• XULOSA VA TAVSIYALAR
  • Mustаqil ta’limni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar




    Download 297.68 Kb.
    bet16/19
    Sana06.11.2022
    Hajmi297.68 Kb.
    #29235
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    БМИ
    Newton, BMI-namuna 2022, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Bitiruv malakaviy ishi, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
    Mustаqil ta’limni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar
    O’quvchi mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

    • darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;

    • tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;

    • Ma’ruza material boyicha misol va masala yechish,

    • avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

    • maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

    • masofaviy ta’lim.

    O’quvchiga mustaqil ishlarning mavzulari beriladi, bu mavzular bo’yicha egallanishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko’rsatilgan muddatda Ma’ruza material konspekti, referati ko’riladi, test yoki savol-javob o’tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko’rsatiladi va o’xshash misollar yordamida tekshiriladi.

    XULOSA VA TAVSIYALAR
    1. Zamonaviy sharoitda ta'lim va tarbiya jarayonlarining sifatli, samarali tashkil etilishi ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Mazkur zaruriyatning qondirilishi pedagoglarning yuqori darajada kasbiy kompetentlik, mahorat va malakalarga ega bo‘lishlarini taqozo etadi.
    2. Pedagoglarning ta'lim jarayoniga kreativ yondashuvlari o’quvchilarda ta'lim olishga bo‘lgan qiziqishni yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish faoliyatlarini faollashtirishga yordam beradi. Qolaversa, o’quvchilarning mutaxassis sifatida kreativ sifat, ijodkorlik ko‘nikma, malakalarini faol o‘zlashtirishlari uchun zarur sharoitni yaratadi.
    3. O’quchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish sifatlari va ijodiy faoliyat ko‘rsatish malakalarini samarali shakllantirishga xizmat qiladi.
    4. Bugungi kunda pedagogik jarayonda qo‘llanilayotgan ta'lim texnologiyalari orasida rivojlantiruvchi ta'lim ham o‘z o‘rniga ega. Ushbu ta'lim va uni tashkil etishda qo‘llaniladigan texnologiyalar shaxs qobiliyatlarini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.
    5. Rivojlantiruvchi ta'limni tashkil etish jarayonida treninglar; ijodiy topshiriqlar; keyslar; testlar, boshqotirmalar, mantiqiy masalalar, maxsus mashqlar, tez aytishlar, topishmoqlar, krossvordlar, rebuslar, skanvordlar, chaynvordlar, loyihalar, bellashuvlar, didaktik o‘yinlar, “Zakovat” o‘yini, lego o‘yinlari, mozaikalar, stol o‘yinlari (“Birja”, “Bank”, “Monopoliya” va b.), konstruksiyalar kabi texnologiyalardan keng foydalaniladi.
    6. O‘qitish jarayonida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarning maqsadga muvofiq, o‘rinli, samarali tanlay olish rivojlantiruvchi ta'limning muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta'minlaydi.
    Ushbu xulosalarga tayangan holda “O’quchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish metoodikasi”ni o‘qitishda rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarini qo‘llashda samaradorlikka erishishga xizmat qiladigan quyidagi amaliy tavsiyalar ilgari surish mumkin:
    - pedagogik turkum fanlar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka erishish orqali ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalaridan maqsadli, izchil foydalanishga e'tibor qaratish;
    - turli shakl (konferensiya, ilmiy seminar, uchrashuv, davra suhbati, trening ko‘rinishi)dagi anjumanlarni izchil tashkil etish orqali respublika pedagoglari o‘rtasida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari va ularni qo‘llash borasidagi tajribalarni ommalashtirib borish;
    - malaka oshirish tizimida har bir o‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonida rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalaridan maqsadli foydalanish malakalarining takomillashib borishiga erishish.


    Download 297.68 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 297.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustаqil ta’limni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar

    Download 297.68 Kb.