ishlangan birgalikdagi majlislarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday majlislarda ota-onalarga farzandlariga o’qib berishi lozim bo’lgan badiiy asarlar ro’yxatini yozdirish, avvalo, maktab kutubxonasini zaruriy adabiyotlar bilan boyitish, sotib yoki ijaraga olish mumkin bo’lgan kutubxonalar yoxud internet sahifalari haqida ma’lumot berish kerak bo’ladi. Kitoblarning o’qilish muddatini belgilash va ota-onalarni bundan xabardor qilish zarur. Bolasining ertasi uchun qayg’uradigan ota-onalar bu ishlarni bajarishadi. O’qituvchi belgilangan muddatda o’qilgan badiiy asarlar ustida ishlash darslarini tashkil qilishi, suhbat asnosida o’quvchilariga matn mazmunini qayta hikoyalashni emas, balki munosabat bildirishni talab qiluvchi savol-topshiriqlar bilan murojaat qilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kompyuterga qiziqishlari baland ekani ayon. O’qituvchi o’quvchilardagi shu tabiiy xususiyatdan oqilona foydalana bilishi kerak. Ya’ni ular o’qishlari lozim bo’lgan badiiy asarlarni elektron kutubxonalardan topib o’qishni tavsiya qilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Yoki kompyuter orqali ko’rilgan multfilm, kinolar bilan ularning kitob variantini solishtirish borasida ham suhbatlar tashkil etish mumkin. Bunday taqqoslash darslarida o’quvchilar kitobda ifodalangan, kino yoki multfilmda aks ettirish aslo mumkin bo’lmagan muhim jihatlarni topishga yo’naltirilishi, buning sabablari haqida o’ylab ko’rishga undalishi, qahramonlar shaxsini ochishda kitobda aks ettirilgan baland tuyg’ular tasviri, iztiroblar ifodasining qanchalar muhim ekanini anglashga yo’naltirilishi zarur.
Boshlang’ich sinf yoshidan o’quvchilarni kitob o’qishga yo’naltirishning yana bir yo’li ularni rag’batlantirishdir. O’quvchilar ma’lum bir sinfni tamomlasalar ularga maqtov yorliqlari beriladi. Ana shu yorliqlar o’rniga taniqli shoir yoki yozuvchilarning kitoblari sovg’a qilinsa, foydaliroq bo’ladi. Qolaversa, taniqli bolalar shoirlari yoki yozuvchilari bilan o’quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish, ular bilan yosh kitobxonlar o’qigan asarlar yuzasidan suhbatlar uyushtirish ham o’quvchilarning badiiy so’zga muhabbatini oshirishi tabiiy.
Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda, ularni mustaqil fikrlashga yo’naltirishda kitobdan oqilona foydalanish, buni to’g’ri tashkil eta bilish oilada ota-onaning, ta’lim muassasalarida o’qituvchilarning burchidir.
BBB” metodi
Ushbu metod o’quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o’quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagicha tashkil etilishi mumkin:

  1. Har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg‘ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo‘yicha umumlashtiriladi.

  2. Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi. O‘quv faoliyati bevosita guruh doskasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi jadval (1, 2) asosida tashkil etiladi.


Download 297.68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 297.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish metodikasi

Download 297.68 Kb.