Mustaqil ishlarni o’quv maqsadlari asosida tashkil etishda o’quvchilarning fikr yuritish ko’nikmalarni rivojlantirish




Download 297.68 Kb.
bet10/19
Sana06.11.2022
Hajmi297.68 Kb.
#29235
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
БМИ
Newton, BMI-namuna 2022, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Bitiruv malakaviy ishi, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
Mustaqil ishlarni o’quv maqsadlari asosida tashkil etishda o’quvchilarning fikr yuritish ko’nikmalarni rivojlantirish


  1. Bilishga bo’lgan ehtiyoji, qiziqishi bilish jarayonining asosi sanaladi.

  2. SHaxsning bilishga bo’lgan ehtiyojini rivojlantirish - o’quvchilarning yangi axborotlarni, axborotlarni o’zlashtirish usullarini egallashga bo’lgan ehtiyojining ortishiga olib keladi.

  3. Bilishga bo’lgan ehtiyojning o’sib borishiga muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish bevosita va bilvosita tahsir ko’rsatadi.

  4. SHaxsning bilish faolligi va mustaqil tahsilining samaradorligini oshirishga imkon beradigan qulay ijtimoiy psixologik muxit yaratish asos qilib olindi.

Mustaqil ishni tashkil etishda o’qitish vositasi va axborot manbaini to’g’ri tanlash muhim o’rin tutadi.
Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarida o’quvchilarning mustaqil ishini quyidagi o’qitish vositalari va axborot manbalari asosda tashkil etish maqsadga muvofiq:

  1. Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatiga oid Prezident Farmonlari, asarla­ri, ta’lim sohasida qabul qilingan mehyoriy hujjat, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va ular asosida qonunlarning amaliyotga tatbiqi yuzasidan ishlab chiqilgan tavtsiyalar, mehyoriy hujjatlar;

  2. Darslik, qo’shimcha adabiyotlar, ommaviy axborot vositalarining manbalari;

  3. Didaktik va tarqatma materiallar;

  4. Tabiiy va tasviriy ko’rgazma vositalari:

  5. Ekran vositalari, kompyuter dasturlari, multimedialar;

  6. Internet tarmog’i materiallari;

Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlaridan mustaqil ishni tashkil etishda yuqorida qayd etilgan o’qitish vositalari va axborot manbalari va mustaqil ish shakllaridan o’z o’rnida samarali foydalanish, mazkur jarayonga keng ko’lamli yondashuv uning ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o’rni va afzalligi haqidagi tasavvurni kengaytiradi.
Mustaqil ishni maqsadga muvofiq tashkil etishda bo’lg’usi boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy faoliyatga yo’naltirishni loyihalashda tayanch o’quv rejadan o’rin olgan barcha kurslarning ulushi hisobga olinishi zarur.
Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarini o’qitishda dolzarb muammolaridan biri, o’quvchilarning mustaqil ishini tashkil etishda bo’lg’usi mutaxassis shaxsini shakllantirish maqsadida gumanitar va ijtimoiy, kasbiy, mutaxassislik va ixtisoslik fanlari bloklaridagi o’quv kurslarini o’quvchining kelgusida egallaydigan mutaxassisligini nazarda tutgan holda fanlarni o’qitishni muvofiqlashtirish, bu boradagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etishni loyihalashtirish, oliy ta’lim muassasalari tayanch o’quv rejasidan o’rin olgan barcha fanlarni o’qitishda ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashgulotlar bilan bir qatorda, mustaqil ishda ham kasbiy faoliyatga yo’naltirish va fanlararo bog’lanishlarni chuqurlash­ti­rish sanaladi.
O’qituvchilarning fanlardan tayyorgarlik darajasini orttirishda mustaqil ish muhim o’rin tutadi va mazkur jarayonning samarali tashkil etishda quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi:

  • ta’lim-tarbiya jarayonining barcha shakllarida, shu jumladan mustaqil ishda ham o’quvchilar tomonidan kelgusida amalga oshiradigan faoliyatga yetakchi o’rinni egallashi lozim.

  • fanlar­dan tashkil etiladigan mustaqil ishda o’quvchilarda kasbiy sifat va kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismlarini shakllanti­rish­ga e’tibor­ni qaratish, yuqori darajadagi pedagogik-psixologik tayyorgarlikka erishish orqali ilmiy-metodik tayyorgarlikka asos yaratish, ushbu jarayonda pedagogika va psixologiya fanlari bilan Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarining uzviyligini nazarda tutish;

  • fanlardan tashkil etiladigan mustaqil ishda kasbiy yo’naltirishni amalga oshirish va o’quvchilarning ilmiy-nazariy tayyorgarligini kasbiy tayyorgarlik bilan uyg’unlashtirish;

Mustaqil ish rejasi mazkur kursning o’quv dasturining mazmunan mantiqiy yo’nalishiga muvofiq holda induktiv yoki deduktiv mantiqiy yo’nalishga ega bo’lishi mumkin.
Induktiv mantiqiy yo’nalishga ega bo’lgan mustaqil ish rejasida o’quvchilarning mustaqil ishlash ko’nikmalarini egallaganlik darajasini hisobga olgan holda xususiy masalalardan umumiy muammolarni hal etishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Mustaqil ish rejasining induktiv mantiqiy yo’nalishga ega bo’lishining asosiy sababi, mutaxassislarni yetarli darajada kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni egallaganlik darajasini hisobga olgan holda, shuningdek, o’zlashtirilgan nazariy bilimlar bilan uzviyligini tahminlash hisoblanadi.
Mustaqil ta’limni tashkil qilishda quyidagi vositalardan foydalanish mumkin. Vositalar ro’yxatini belgilashda xar bir mavzu mazmuni maqsadini batafsil o’rganib taxlil qilib keyin belgilash lozim. O’quv rejada berilgan fanlarni o’zlashtirish uchun mahlum shart – sharoitlar, qo’llanmalar, usullar, vositalar tizimlari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilinmoqda.
Mustaqil ta’lim faqat ta’limni mazmunli tashkil etishdagina dolzarb bo’lmay balki, pedagogik ta’lim muassasalarida, pedagogik kadrlarni tayyorlashda ham muhimdir. Ta’limni insonparvarlashtirish, demokratiyalashtirish sharoitlarida insonning rivojlanishida eng asosiy yo’nalish o’quv tarbiyaviy jarayonga qaratilgan.
Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlaridan o’quvchilarning mustaqil ish topshiriqlari didaktik materiallar sirasiga mansub bo’lib, u quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

Download 297.68 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Download 297.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ishlarni o’quv maqsadlari asosida tashkil etishda o’quvchilarning fikr yuritish ko’nikmalarni rivojlantirish

Download 297.68 Kb.