Mundarija kirish




Download 297.68 Kb.
bet7/19
Sana06.11.2022
Hajmi297.68 Kb.
#29235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
БМИ
Newton, BMI-namuna 2022, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Bitiruv malakaviy ishi, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
M
etoddan
samarali fоydalanish qоidalari:


Badiiy matn tahlili namunasi:
“Qish” ustida ish
E’tibor qilinsa, taqdim etilayotgan barcha dars ishlanmalari yoki badiiy matnlarning tahlili, asosan, o’quvchilarning mustaqil faoliyati va tafakkuri taraqqiyotiga yo’naltirilganligini payqash mumkin. Bolalarni mustaqil fikrlashga yo’naltirishni maktabgacha tarbiya muassasalari mashg’ulotlaridan boshlab amalga oshirish maqsadga muvofiq ekani ayon. Ta’lim-tarbiyaning dastlabki bosqichida bu yo’nalishda erishilgan muvaffaqiyatlar boshlang’ich sinflarning dastlabki bo’g’inidan izchillikda davom ettirilishi bu boradagi samaradorlik garovidir. Shu ma’noda Tursunboy Adashboevning birinchi sinf “O’qish kitobi” darsligidan o’rin olgan “Qish” she’rini kichik o’quvchilarning mustaqil tafakkuri va faoliyatini amalga oshirishga yo’naltirilishini ta’minlashni quyidagicha tashkil etish mumkin. Avval o’qituvchi she’rni ifodali qilib o’qib beradi:
Shudgor uzra uvullar
Ayoz bobo bo’roni.
Mehmon bo’ldi qish fasli
Oq choyshabga o’ranib.

Bundan buyon ko’cha-ko’yda


Piyma, etik g’archillar.
Tinim bermas chanalarga
Shokir, Ra’no, Barchinlar10.
So’ngra o’quvchilarini matn mohiyatiga olib kirishga, ularni mustaqil mulohaza yuritib fikr aytishga undash maqsadida asar tahliliga kirishiladi. Darslikda mazkur mavzuni o’rganishga qaratilgan birgina: “Qish fasli sizga nimasi bilan yoqadi?” degan savol kiritilgan. Bu savol o’quvchilarni asar mazmuniga mutlaqo murojaat qildirmaydi. Bu bo’yicha ish tutilsa, she’r o’qilgan joyida qolib ketaveradi. Uning o’quvchi shaxsiga hech qanday ta’siri bo’lmaydi. Axir bu she’r ma’lum maqsad asosida yozilgan va darslikka material sifatida kiritilgan. U shu maqsadga xizmat qilmog’i uchun o’qituvchi va o’quvchilar uning mohitiga kirmoqlari lozim. Buning uchun o’qituvchi birinchi sinf o’quvchilariga quyidagi savol va topshiriqlar bilan murojaat qilishi masadga muvofiq bo’ladi:

    1. Shudgor nima ekani haqida o’ylab ko’ring. Uni qachon va qaerda ko’rgansiz?

    2. “Ayoz bobo” kimligini bilasizmi? Uning bo’roni nimadan boshlanadi, sizningcha?

    3. Ayoz boboning bo’roni shudgorda uvillashini qanday tasavvur qilasiz? Fikringizni tushuntirib bering.

    4. Nima deb o’ylaysiz, nega she’rda qish fasli “mehmon” deyilyapti? Sizningcha, uning mehmonligi nimalardan iborat?

    5. Qishning “oq choyshabga o’ranib” kelishini siz qanday tushundingiz? “Oq choyshab” sizningcha nimani anglatadi?

    6. She’rdagi: “Piyma, etik g’archillar” degan gapni, sizningcha, qanday tushinish mumkin? Piyma nima ekanini bilasizmi? Bilganlaringizni o’rtoqlaringizga ham aytib bering.

    7. Yaxshilab o’ylab ko’ringchi, qishda piyma va etiklar nima uchun g’archillaydi? Bu g’archillagan narsa oyoq kiyimlarimi yoki boshqa narsami?

    8. Shokir, Ra’no va Barchinlar nima uchun chanalarga tinim bermasligining sabablarini tushuntirib bering.

    9. She’rga nima uchun “Qish” deb sarlavha qo’yilganini bilasizmi? Bilganlaringizni bizga ham aytib bering.

Ko’rinib turibdiki, “Qish” she’ri mazmuni yuzasidan bolalarga taqdim etilgan savol va topshiriqlarning birortasiga matnda tayyor javob yo’q. O’quvchilar o’zlari mustaqil mulohaza yuritib fikr aytadilar. Shu tariqa badiiy asarning mohiyatiga kiradilar. Undagi go’zalliklarni ilg’aydilar, tasavvur qiladilar. Mustaqil mulohaza yuritib munosabat bildiradilar. Shu tariqa badiiy matnlarning mohiyatiga kirib so’zdan, tabiat tasviridan zavq oladilar. Bu zavq ularning ma’naviy kamolotiga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Uyga vazifa sifatida she’rni yod olishni topshirish mumkin. Sinfdagi chizishga qobiliyati bor bolalarga qish bilan bog’liq suratlar chizib kelishni torshirish ham o’rinli bo’ladi. Keyingi darsda suratkashlar chizganlarini o’rtoqlariga o’qib berishlarini talab qilish shart. Bu bilan o’qituvchi qobiliyat egalarini rag’batlantirgan bo’ladi.

Download 297.68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 297.68 Kb.