• 2.3 O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish metodikasini o’rganish yuzasidan nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko’rsatmalar
  • Mundarija kirish




    Download 297.68 Kb.
    bet15/19
    Sana06.11.2022
    Hajmi297.68 Kb.
    #29235
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    БМИ
    Newton, BMI-namuna 2022, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Bitiruv malakaviy ishi, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
    K ОTSEPTUAL JADVAL


    KОNSEPTUAL JADVAL



    Mustaqil fikrlash qobiliyati

    Mustaqil fikrlash qobiliyatining umumiy va farqli tоmоnlar

    O’quv materiallarini saralashda










    O’quv materialining joylanish tartibi










    o’quv materiallarini loyihalashda fanlararo uzviylikni ta’minlash












    2.3 O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish metodikasini o’rganish yuzasidan nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko’rsatmalar
    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlaridan tashkil etiladigan o’quv jarayoni shakllariga ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv anjumanlari, maslahatlar, ekskurtsiya, ekspeditsiya, o’quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs va diplom ishlari, o’quvchilarning mustaqil tahsili kiradi.
    Ma’ruza – u yoki bu ilmiy masala yoki muammoni to’g’ri, mantiqiy izchillikda va aniq izohlab berish sanaladi.
    Ma’ruza o’qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg’usi, ehtiqodi orqali o’quvchilar ichki dunyosi bilan muloqotda bo’lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda o’qitishning yo’naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalash funktsiyalarini ro’yobga chiqarishga yordam beradi.
    Ma’ruzaning yo’naltiruvchi funktsiyasida o’quvchilarning diqqati o’quv materialining asosiy qoidalari, uni o’rganishdagi hamda bo’lg’usi kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni o’zlashtirish metodlariga jalb qilinadi.
    Ma’ruzaning axborot berish funktsiyasi asosiy ilmiy faktlar, qoidalar, xulosalarning mohiyatini ochishda o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
    Ma’ruzaning metodologik funktsiyasini qo’llash tadqiqot metodlarini qiyoslash, chog’ishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi.
    Ma’ruzaning tarbiyaviy funktsiyasi ma’ruza jarayonida o’quvchi-yoshlarning ongi va qalbiga milliy g’oyani singdirish, o’quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini uyg’otish, qiziqishlarini o’stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlaridan tashkil etiladigan laboratoriya mashg’ulotlarida o’quvchilar mustaqil ravishda o’quv topshiriqlarini bajaradi, sinflar kesimida dars ishlanmalarini loyihalaydi, kuzatish va tajribalar o’tkazadi, o’quvchilar uchun test topshiriqlarini tuzadi, darslik va metodik qo’llanmalarni tahlil etadi.
    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlaridan laboratoriya mashg’ulotlari quyidagi didaktik tamoyillarga asosan tashkil etiladi:
    • mashg’ulotlarini uzviy ravishda maqsadga muvofiq rejalashtirish va o’tkazish;
    • mashg’ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
    • o’quvchilarda fan va ishlab chiqarish bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirishga qiziqish uyg’otish;
    • o’quvchida natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish imkoniyatini tahminlash;
    • o’quvchini kelgusi pedagogik faoliyatga nazariy va metodik jihatdan tayyorlash;
    • mashg’ulotlari nafaqat muayyan mavzu bo’yicha bilimlarni yakunlash, balki o’quvchilarni kelgusi pedagogik faoliyatga hurmat ruhida tarbiyalash manbai sanaladi.
    Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasidan tashkil etiladigan mashg’ulotlardagi o’qituvchining faoliyati pedagogik faoliyati sanalib, mazkur faoliyat ta’lim mazmunini o’quvchilar ongiga yetkazishga qaratilgan va mazkur mazmundan kelib chiqib o’qitish vositalari, metodlari va shakllaridan foydalaniladi.
    O’qituvchi tomonidan tavtsiya etilgan ta’lim mazmunini o’rganishga zamin tayyorlaydigan o’quvchilarning faoliyati ularning o’quv bilish faoliyati sanaladi.
    Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlash maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda ta’lim mazmuni saralanadi, u o’quv kursi namunaviy o’quv dasturida o’z ifodasini topgan.
    Bugungi kunda iqtisodiyot va jamiyatda ro’y berayotgan yangilanishlar boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlash jarayonini modernizatsiyalashni talab etmoqda.
    O’quv dasturidagi mazmunning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o’quv fanlari bo’yicha DTS belgilangan. SHu tariqa tayyorlanadigan kadrning o’zlashtirishi lozim bo’lgan ta’lim mazmuni belgilanadi.
    Didaktik adabiyotlarda oliy o’quv yurti ta’lim mazmuni 4 tarkibiy qismdan iborat bo’lishi aniqlangan:

    1. Bilimlar – g’oyalar, nazariyalar, qonuniyatlar, tushunchalar va h.k.

    2. Faoliyat usullari – ko’nikma va malakalar

    3. Ijodiy faoliyat tajribalari – mustaqil va ijodiy, mantiqiy, tahliliy tanqidiy fikr yuritish ko’nikmalari;

    4. Qadriyatlar tizimi;

    Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi o’quv dasturi va unga mos holda tayyorlanadigan darsliklarda yuqorida qayd etilgan ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari o’z ifodasini topishi lozim.
    Aksari hollarda tayyorlangan o’quv dasturi va darsliklarda yuqorida qayd etilgan ta’lim mazmunining tarkibiy qismlaridan faqat bilimlar o’z ifodasini topgan, qolganlari e’tibordan chetda qolgan.
    Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri, ta’lim mazmunining barcha tarkibiy qismlarini o’zida mujassamlashtirgan darsliklarni tayyorlash sanaladi.
    Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi darsligi ta’lim mazmunini to’liq qamrab olishi uchun avvalo, mazkur ta’lim mazmunining tarkibiy qismlarini o’quvchilarda tarkib toptirish bosqichlarini to’liq anglab olish zarur.
    O’quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun o’quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilishi lozim.
    SHuni qayd etish kerakki, o’quvchilar o’quv materialini sezgi organlari orqali to’liq qabul qilishi uchun didaktikada o’quv materialini saralash bo’yicha ishlab chiqilgan quyidagi printsiplarga amal qilish lozim:

    • G’oyaviy yo’naltirilganlik;

    • Ilmiylik;

    • Fundamentallik;

    • Tushunarlilik;

    • Tizimlilik;

    • Mantiqiy ketma ketlik;

    • Uzviylik;

    • Fanlararo bog’lanish;

    O’quvchilarda tasavvur hosil qilishi abstrakt tafakkurini rivojlantirish uchun didaktikada ishlab chiqilgan yuqorida qayd etilgan printsiplar bilan bir qatorda ko’rgazmalilik, nazariya va amaliyot birligi printsiplarga amal qilish lozim:
    O’rganilgan mahlumotlarni o’quvchilar yodda saqlashi va uni nazorat qilish uchun har bir mavzu yakunida xulosa chiqarish va o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish uchun savol topshiriqlar, mashq masalalar berilishi lozim.
    Bilimlarni shakllantirishning keyingi bosqichlarini amalga oshirish uchun o’zlashtirilgan bilimlarni tanish odatiy, kutilmagan yangi vaziyatlarda qo’llash uchun muammoli tarzda savol topshiriqlar, mashq masalalar ishlab chiqilishi lozim.
    O’quvchilarda ta’lim mazmunining ikkinchi tarkibiy qismi bo’lgan faoliyat usullari – ko’nikmalarni tarkib toptirish, uni malaka darajasiga yetkazish uchun amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun topshiriqlar, ularni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar berilishi maqsadga muvofiq.
    Ko’nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlash, mazkur ish usullarini bajarish, takror bajarish, amalda qo’llanishiga e’tibor qaratish lozim. Mazkur bosqichlarga to’liq amal qilingandagina ko’nikmalar malakaga aylanishini yodda tutish zarur.
    Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi ijodiy faoliyat tajribalarini tarkib toptirish uchun ta’lim tarbiya jarayoniga muammoli ta’lim texnologiyasi asosida muammoli tarzdagi savol topshiriqlar, mashq masalalar ishlab chiqilishi, unda o’quvchilar tomonidan mantiqiy operatsiyalarni mustaqil bajarilishi nazarda tutilishi lozim.
    SHuni qayd etish lozimki, o’quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning bosqichlariga to’liq amal qilingandagina ko’zlangan natijani olish mumkin.
    Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi darsligida ta’lim mazmunining barcha tarkibiy qismlari o’z ifodasini topishi lozim.
    Ta’lim mazmunining to’rtinchi tarkibiy qismi qadriyatlar tizimini tarkib toptirish bosqichlaridan avval qadriyatlarga aniqlik kiritish lozim.
    Milliy istiqlol g’oyasi uzluksiz ta’lim tizimi, shu jumladan, oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladigan barcha o’quv fanlarining metodologik, ilmiy nazariy, konseptual asoslarini tashkil etishini e’tiborga olgan holda, ta’lim mazmuniga mazkur mafkuraning bosh va asosiy g’oyalarini singdirish zarur.
    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarida ushbu masalani ijobiy hal etish, mazkur kursdan tashkil etiladigan ta’lim tarbiya jarayonining barcha shakllari: ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg’ulotlar mazmuni o’quvchilarni Vatan ravnaqi, xalq farovonligiga hissa qo’shish, yurt tinchligini saqlash, o’z o’zini rivojlantirish orqali komillikka intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usi orqali jamiyatimizdagi turli millat vakillari bilan millatlararo totuvlik va ijtimoiy hamkorlikka kirishish, din tarixini o’rganish orqali bag’ri kenglikka ega bo’lish, bilimli, yuqori malakali kasb hunarli bo’lish orqali jamiyatda o’z o’rnini topishi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga o’z hissasini qo’shishga safarbar etishi zarur.
    SHu o’rinda “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida qayd etilgan O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g’oyasi bosh qomusimiz bo’lgan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”, demokratiya tamoyillari, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanishini nazarda tutish zarur;
    Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi uchun tayyorlanadigan darsliklarda insoniyat tarixini rivojlanishi, buyuk allomalarimizning boy ilmiy va mahnaviy merosi jahon sivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi, bugungi kunda Respublikamizda g’oyaviy - siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy, mahnaviy - mahrifiy jabhalarda olib borilayotgan ishlar va Vatandosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini mazmunga bog’liq holda yoritish maqsadga muvofiq.
    Yuqorida qayd etilgan ta’lim mazmuni oliy ta’limning Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi darsligida o’z aksini topgandagina u quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
    Ta’lim berish - darslikning asosiy funktsiyasi o’quvchilarga bilim berish sanaladi. Darslikning mazkur funktsiyasi o’quv dasturi bilan belgilangan mazmunni to’liq qamrab olgan holda maqsadga muvofiq bajariladi.
    Muvofiqlashtirish - darsliklarda o’quv materiallarini loyihalash jarayonida boshqa o’quv qo’llanmalarda taqdim etilgan materiallarni o’rganish, ular bilan o’zaro uzviylikda mazmunni o’zida to’laqonli mujassamlashtirishga zamin yaratadi. Muvofiqlashtirish o’qituvchidan ta’limni tashkil etishda individual yondoshuvga erishish, fanlararo bog’lanishni gorizontal, vertikal, davriy, sinxron va asinxron ravishda amalga oshirish asosida axborotlar majmui va o’zlashtirilgan o’quv materiallarini chuqurlashtirish, o’quvchilar tomonidan avval o’zlatirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi, shuningdek kutilmagan vaziyatlarda qo’llay olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    Tizimlashtirish - o’quv fani mazmunini tashkil etgan o’quv materiallarini qathiy ketma ketlik va izchillikda bayon etilishini tahminlaydi. Darslik o’quv materiali ilmiy tizimlashtirish metod va uslublari asosida loyihalanishi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni kengaytirish barobarida ularni bilimlar bilan puxta qurollantirish, shuningdek, ijtimoiy borliq mohiyatini yaxlit (tabiat inson jamiyat) holda anglashga sharoit yaratadi.
    Axborotni uzatish - ta’lim jarayonida beriladigan o’quv materiallarining majburiy hajmi (DTS va o’quv dasturiga muvofiq) va o’quv faoliyati turini aniqlashga imkon beradi. O’quv kurslari bo’yicha yaratilgan darsliklar o’quv materiallarini loyihalashda jamiyat, tabiat, shuningdek, ijtimoiy hayot, xalq xo’jaligining turli jabhalarida ro’y berayotgan turli voqea hodisa va jarayonlar rivojini izohlash, ularning mohiyatini aniq dalillar bilan ochib berish, o’quvchilarning tabiat va jamiyat borasidagi tasavvurlarini kengaytirish imkoniyatlarining yaratilishiga alohida e’tibor qaratishni talab etiladi.
    Izchillik - darsliklar o’quv materiallarini didaktik va xususiy tamoyillar asosida loyihalangan sharoitda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda fan mazmuniga oid bilimlarning puxta o’zlashtirilishini tahminlaydi (o’quvchilar imkoniyatlarini hisobga olgan holda). Ushbu jarayonda o’quvchilar o’quv faoliyatining evristik va ijodiy shakllarini birgalikda qo’llash va o’quvchilar faolligini oshirish alohida ahamiyatga ega.
    O’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va o’z-o’zini nazorat qilish malakalarini shakllantirish - o’qituvchi boshchiligida o’quvchilar faoliyatining turli ko’rinishlarida o’zlashtirilgan o’quv materiallarini mustahkamlash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar, mavjud bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish, o’quvchilarning darslik bilan erkin muloqotini tahminlash, darslik vositasida (savol, topshiriqlar va mustaqil ishlar yordamida) o’z o’zini nazorat qilish uchun zarur bo’lgan sharoitni yuzaga keltiradi.
    Mustaqil ta’lim berish - o’quvchilarning o’quv materiallari asosida mustaqil ta’lim olishga bo’lgan mayl, ehtiyoj va qiziqishlarni yuzaga keltirish, mustahkamlash borasidagi talablarning to’laqonli bajarilishiga imkon yaratadi.
    Mujassamlashtirish - o’quvchilar faoliyatining turli yo’nalishlarida fanlarga oid turli manbalardan olingan bilimlarni yaxlit holda o’zlashtirish hamda ularni bir birlari bilan o’zaro bog’lash uchun sharoit yaratadi.
    Rivojlantirish va tarbiyalash - o’quv materiallari asosida o’quvchilarning kelgusida egallaydigan kasbi uchun zarur kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilishni nazarda tutadi
    O’quv fanining mazmuni bevosita o’quv materiallarini loyihalashga bog’liq bo’ladi.
    O’quv materiallarini saralashda har qaysi darslik uchun tadrijiy ravishda murakkablashib boruvchi hamda o’quv fani mundarijasi mohiyatini izchillik bilan ochib beruvchi o’rtacha mehyordagi materiallarni tanlash juda muhim sanaladi. Darsliklarga kiritilgan mahlumotlar haddan tashqari qiyin va murakkab bo’lsa, o’quvchilar ularni mexanik tarzda yod olishga harakat qiladilar. Mavzular bo’yicha o’quv dasturlariga birinchi marta kiritiladigan o’quv materiallarini maqsadga muvofiq sinchiklab o’rganish asosida saralash lozim
    O’quv fanlariga oid darsliklarda o’z ifodasini topuvchi o’quv materiallari quyidagi didaktik talablar asosida tanlanadi:
    1. O’quv materiallari zamonaviy fan yutuqlarini ifoda etishi;
    2. O’quv materiali sifatida beriladigan nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar darajasining har tomonlama tajriba asosida aniqlanganligi.
    3. O’quv fanlari bo’yicha yaratilgan darsliklarda beriladigan o’quv materiallarining mazmuni o’quvchilarga yuqori saviyada bilim berish, ularning bilimlarini rivojlantirish, chuqurlashtirish hamda kengaytirib borishga xizmat qilishi zarur.
    4. O’quv materiallarining mazmuni fan rivoji va uning yutuqlari mohiyatini ochib berishi lozim. CHunonchi, fanlarining rivojlanish tarixi, bugungi ahvoli, o’quv kursi muammolarining o’rganilish darajasi, fan sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan muvaffaqiyat o’z aksini topishi zarur.
    O’quv materiallari o’quvchilarga quyidagi asosda berilishi lozim:
    1. Mustaqil fikrlash qobiliyatini muntazam rivojlantirib borishga xizmat qiladigan;
    2. Fan o’rganadigan nazariya, qonunlarning izchilligini tahminlab, aniq dalillar bilan ifodalanadigan, shuningdek, o’quvchilar tomonidan ishonch hosil qilinishi uchun sharoit yaratadigan;
    3. O’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash asosida amaliy ko’nikma va malakalarning hosil qiladigan;
    4. Amaliy ishlar o’zlashtirilgan nazariy bilimlar mohiyatiga tayanilgan holda tanlanadigan bo’lishi zarur.
    O’quv materialining joylanish tartibi o’quv dasturida qay darajada maqsadga muvofiq bayon etilgan bo’lsa, darsliklar mundarijasidan joy olgan mavzular mantiqiy jihatdan shu darajada izchil tartibda joylashtiriladi. O’quv materiallarini joylashtirishda tarixiylik, izchillik, ketma - ketlik hamda tizimlilik tamoyillariga amal qilinishi maqsadga muvofiq.
    o’quv materiallarini loyihalashda fanlararo uzviylikni tahminlash asosida loyihalash quyidagi aqliy faoliyat usullari yordamida amalga oshiriladi: bilish®tushunish®amalda qo’llash® sintez® tahlil® xulosalash, tizimlashtirish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish, dalillardan xulosalarga va xulosalardan yangi dalillarga o’tish, u yoki bu hodisalarni induktsiya yoki deduktsiya yo’li bilan o’rganish va hokazolar.
    Darslikdagi o’quv materiallari mazmuni ushbu fanining ta’lim jarayonida amalga oshiruvchi vazifalari bilan belgilanadi. SHuningdek, darsliklar o’quv materiallari mazmunini loyihalash tizimli yoki tizimsiz ravishda amalga oshirilishi mumkin.
    Agar o’quv materiallarini tashkil etgan elementlar orasidagi munosabatlar va ularning mohiyati aniqlangan bo’lsa, u holda ular mantiqiy tizimlilik asosida ifodalangan bo’ladi. Ushbu o’rinda quyidagi munosabatlar nazarda tutiladi: obektlar o’rtasida o’zaro munosabatlarning kelib chiqishi, uning sabablari, muvofiqligi, qarama-qarshilik, o’xshashlik va farqlarni aniqlash talab etiladi.
    Jahonning rivojlangan mamlakatlarida oliy ta’lim muassasalari uchun chop etilgan darsliklarning aksari hollarda o’quv materiallarini loyihalash quyidagi tiplarda amalga oshirilganligini ko’rsatdi:

    1. O’quv materialini chiziqli loyihalash – bunda muayyan o’quv fani mazmunini tashkil qilgan o’quv materiallarning elementlari orasidagi munosabatlar yagona mantiqiy asosga ega bo’ladi. Mazkur loyihalashda tushunchalar bir marta yoritiladi. Bunday tizimlashtirish ko’pincha oliy ta’lim muassasalari uchun mo’ljallangan darsliklarda qo’llanadi.

    2. O’quv materialini konsentrik loyihalash – bunday loyihalashda tushunchalar asos qilib olinadi. Har bir bobda tushunchalar qayta-qayta yangi mazmunda va ko’rinishda murojaat etiladi. Ushbu loyihalash asosan fundamental o’quv fanlari darsliklarida qo’llanilgan. Bunday darsliklar o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar bilan bir qatorda ijodiy faoliyat tajribalarini tarkib toptirishda ayniqsa qo’l keladi.

    3. O’quv materialini spiral tarzda loyihalash – bunday loyihalashda tushunchalarga muntazam va izchillikda ularning o’rtasidagi uzviylik va aloqadorlik nuqtai nazaridan tushunchalar yoritiladi. Bunday loyihalash ishlab chiqarishning texnologik asoslarini yoritishda foydalanish tavtsiya etiladi.

    4. O’quv materialini modulli loyihalash – bunday loyihalashda o’quv materiallari mantiqiy tugallangan modul (blok, qism)larga ajratiladi. Moduldan o’rin olgan tushunchalarning mantiqiy yo’nalishi e’tiborga olingan holda induktiv yoki deduktiv tarzda loyihalanadi.

    Shuni qayd etish kerakki, o’quv materialini modulli loyihalash yuqorida tahkidlangan o’quv materiallarini chiziqli, spiral va konsentrik loyihalashni o’z ichida mujassamlashtiradi.
    Jahonning rivojlangan mamlakatlari, jumladan, Rostsiyada oliy ta’lim uchun chop etilayotgan darsliklarda o’quv material­lar modulli loyihalangan.
    Respublikamizda ham didakt olimlar tomonidan tayyorlangan darsliklarda ham modulli loyihalanganligi, ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish yuzasidan yetarli tajribalar to’planganligi mahlum.
    Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi mazmunini modulli loyihalashda mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar asosida o’quvchilar oldiga o’quv maqsadlari qo’yiladi.
    O’quv materiallari mantiqiy tugallangan fikrli modullar (blok, qism)ga ajratiladi.
    Darslikda har bir modul uchun o’quv maqsadlari modulning xususiy didaktik maqsadi shaklida beriladi, o’quvchi modul mazmunini tashkil etgan o’quv materiallari bilan tanishish jarayonida berilgan reproduktiv xarakterdagi topshiriqlarga javob topadi, mantiqiy va ijodiy topshiriqlar yuzasidan aqliy hujumda ishtirok etish uchun fikrlarini jamlaydi.

    Download 297.68 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 297.68 Kb.