• 3. Amaliy ishni yakunlash.
  • Taqdimоtni bahоlash mezоnlari va ko`rsatkichlari
  • Ma’lumоtni aniq va to`liq yetkazilishi Taqdimоtni rasmiylashtirilishi Misоllar bilan tushuntirilishi
  • O’QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH JARAYONI BOSQICHLARI
  • III. Yakuniy bоsqich(10min)




    Download 297.68 Kb.
    bet14/19
    Sana06.11.2022
    Hajmi297.68 Kb.
    #29235
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    БМИ
    Newton, BMI-namuna 2022, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Bitiruv malakaviy ishi, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
    III. Yakuniy bоsqich(10min)





    Faоliyat mazmuni

    trenerning

    tinglоvchining

    3. Amaliy ishni yakunlash.
    Amaliy mashg`ulоt mavzusi bo`yicha yakun yasaydi:

    • Amaliy ish yuzasidan savоllarga javоb beradi;

    • Guruhlar ish natijasini tahlil qiladi;

    • Guruhlarning faоlligini bahоlaydi;

    • Mustaqil ish yuzasidan maslahatlar beradi.

    • 0 bilan beriladigan barcha misоllarni yozib оling. (esse texnikasi asоsida tushuntiring)

    Savоllar beradilar.

    Tinglaydilar.





    Taqdimоtni bahоlash mezоnlari va ko`rsatkichlari

    Guruhlar



    Bahоlash ko`rsatkichlari va mezоnlari

    Ma’lumоtni aniq va to`liq yetkazilishi

    Taqdimоtni rasmiylashtirilishi

    Misоllar bilan tushuntirilishi

    Jami

    1,0

    0,5

    0,5

    2

    1













    2













    3













    Quyida tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasidan o’quvchilarning mustaqil ta’limi va ishining tashkil etish jarayonining modeli, metodik tizimi va bosqichlari jadval tarzida berilmoqda.





    T/r

    Metodik tizimning tarkibiy qismlari

    Mazkur tarkibiy qismning o’ziga xos xusutsiyatlari

    1.

    Metodologik asos

    Xalqaro baholash tizimi printsiplari

    2.

    Ta’lim-tarbiya jarayonining paradigmasi

    O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan individual, tabaqalashtirilgan ta’lim, kompetentsiyaviy yondashuv

    3

    Identiv maqsadlar

    O’quvchilarning mustaqil ishlari topshiriqlari o’quv maqsadlarini Blum taksonomiyasiga shakllantirish

    4

    Didaktik printsiplar

    Ilmiylik, nazariya va amaliyot birligi, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, uzviylik, izchillik

    5

    Ta’lim mazmuni

    “Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlari” o’quv fani mazmunidagi bilim, ko’nikma, malaka, tayanch va biologik kompetentsiyalar

    6

    O’qitish vositalari

    Tabiiy-tasviriy, verbal ko’rgazma vositalari, gipermedial ta’lim va axborot dasturlari

    7.

    O’qitish metodlari

    reproduktiv, muammoli –izlanish, mantiqiy, mustaqil ish, o’z-o’zini nazorat qilish va baholash metodlari

    8.

    O’qitish shakllari

    Dars, ekskurtsiya, laboratoriya ishi, amaliy ish, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar

    9.

    Innovasion texnologiyalar

    muammoli ta’lim, kichik guruhlarda ishlash, hamkorlikda o’qitish va loyihalash texnologiyalari

    10.

    Nazorat va o’z-o’zini nazorat

    Mustaqil ishning standart va nostandart o’quv va mustaqil ish topshiriqlari



    O’QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH JARAYONI BOSQICHLARI

    Bosqich

    Mustaqil ish topshiriqlari

    Blum taksonomiyasi bo’yicha kutiladigan natija

    1-BOSQICH

    Reproduktiv darajadagi o’quv materi­a­li qayta ishlanmasdan, shaxsning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, tabiiy fanlar qonunlari, hodisa, jarayon, tushuncha va atamalarning mohiyatini bilish;

    Bilish va tushunish o’quv maqsadlariga erishish;

    2-BOSQICH

    Produktiv darajadagi o’rganilgan tabiiy obektlarni tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, qiyoslash, bir nechta qonun va qonuniyatlarni bir vaqtda qo’llab, umumlashtirish orqali xulosa yasash;

    Bilish, tushunish, amalda qo’llash, o’quv maqsadiga erishish;

    3-BOSQICH

    Qisman izlanishli darajadagi avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llash, obektlarni tahlil qilish, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, qonun va qonuniyatlarni qo’llab, umumlashtirish orqali ijodiy faoliyatga yo’naltirish;

    Bilish, tushunish, amalda qo’llash, tahlil va sintez o’quv maqsadlariga erishish;

    4-BOSQICH

    Ijodiy (kreativ) darajadagi avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni kutilmagan vaziyatlarda vujudga keltirilgan o’quv muammolarni hal etishda ijodiy qo’llash, aqliy (tahlil, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, umumlashtirish, xulosa yasash) va mantiqiy (induktsiya, deduktsiya, bosh muammoni ajrata olish) operatsiyalarni bajarish;

    Bilish, tushunish, amalda qo’llash, tahlil, sintez va xulosalash o’quv maqsadlariga erishish;

    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarini o’qitishda o’quvchilar bilish faoliyatining tarkibiy qismlaridan biri mustaqil ish faoliyati bo’lib, Blum taksonomiyasi o’quv maqsadlariga muvofiq holda quyidagi guruhlarga ajratiladi:



    1. Tabiiy tushuncha va qonuniyatlarni bilishga mo’ljallangan mustaqil ishlar;

    2. Tabiiy jarayon va hodisalarni tushunishga mo’ljallangan mustaqil ishlar;

    3. O’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni amalda qo’llashga mo’ljallangan mustaqil ishlar;

    4. O’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni takrorlash va mustahkamlashga mo’ljallangan mustaqil ishlar;

    5. Tabiiy tushuncha va qonuniyatlar asosida jarayon va hodisalarni tahlil etishga mo’ljallangan mustaqil ishlar;

    6. Tabiiy tushuncha va qonuniyatlar asosida jarayon va hodisalarni sintezlashga mo’ljallangan mustaqil ishlar;

    7. O’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy qo’llashga mo’ljallangan mustaqil ishlar;

    8. O’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashga mo’ljallangan mustaqil ishlar;

    9. Muammoli vaziyatni ijodiy hal etishga mo’ljallangan mustaqil ishlar;

    10. Majmuali mustaqil ishlar;

    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlaridan o’quvchilarning mustaqil ishini tashkil etishda amaliy metodlar muhim o’rin tutadi. O’quvchilarning o’zlashtirgan nazariy bilimla­rini amaliyotda qo’llash, o’quv va mehnat, ko’nikma hamda malakalarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish, hayotga tayyorlash, kasbga yo’llash imkonini beradi. Ushbu metod ta’lim-tarbiya jarayonida ko’rgazmali, muammoli, og’zaki metodlar bilan uyg’unlashgan holda qo’llaniladi. O’quvchi­lar tomonidan bajariladigan amaliy ishlar bilim manbai bo’lib xizmat qiladi. Buning uchun o’kituvchi amaliy ishlarning maqsadini aniqlashi, maqsadga erishish uchun zarur bo’ladigan ko’rgazmali vositalarni tanlashi, o’quv topshiriqlarini aniq tuzishi lozim. Amaliy ishlarni bajarish uchun beriladigan o’quv topshiriqlari mazmunan aniq, ixcham, tushunarli va maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur.


    Bu metodlar guruhiga Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarida o’quvchilarning mustaqil ishini tabiiy obektlarni tanib olish va aniqlash, kuza­tish, fanlarga oid tajribalarni tashkil etish va o’tkazish kabi metodlar kirib, ular mos holda, obektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish va tajribalar o’tkazish, o’quvchilarga amaliy ishning borishini bayon qilish, amaliy ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish, topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish, o’z-o’zini nazorat qilish, amaliy ish, kuzatish va tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan iborat bo’ladi.
    Mazkur metodi faqat mashg’ulotlardagina emas, balki auditoriyadan tashqari ishlar va ekskurtsiyalarda ham keng qo’llaniladi.
    Kuzatish metodi – bu tirik organizmlar va ramziy olingan modellarda boradigan jarayonlar va tabiat jismlarida sodir bo’ladigan hodisalarni o’quvchilarning maqsadga muvofiq holda idrok etishi hisoblanadi. Bu metodda o’quvchilarning kuzatishi bo’yicha to’plangan mahlumotlari bilim manbai sanaladi. Kuzatish metodidan ta’lim-tarbiya jarayonining barcha shakllarida foydalani­la­di. Kuzatish metodidan mashg’ulot jarayonida foydalanilganda o’quvchilar mashg’ulot mazmuniga oid ko’rgazma vositalarini mustaqil kuzatadilar, natijada kuzatish obektlaridagi o’ziga xos xusutsiyatlarni isbotlovchi dalillarga ega bo’ladilar. Bunday kuzatish qisqa muddatli bo’lib, mahlum bir maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi.
    Tajribalarni o’tkazish metodi – o’z ichiga tajriba o’tkazish uchun obektlarni tanish va aniqlash, kuzatishlarni qamrab oladi, lekin mazmu­ni jihatdan ulardan farq qiladi. Tajribalarni o’tkazish o’quvchilarni o’rganilayotgan jarayon yoki hodisaning mohiyatini anglash, ular o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini tushunish, qonuniyatlarni «qayta kashf» etilishiga imkon beradi. Tajriba natijalarini umumlashtirish, xulosa yasash, uni rasmiylashtirish o’quvchilarda tadqiqotchilikni rivojlantiradi. Tajribalar mashg’ulotda, auditoriyadan tashqari ishlarda, va o’quv tajriba maydonchasida o’tkazilishi mumkin. Tajribalar ham davomiyligiga qarab, qisqa va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
    Mazkur metodning samaradorligi o’qituvchi tomonidan o’tkaziladigan tajribalarning muayyan tizimda tashkil etishi, tajriba mavzulari, maqsadini aniqlashi, har bir tajriba uchun aniq ko’rsatmalar, o’quv topshiriqlari tayyorlashi, o’quvchilarni tajriba o’tkaziladigan obektlar, kerakli asbob va jihozlar bilan tahminlashi, tajriba o’tkazadigan o’quvchilarning faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish, olingan natijalardan mashg’ulotda o’z o’rnida foydalanishiga bog’liq.
    Ta’lim-tarbiya jarayonida amaliy metodlardan kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishda keng foydalaniladi. Bu metod o’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilimlari, kuzatish va jismoniy mehnat ko’nikmalarini qamrab olib, o’quvchilarni qishloq xo’jaligi mehnati asoslarini egallash va kasbga yo’llash, ekologik va iqtisodiy tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Mahlumki, respublikamizda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi bugungi kun o’quvchilariga javob beradigan har tomonlama rivojlangan, yuksak kasb-hunar madaniyatiga ega kadrlarni tayyorlashni talab etadi.
    Yuqoridagi talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash uchun Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarini o’qitishda o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayoni o’z navbatida o’qitishning interfaol metodlarini talab etadi. Interfaol metodlar deyilganda muammoli izlanish, mantiqiy, mustaqil ishlash, o’qitishda o’quvchilarning faoliyatini rag’batlantirish va asoslash hamda nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlari tushuniladi.
    Interfaol inglizcha interakt so’zidan olingan bo’lib, inter- hamkorlikda akt- harakat qilmoq mahnosini bildiradi.
    Interfaollik deganda, o’quvchining o’quvchi, shuningdek mashg’ulotdan ko’zda tutilgan didaktik maqsadlarga erishish uchun o’qituvchi bilan hamkorlikda yoki kompyu­ter bilan muloqoti o’zaro tahsir ko’rsatish rejimida ishlashi tushuniladi.
    Interfaol o’qitish – bu avvalo dialog tarzda o’qitish, muloqot jarayoni­da barcha ishtirokchilar tomonidan hamkorlikda muammolarni hal etilishidir. Interfaol o’qitishning asosiy mohiyati – ta’lim-tarbiya jarayonida barcha o’quvchilar o’quv-bilish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi, ular muhokama etilayotgan muammolarni, voqea va hodisalarning rivojini tushunadi, muammoli vaziyatlarni anglaydi, uni hal etish yo’llarini izlab, eng maqbul variantni tavtsiya etadi.
    O’quv materialini o’rganish, muammoni hal etish bo’yicha turli variant­dagi yechimni tavtsiya etishga asoslangan bilish jarayonida o’quvchilarning hamkorligi har bir o’quvchiga, guruh muvaffaqiyati uchun o’z ulushini qo’shishga, ular o’rtasida fikr, axborot va tajriba almashinuviga zamin tayyorlaydi. Ushbu hamkorlik samimiy, qulay ijtimoiy psixologik, o’zaro yordam muhitida sodir bo’lganligi uchun, o’quvchilar nafaqat yangi bilimlarni o’zlashtiradilar, balki o’zining bilish faoliyatlarini rivojlantiradi, uni yuqori darajaga ko’tarib, hamkorlikka kirishishga imkon beradi.
    Ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol usullarni qo’llash jarayonida o’quvchilar­ning o’zaro muloqotga kirishishini tashkil etish va boshqarishni taqoza etadi, bunda o’quvchilar hamkorlikda izlanib umumiy, shu bilan bir qatorda har bir o’quvchi uchun ahamiyatga molik bo’lgan muammoni hal etishga kirishib ular o’rtasida bir-birini tushunish, hamkorlikda ishlash va hamjihatlik vujudga keladi.
    Interfaol usullardan foydalanilgan mashg’ulotlarda bitta o’quvchining ustunlik qilishi, uning o’z fikrini o’tkazishiga yo’l qo’yilmaydi.
    Interfaol usullar qo’llanilganida o’quvchilar tanqidiy fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatni tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarni hal etish, o’rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish ko’nikmalarini egallaydi.
    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarini o’qitishda interfaol metodlarining quyidagi xusutsiyatlari:

    • O’qitish jarayonining barcha bosqichlarida insonning muhim hayotiy ehtiyoji bo’lgan muloqot qo’llaniladi.

    • Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarga o’z kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etishga teng imkoniyatlar beriladi.

    • O’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashida ijtimoiy-psixologik jihatdan qulay muhit yaratilib, muloqotda bosqichma-bosqich va samarali ishtirok etishga zamin tayyorlanadi.

    • O’quvchilar muloqotda faol ishtirok etishlari uchun faqat eshitishlari yetarli emas, balki eshitganlarini tahlil qilish, fikr yuritish, fikrlarning asosli va tushunarli bo’lishiga erishish lozimligini anglaydilar.

    • O’quvchilar bilan hamkorlikda, kichik guruhlarda ishlashi orqali qo’yilgan vazifalarni talab darajasida bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish, ularning to’g’riligini tekshirib ko’rish, taqdim etish va boshqa guruhlar tomonidan ehtirof etishlari namoyon bo’ladi.

    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlaridan tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalaniladigan faol metodlar guruhiga o’qi­tish­ning muammoli-izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari, o’quvchilar faoliyatini rag’batlantirish va asoslash metodlari, nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari kiradi.
    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarini o’qitishda faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o’quvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida obekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko’nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol o’quv bilish faoliyatini taqozo etadi.
    SHu sababli, ta’lim-tarbiya jarayonida o’qitishning reproduktiv metodlari bo’lgan og’zaki bayon, ko’rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o’qituvchi mazkur metodlarning o’ziga xos xusu­tsiyatlari, ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni to’g’ri anglashi va o’z o’rnida samarali foydalanish ko’nikmalarini egallagan bo’lishi lozim.
    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarini o’qitishda muammoli izlanish metodlari mashg’ulot davomida izchil va maqsadga yo’nal­tirilgan holda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o’quvchilar avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini yangi vaziyatlarda qo’llashi orqali o’quv materialini faol o’zlashtirishiga xizmat qiladi. Bu metodlar guruhi o’quvchilarning aqliy rivojlanishi, ijodiy va mustaqil fikr yuri­tish ko’nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va undan chiqishning eng maqbul yo’lini topishi, mo’ljalni to’g’ri olishiga zamin tayyorlaydi.
    Mazkur metod guruhiga mansub muammoli-izlanish xarakteridagi suhbat metodidan foydalanganda, avval muammoli vaziyatlar yaratiladi, avvaldan tayyorlangan muammoli savollar zanjiri bayon etiladi, o’quvchilarning o’qituvchi bilan birgalikda mantiqiy mulohaza yuritishiga, o’quv farazlarini hosil qilish va isbotlash, suhbat jarayonida muammoli savollarga javob topishiga imkon yaratiladi.
    Muammoli hikoya metodida, o’qituvchi yangi mavzuni o’rganish jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratadi, o’quvchilar bilan hamkorlikda hikoya jarayonida muammoli savollarga javob topishga, o’quv farazlarini hosil qilish va dalillashga imkon yaratiladi, o’quvchilarning javoblari asosida muammolar hal etiladi.
    Muammoli-amaliy metoddan foydalanganda muammoli topshiriqlar tuziladi, shu asosda tajribalar o’tkaziladi, muammoli vaziyatlarni xal etish yuzasidan o’quv farazlarini hosil qilinadi va o’quv-tadqiqot tajribalari o’tkazilib, o’quv xulosalari va umumlashmalarini tahriflab muammolar hal etiladi.
    «Aqliy hujum» da o’quvchilar avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat usullarini egallaydi.
    Bu metodlar muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoli savollar zanjiri­ni tuzish, muammoli topshiriqlar tuzish va tajribalar o’tkazish, muammoli vaziyatlarni xal etish yuzasidan o’quv farazlarini hosil qilish, o’quv faraz­larini isbotlash, obektlarni taqkoslash, mantiqiy mulohaza yuri­tish, o’quv-tadqiqot tajribalarini o’tkazish, o’quv xulosalari va umumlash­ma­larini tahriflash uslublarini o’z ichiga oladi.
    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarini o’qitishda foydalaniladigan mustaqil ish metodlari guruhiga darslik, elektron darsliklar, qo’shimcha o’quv adabiyotlari, internet materiallari va ko’rgazma vositalari ustida mustaqil ishlash metodlari kiradi. Mustaqil ishlash metodining o’ziga xos xusutsiyatlaridan biri o’quvchilar­ning o’quv topshiriqlarini o’qituvchining bevosita boshqaruvisiz bajarishidir. Mustaqil ishlash metodida o’quvchilarning mustaqil o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish nazarda tutiladi. Mazkur metodda darslik, qo’shimcha o’quv adabiyotlari, ko’rgazma vositalari ustida mustaqil o’tkazilgan kuzatish va tajriba natijalari, masala va mashqlar ishlash bilim manbai sanaladi.
    Barcha metodlar kabi mustaqil ishlash metodining ta’limiy, tarbiya­viy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud.
    Ta’limiy vazifasi sifatida – o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni mustaqil egallashlari, bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va tak­ror­lashni tahminlashini qayd etish mumkin. Ular o’quvchilarning amaliy o’quv ko’nikmalari va malakalarni yaxshi o’zlashtirishlarida ayniqsa qimmatga ega, chunki mustaqil harakatsiz ko’nikmalarni avtomatlashgan va ijodiy xarakterdagi malaka darajasiga ko’tarib bo’lmaydi.
    Tarbiyaviy yo’nalishdagi vazifasi o’quvchilarda mustaqillik, bilish faolligi, mahnaviyat, faol hayotiy pozitsiyani egallash, mehnatsevarlik va insoniy fazilatlarni tarkib toptirishga yordam beradi.
    Rivojlantiruvchi yo’nalishdagi vazifasi – o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, tafakkuri, ko’nikma va malakalarni rivojlantirishga yordam beradi, irodani chiniqtiradi.
    Mustaqil ishlash metodlari tarkibiga mustaqil ish topshiriqlarini berish, o’quv faoliyatida mustaqillikni rivojlantirish, o’quv mehnati malakalarini tarkib toptirish, namunaga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish, ijodiy topshiriqlar berish uslublari kiradi.
    Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarini o’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlari. Nazorat ta’lim jarayo­nining ajralmas qismlaridan biri sanaladi. Nazoratning muntazam­ligi va izchilligi o’quvchilarning faol aqliy mehnat qilishga undaydi, ular­da mahsuliyat, burch, diqqat, xotira, o’z-o’zini nazorat qilish va baho­lash ko’nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.
    Nazoratning to’liqliligi, haqqoniyligi, keng ko’lamliligi, muntazam­li­­ligi barcha metodlar kabi bu metodlarning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va o’quvchilarga tafovutlab yondashish kabi funktsiyalari­ni amalga oshirish imkonini beradi.
    Bu metodlar guruhiga og’zaki va yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat, o’z-o’zini nazorat, o’zaro nazorat varag’i va testlar yordamida nazorat metodlari misol bo’ladi va quyidagi:
    a) og’zaki va yozma nazorat metodlari o’quvchilarning bilimlarni mantiqiy izchil bayon qilishga o’rgatish, nutqni o’stirish, o’quvchilar javobidagi tipik xatoliklarni aniqlash va unga barham berish uslubi.
    b) laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat metodlari o’quv va amaliy ko’nikmalarni aniqlash, o’quvchilarning o’quv jihozlari va asboblar bilan ishlash ko’nikmalarini aniqlash, bajarilgan topshiriqlarning sifatini aniqlash va baholash, ish mazmuniga bog’liq holda obektlar va asboblarni to’g’ri tanlash, ishni yakunlash va natijasini rasmiylashtirish, olingan natijalarning to’g’riligini aniqlash uslubi.
    v) o’z-o’zini nazorat qilish metodlari o’kuv materiali yuzasidan qisqa reja, savollar tuzish, asosiy g’oyani ajratish, savollarga javoblar topish, masalalar yechish va ularni namunaga muvofiq tekshirib ko’rish, taqqoslash, olingan natijalarning to’g’riligini tekshirish uslubi.
    g) testlar yordamida nazorat metodlari o’rganilgan bob, mavzu bo’yicha nazorat testlarini tuzish, test savollari va javoblarning metodik jihatdan to’g’riligi, mantiqiy ketma-ketligi, o’quvchilar bilimini nazorat qilishning haqqoniyligi, keng ko’lamliligi kabi uslublardan iborat.
    Barcha metodlar kabi o’qitishdagi na zorat va o’z-o’zini nazorat metod­larining ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud.
    Nazoratning ta’limiy vazifasini o’qituvchi barcha o’quvchilarni o’z o’rtog’ining javobini tinglashga, javobdagi xato va kamchiliklarni to’g’rilashga, tuzatishlar va qushimchalar kiritishni taklif etish orqali tahminlaydi. SHu tufayli ushbu jarayonda o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlari tizimga solinadi, takrorlanadi va mustahkamlanadi.
    Nazoratning tarbiyaviy vazifasi uning o’quvchilarni rag’batlantirish­ni tahminlash, tahsil olishdagi mahsuliyat va burch tarkib toptirish, hissiyotni shakllani­shi­­da namoyon bo’ladi.
    Nazoratning rivojlantiruvchi funktsiyasi o’quvchilarda barqaror diqqat, xotirani mustahkamlash, o’z-o’zini nazorat qilish va baholash ko’nikmalarini egallashlarida ko’zga tashlanadi.
    O’qituvchi har bir metodning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, undovchi, uyg’unlantiruvchi va h.k. funktsiyalarini chuqur anglagan holda mashg’ulotning har bir bosqichida o’qitish metodlarini uyg’unlashtiradi.
    Xulosa qilib aytganda o’qituvchi mashg’ulotda o’rganiladigan mavzuning mazmunini e’tiborga olgan holda o’qitish vositasi va metodidan samarali va o’z o’rnida foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.
    Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlashda professor -o’qituvchilarning mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish mahorati muhim o’rin tutadi.
    O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatini tashkil etishda Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlari dasturidan o’rin olgan o’rganiladigan mavzuning didaktik maqsadini hisobga olgan holda:

    • Ma’ruza, seminar, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda o’qitishning samarali vositalari va metodlaridan foydalanish;

    • Ta’lim-tarbiya uz­viyligini tahminlash, o’quvchilar­ni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, mustaqillik printsip­lari va ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiya­lash, ularda mahna­viy va ahloqiy fazilatlarni rivojlantirish yo’lla­rini belgilash va amalga oshirish;

    • O’quvchilarni mahnaviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, vositalari, metod­lari va shakllari­ni aniqlash;

    • O’quvchi-yoshlar ongi va qalbiga milliy g’oyani sing­di­rish yo’llarini belgilash;

    • O’quvchilarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish, mazkur faoliyatni faollashti­rishning samarali vosita va metodlarini, o’quv motivlarini ri­voj­lantirish yo’llari­ni aniqlash;

    • O’qitishda amaliy masalala­r­ga e’tiborni qaratish, o’quvchilarda o’quv, ama­liy va mehnat, ijodiy va mustaqil fikrlash ko’nikmalari, atrof muhit­ga ongli munosa­batni tarkib topti­rish, ta’limning kasbiy yo’nalishini amalga oshirish;
    • o’qitish jarayonida teskari aloqani amalga oshirish, ya’ni o’quvchi­lar­ning bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish darajasini reyting tizimi orqali muntazam nazorat qilish, olingan natijalarga muvofiq o’qitish jarayoniga tegishli o’zgartirishlar kiritish kabi muammolarni hal etish lozim.


    • o’quvchilarni fanning nazariy asoslari va bilimlari bilan qurollantirish, mahnaviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini uyg’un tanlash orqali ta’lim samaradorligiga erishishni nazarda tutishi lozim.

    Oliy ta’limda Tabiatshunoslik va atrofimizdagi olam fanlarini o’qitishning shakl va metodlari o’zaro bog’langan va o’zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi:
    • o’quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo’yicha o’qituvchilarning pedagogik faoliyati;
    • o’quvchilarning o’quv va bilish faoliyati.

    Download 297.68 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 297.68 Kb.