II.BOB. O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKILLANTIRISH METODIKASINING




Download 297.68 Kb.
bet9/19
Sana06.11.2022
Hajmi297.68 Kb.
#29235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
БМИ
Newton, BMI-namuna 2022, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Bitiruv malakaviy ishi, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
II.BOB. O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKILLANTIRISH METODIKASINING O’QUV MATERIALI VA DIDAKTIK ISHLANMALAR
2.1 O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishning o’rni va zarurati

O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishda Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlaridan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, mustaqil ta’limni tashkil etishda o’quvchilarning mustaqil ishlarini maqsadga muvofiq tashkillashtirishga e’tibor qaratish zarur.


Mustaqillik - shaxs xarakterining xusutsiyatlaridan biri bo’lib, insonning tafakkur tizimida, turli ko’rinishdagi faoliyat va harakatlarida aks etadi. Mustaqillik tushunchasi inson oldida turgan vazifalarni hal etish yo’llari va vositalarini tanlashdagi mustaqil faoliyat to’g’risidagi tasavvuri bilan bog’liqdir.
Inson hayotining har bir bosqichida o’zining mustaqillik darajasi turlicha bo’ladi. Mazkur mustaqillik darajasi insonning rivojlanish sharoitlariga va zaruratga bog’liq holda yuqori yoki past bo’lishi mumkin.
Bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish - o’quvchi faoliyatining ta’lim muassasasidagi eng ajralib turadigan xusutsiyati, mustaqil o’qib bilim orttirish asosi hisoblanadi. Mustaqil o’qib bilim orttirish o’quvchilarning mustaqil tayyorgarlik ko’rishi demakdir.
O’qituvchi o’quvchilarning mustaqil ta’limini kasbiy-pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga yo’naltiriladi va rejalashtiriladi.
Bunda o’qituvchi o’quvchilar tomonidan erishilgan mustaqil ish natijalarini tahlil etib o’z kasbiy pedagogik faoliyatini loyihalaydi. Mustaqil ta’lim va ishning asosiy maqsadlaridan biri bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy pedagogik tayyorgarlik darajasi va kasbiy mahoratini orttirish, kelgusi pedagogik faoliyatida yuqori yutuqlarga erishishga zamin yaratish sanaladi.
Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasini o’qitishda ta’lim berish jarayoni nafaqat mahlum bir maqsadni amalga oshirish usuli, balki o’quvchi shaxsini har tomonlama kamol topishining shartlaridan biridir. SHuning uchun bo’lajak o’qituvchilar tabiatshunoslik fani asoslari, pedagogika, psixologiya, tarbiya nazariyasi va didaktikadan mahlum bir bilim va ko’nikmalarini chuqur va mustahkam o’zlashtirgan bo’lishlari zarur.
Mustaqil ta’lim va ishni samarali tashkil etish uchun mashg’ulotga tayyorgarlikni aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni tahminlovchi o’quv-tarbiyaviy faoliyat sifatida muhim tadbirlarni ishlab chiqish lozim.
O’qituvchi o’quvchilarni o’z bilim va malakalarini orttirish uchun aniq mazmundagi manbani mustaqil o’zlashtirishga yo’naltirishi, motivatsiyasini kuchaytirishi, o’quv muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishi, mazkur o’quv muammolarni hal etish imkonini beradigan amaliy faoliyatni maqsadga muvofiq tashkillashi orqali ko’zlangan natijaga erishishi mumkin.
O’quvchilarning mustaqil ishini maqsadga muvofiq tashkil etishda o’qituvchi quyidagilar:

  1. O’rganiladigan mavzuning mahlum bir qismini maqsadga yo’naltirilgan holda qiyinlik darajalari: reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy (kreativ) bo’lgan mustaqil ish topshiriqlarini tuzishi va ularni o’zida mujassamlashtirgan o’quvchilarning mustaqil ish daftarini shakllantirishi;

  2. O’quvchilarning intilishlari, qiziqishlarini e’tiborga olgan holda ularga individual va tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirishi;

  3. O’quvchilar bilan emotsional aloqa o’rnatish, ularning aqliy va axloqiy tomonlariga faol tahsir etish;

  4. O’qituvchi mustaqil ish topshiriqlarini shakllantirishda umumiy pedagogika, psixologiya, mehnat gigienasi va fiziologiyasining tabiiy fanlar bilan integratsiyasini amalga oshirishi;

  5. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish uchun o’z ustida ishlash tizimining eng samarali usullari, yo’llarini tanlab olishi kerak.

  6. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’z bilimlarini oshirish ishlari doimiy ijodiy izlanishlar maqsadiga yo’naltirilishi zarur.

Mustaqil ta’lim o’quvchilarda: shaxsiy, kasbiy, individual xusutsiyatlarni namoyon qilish; bilim, ko’nikma, malakalar negizida tayanch va fanga doir xususiy kompetentsiyalarni shakllantirish; ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga asos bo’ladi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlarning quyidagi turlari qayd qilingan: namunalar bo’yicha mustaqil ishlar; rekonstruktiv – variativ; evristik (qisman ijodiy); ijodiy tadqiqot.
«Mustaqil ta’limi» - tushunchasi pedagogik lug’atlarda - o’quv yurtidan tashqari, mustaqil ishlash tufayli egallanadigan ta’lim turidir, deb tahriflangan.
Mustaqil ta’lim bu bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’quv –bilish faoliyatini o’quv dasturidan o’rin olgan mavzular yuzasidan qo’shimcha bilim olishga yo’naltirish, mustaqil ish esa mustaqil ta’lim tarkibiga kirib o’rganilgan mavzu mazmunidagi bilim, ko’nikma, malakalarni odatiy, tanish, shuningdek, yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni egallash jarayoni sanaladi.
Bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish - o’quvchi faoliyatining o’quv yurtidagi eng ajralib turadigan xusutsiyatlari, mustaqil o’qib bilim orttirish asosi hisoblanadi. Mustaqil o’qib bilim orttirish o’quvchilarning mustaqil tayyorgarlik ko’rishi demakdir.
O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda mazkur jarayon o’qitish metodi, o’quv faoliyatning bir turi, o’qitish vositasi, o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish shakli sifatida namoyon bo’ladi. SHuningdek, o’quvchilarning mustaqil ishlari didaktik maqsadi, o’quvchilarning mustaqil faoliyatining darajasi, individual yoki guruhga mo’ljallanganligi, axborot manbai va bilim olish metodlari, shakli va bajarish o’rni bilan ham farqlanadi.
Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarida o’quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish, rivojlantirish va faollashtirishda quyidagilar:

Download 297.68 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Download 297.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB. O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKILLANTIRISH METODIKASINING

Download 297.68 Kb.