• Bitiruv ishining amaliy ahamiyati.
  • Ishning tuzilishi
  • Bitiruv ishining predmeti




    Download 297.68 Kb.
    bet4/19
    Sana06.11.2022
    Hajmi297.68 Kb.
    #29235
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    БМИ
    Newton, BMI-namuna 2022, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Bitiruv malakaviy ishi, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
    Bitiruv ishining predmeti. O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish metodikasini o’qitishda rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini qo’llash mazmuni va o’quv uslubiy ta’minoti.
    Bitiruv ishining metodologik asosi. Hozirgi kunda o‘quvchi va o’quvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, milliy mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bo‘lishlari, ta’lim-tarbiya ishlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan samarali foydalanishlari davr talabidir1.
    Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish belgilangan o‘quv maqsadlariga mos holda samarali didaktik jarayonni tashkil etish demakdir. O‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik mahoratini rivojlantirish bevosita ularning o‘quv-biluv faoliyatini texnologik yondashuv asosida tashkil etishni taqozo etadi. Shu maqsadda chet el didaktikasiga oid innovatsion texnologiyalardan loyihalashda foydalaniladi. Bu loyihalar pedagogik tajriba-sinovdan o‘tkazilib, o‘qituvchilarning pedagogik qobiliyatlari rivojlanish dinamikasi o‘rganiladi va xulosalar yaratiladi.
    Bitiruv ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv ishi natijalari asosida ishlab chiqilgan rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarini qo‘llash asosida o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish metodikasini o‘qitishning o‘quv-uslubiy ta'minotidan pedagogic va psixologik fanlarni o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin.
    Ishning tuzilishi: bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

    I BOB. O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKILLANTIRISH METODIKASINING NAZARIY ASOSLARI
    2.1. O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish metodikasining qisqacha tavsifi
    Har qanday jamiyatning taqdiri unda yashaydigan insonlar tomonidan belgilanadi. Jamiyatni nurli kelajak sari etaklash ham, tubanlik qa’riga tortish ham odamning qo’lida. Shuning uchun ham jamiyat a’zolari, ayniqsa, o’sib kelayotgan avlodning ma’naviy kamoloti bugungi kunda o’ta dolzarb masalaga aylangan. “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuning qabul qilinishi ham odam omilining hal qiluvchi ahamiyat kasb etganidan dalolatdir.
    Bu hujjatlarda o’quvchi shaxsining aqliy va ma’naviy kamoloti birinchi o’ringa chiqarildi. Ta’lim kontseptsiyasi, standarti, dastur, darslik hamda metodik qo’llanmalar insonparvarlik yo’nalishiga solindi. Ular mutaxassis tayyorlashga emas, balki sog’lom ma’naviyatli odam shakllantirishga xizmat qila boshladi. Milliy pedagogika ilmi ham ma’naviy barkamol avlod tarbiyalash yo’llarini tadqiq etmoqda. Yosh avlod aqliy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda ularning mustaqil fikrlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
    Shu bois, avvalo, “mustaqil fikrlash” tushunchasi nima ekanligi hamda uning barkamol insonni shakllantirishdagi ahamiyati qandayligini aniqlab olish muhimdir. Tafakkur jarayoni, xususan, uning mustaqil fikrlash turi haqida psixologlar, pedagoglar turli daraja va miqyosda o’z qarashlarini bayon etganlar.
    Psixologlarning ta’biricha, fikrlash, ya’ni tafakkur – odam miyasida sodir bo’ladigan jarayon. Sezgi organlari yetarli bo’lmay qoladigan o’rinlarda odam va olamning xususiyatlari tafakkur orqali o’rganiladi. Tafakkur – aqliy faoliyatning, ongli xatti-harakatlarning majmui. U tevarak-atrof, voqelik hamda ijtimoiy muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to’g’ri va samarali amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. Kishi fikrlash jarayonida o’zi ko’rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to’g’riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa munosabatini aniqlaydi2.
    Tafakkur orqali kishi odam va olam sirlarini o’rganishda o’zidan oldingi qarashlar, tushunchalar, farazlar, chiqarilgan xulosalar hamda qabul qilingan qarorlarning qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligini belgilab oladi. Mulohaza yuritib, narsa-hodisalar o’rtasidagi munosabatlar, xossalar, xususiyatlar, ularni bir-biri bilan bog’lab yoki ajratib turuvchi jihatlar hamda ularning faoliyati mexanizmlarini anglab etadi. Bu haqiqatni hazrati Navoiy bundan necha yuz yillar ilgari: “Har ishniki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod”3,- deya ifodalagan.
    Tafakkur jarayoni insonning ruhiyati bilan uzviy bog’liqlikda kechadi. Fikrlayotgan odamning ichki dunyosi qanchalik boy, dunyoqarashi nechog’lik keng, bilimi qay darajada chuqur bo’lsa, fikrlari, xulosalarining saviyasi ham shuncha baland bo’ladi. Teranlik, tiniqlik, mantiq, erkinlik, mustaqillik, badiiylik, ijodiylik inson tafakkuri darajasini ko’rsatuvchi ijobiy xususiyatlardir. Odam dunyoni tafakkur orqali anglaydi, fikr va ruhiyat yordamida undan o’ziga xos tarzda ta’sirlanadi, xulosalar chiqaradi.
    Ruhiyat bilan shug’ullanadigan mutaxassislarning dalolat berishlaricha, inson fikrlash jarayonini yuzaga keltirishning asosiy sharti undagi borliq sirlarini bilishga bo’lgan intilish, ichki ehtiyoj, ya’ni motivdir. Usiz insonda fikrlash paydo bo’lmaydi4.
    Frantsuz faylasufi Dekart: “Men fikrlayapman, demak men mavjudman”5, - degan g’oyani ilgari surgan. Bu fikr inson hayotida tafakkurni odamning odamligi belgisi sifatida etakchi o’ringa chiqaradi. Uning fikricha, hech narsa insonning odam ekanligini fikrlashchalik asoslab berolmaydi. Demak, mustaqil ravishda muhokama qilish, tahlil etish, ijodiy-mantiqiy fikrlash asosiy insoniy xususiyatdir. Fikrlash insonning aqlan va ruhan sog’lomligining asosiy belgilaridir. Uning mustaqilligi tushunchalar, mantiqiy birikmalar, mavjud til vositalaridan oqilona foydalanish bilan tavsiflanadi.
    “Fikrlash jarayoni, - deb yozadi L. Vigotskiy, - bolaning ota-onasi bilan muloqotidan boshlanadi. Mustaqil fikrlash esa bu suhbatlarni bola “yutib”, o’zicha “hazm qila” boshlaganidan so’ng shakllanadi”6. Bu qarashga tayanib, shunday xulosa chiqarish mumkinki, fikrlash bevosita o’z yo’naltiruvchi kuchi, maqsadi, usullariga ega bo’lganda, bola 5–6 yoshlarga etganda mustaqil faoliyatga aylanadi. Fikrlashning mustaqilligi uning yuqorida sanalgan shakllaridan biri sifatida kishi shaxsiyati va siyrati, ichki “men”i bilan bog’liqdir.
    Demak, umuman, fikrlanganda narsa-hodisalarning boshqalar tomonidan kashf etilgan jihatlari bilib olinadi. Mustaqil fikrlanganda esa, odam olam hodisalari va hayotiy vaziyatlar mohiyatini o’zgalarnikiga o’xshamagan yo’sinda, o’ziga xos yo’l bilan bilib oladi. Olib borilgan kuzatishlarga tayanib, mustaqil fikrlash tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: mustaqil fikrlash – insonning o’z oldida turgan muammoni aniq belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiq holda bilimi hamda hayotiy tajribalariga tayanib, o’z intellektual imkoniyati darajasida turli yo’l, usul, vositalar yordamida, mustaqil ravishda hal qilishga qaratilgan aqliy faoliyatidir.
    Ma’lum bo’lishicha, fikr mustaqilligi darajasi inson aqliy faoliyatining tashabbuskorligi, pishiqligi va tanqidiyligida aks etadi. Kishi fikri mustaqilligining belgilaridan biri – tashabbuskorlik insonning o’z oldiga aniq maqsad va vazifalar qo’yishi, ularni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan usul hamda vositalarni qo’llashida namoyon bo’ladi. Bu faoliyatning pishiqligi vazifalarni tez bajarish, bu jarayonda qo’l keladigan usul va vositalarni tezkorlik bilan izlab topish, ularni farqlashda ko’rinadi. Aqliy faoliyat tanqidiyligi esa mustaqil fikrlovchining voqea-hodisaga munosabati, uning xususiyatlarini ajrata bilishida namoyon bo’ladi.
    Ma’lumki, tafakkur faqat ta’lim jarayonida shakllantirilmaydi. Inson faqat ta’lim-tarbiya muassasalarida fikrlashga o’rgatilmaydi. U har bir ruhan sog’lom insonda tabiatan mavjud bo’lgan aqliy-jismoniy hosiladir. U har kimda o’ziga xos tarzda, o’z intellektual darajasida mavjud. Ta’lim-tarbiya jarayonida tafakkurning shakli, sifati, darajasini tarbiyalash, ma’lum yo’nalishini belgilash, uni sayqallash va rivojlantirish mumkin. O’quvchi fikrining ta’sirchanligi, ehtiyotkorligi, harakatchanligi yoki faoliyatsizligi, o’sish-rivojlanishi uning ta’lim jarayonida shakllantiriladigan sur’ati va sifatiga ham bog’liq. Inson fikrlashining hissiy, obrazli, mantiqiy salmog’i tafakkur jarayonining rivojlanish sur’ati bilan qanchalik aloqador bo’lsa, uning sifat yo’nalishlari bilan ham shunchalik bog’liq.
    “Maqsad, vazifalari o’zga shaxslar tomonidan belgilab qo’yilgan, tayyor usul va vositalarga tayangan holda boshqalarning bevosita yordami bilan amalga oshiriladigan jarayonda ishtirok etgan tafakkur fikr qaramligini anglatadi. Mustaqil tafakkurga ega bo’lmagan kishilar tayyor qarashlar quliga aylanadilar. Ularning tafakkuri ...o’sish-rivojlanishdan orqada qoladi. Mustaqil fikrlash rivojlanmagan hollarda kaltabin, aqlan erinchoq, behafsala, loqayd odam shakllanadi. Tafakkurning qaramligi, muteligi jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to’siq bo’lib, alohida odam uchun fojiadir”7,- deydi psixolog E. G’oziev.
    Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligi, samaradorligi bilan uzviy bog’liq. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g’oyalar, tavsiyalar yaratilgan, nazariy hamda amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday fikr sermahsul, samarali hisoblanadi. Ma’lum vaqt oralig’ida mustaqil ravishda bajarilgan aqliy ish ko’lami va sifati (ishning pishiqligi, asoslarning kuchliligi) – tafakkur mustaqilligi darajasini o’lchash mezoni bo’lib xizmat qiladi.
    Ish jarayonida inson aqlining faoliyati uning o’zi tomonidan kuzatilmaydi. Boshlang’ich sinf yoshidagi o’quvchilarda ham fikrlashning mustaqilligi darajasini nazorat qilish, uni farqlash hamda rivojlantirish o’qituvchining vazifasidir. Buning uchun o’qituvchidan ziyraklik, ta’lim jarayonining har bosqichida har bir o’quvchi shaxsi, intellektual imkoniyatlari, intilish va qiziqishlarini bilish talab qilinadi.
    Har bir o’quvchi yosh bosqichlariga ko’ra turfa qiziqishga ega bo’ladi, o’ziga xos fikrlaydi va his qiladi. Har yoshida turlicha faoliyat ko’rsatadi, borliqqa munosabati ham har xil bo’ladi.
    Boshlang’ich sinflar o’qish darslari jarayonida darsga tegishli bo’lmagan biror qiziqarli hayotiy mavzu va hodisalar, kino yoki futbol o’yinlari kabilar muhokama qilinganda o’quvchilarning ko’p narsa bilishlari ayon bo’ladi. Bu mazkur hodisalar o’quvchilarning o’zlari uchun bevosita qiziqarli bo’lganidan dalolatdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, “O’qish kitobi” darsliklaridagi o’quv materiallari bolalarning tabiati, yosh xususiyatlariga mos va qiziqarli bo’lishi, matnlar yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlar biri ikkinchisiga o’xshamaydigan tarzda tuzilishi, ularning mantiq asosiga qurilishi, o’quvchilardan mustaqil fikr-mulohazalar talab qilishi o’quvchilarni faollashtiradi.
    Maktab davrining bir bosqichidan ikkinchisiga o’tish jarayonida bolalarda shunchaki evolyutsion o’zgarish emas, balki sifat jihatidan bir yangilanish yuz beradi. Bu jarayonda o’quvchi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi jihatlarni umumlashtirgan holda quyidagicha ko’rsatish mumkin: boshlang’ich sinf o’quvchilari aqliy rivojlanishi bilan beriladigan bilim, ko’nikma va malakalarning nomutanosibligi; bilimlarning hamisha ham mantiqqa asoslanmagani; oila bilan maktab tarbiyasi o’rtasidagi tafovut yuqori sinf o’quvchilariga xos bo’lgan harakatchanlik bilan intizom tizimining nomutanosibligi; ishtiyoqning zo’rligi, mustaqillikka moyillik, erkinlik, mustaqillik sari intilishning balandligi bilan ta’lim-tarbiya jarayonidagi bir xillik, sustlik; odamlarga, atrof-muhitga tanqidiy nazar bilan qarashning kuchayishi bilan ta’lim jarayonida bunday intilishlarni qondirish imkoniyatining etishmasligi; tabiiy taraqqiyot bilan ta’limiy-tarbiyaviy jarayon orasidagi nomutanosiblik singari jihatlar ko’zga tashlanadi.
    Ma’lumki, bolalar maktabgacha bo’lgan davrida favqulodda ijodkorlik xususiyatiga ega bo’ladilar. 5–6 yoshda ona tilini to’liq o’zlashtirib oladilar, o’zlarining amaliy faoliyatlari va borliqni anglashlari uchun zarur bo’lgan har xil ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Ularning bu davrdagi taraqqiyoti, odatda, muntazam o’qitish ishlarisiz, kattalar va tengdoshlari bilan tabiiy muloqoti jarayonida amalga oshadi. Bolalar maktab hayotiga kirib kelganlarida, ularning faoliyati dasturlar asosida tizimli bilim olishga o’tganda, bir qadar o’zgaradi. Bu o’qish-o’rganish jarayonida tabiiylikning buzilgani, unga sun’iylik aralashuvi tufayli sodir bo’ladi. Bola maktabga kirgach, uning mustaqilligi, o’z intellektual darajasidagi fikrlashi va ixtiyoriy faoliyati ma’lum darajada cheklanadi. U maktab talablariga muvofiq ravishda ish yuritishga majbur etiladi.
    Boshlang’ich sinflarda bu tarzda singdirilgan bilim, ko’nikma, malaka va ma’naviy sifatlar bolalarni doimiy ma’rifiy xizmat ko’rsatilishga muhtoj iste’molchiga aylantirib qo’yadi. Bunday ta’lim o’quvchidan bilimlarni mustaqil ravishda ijodiy o’rganishni talab qilmaydi. Bir necha yillik shunday o’qitish natijasida bola mustaqil fikrlamaydigan kimsaga aylanadi. U har qanday aqliy zo’riqishdan o’zini tortib, bunday yumushlarni yaqinlari bo’lmish o’qituvchi, ota-ona, o’rtoqlarining zimmasiga orta boshlaydi. Bunday bolalar, tabiiyki, biror ishni bajarishdan zavq, lazzat yoki qoniqish tuymaydilar.
    Maktab davrida, boshlang’ich sinflardan boshlab o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishda adabiy ta’lim o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ma’lumki, boshqa o’quv fanlari bo’yicha o’tiladigan darslardagi izlanishlar natijasida o’quvchilar avvaldan ayon bo’lgan yagona xulosaga kelishadi. Masalan: to’qqiz karra to’qqiz dunyoning hamma burchagida, qaysi tilda, qanday yo’llar bilan echilishidan qat’i nazar, natija, to’g’ri javob bitta – sakson bir. Bu mutaxassislar tomonidan qat’iy belgilab qo’yilgan ilmiy haqiqat-xulosa. Yoki ona tili darslarida “kim?”, “nima?” so’roqlariga javob bo’ladigan so’z turkumi hamisha ot deyilishi qabul qilingan. O’quvchilar gapning morfologik tahlili jarayonida qanday topshiriq berilishidan qat’i nazar, bu so’roqlarga javob bergan so’zlarni ot ekanligini aniqlaydilar. Bu ham avvaldan aniqlab qo’yilgan yagona ilmiy haqiqat. Ammo adabiy ta’limning o’ziga xosligi shundaki, u ta’limning qaysi bosqichida bo’lishidan qat’i nazar, unda har bir o’quvchi o’z oldiga qo’yilgan muammoni tegishli maqsad va vazifalarini belgilagan holda bilimi, hayotiy tajribasiga tayanib turli yo’l, usul, vositalar yordamida mustaqil ravishda hal qilib, faqat o’zining badiiy haqiqatini chiqarishi mumkin.
    O’rganilayotgan badiiy matn, undagi qahramonlar, tasvirlangan biror hodisa yoki vaziyat borasida har bir o’quvchining asar va darslik mualliflarinikidan, o’qituvchisinikidan farq qiluvchi o’z xulosasi bo’lishi mumkin va bu mantiqqa zid bo’lmaydi.
    Boshlang’ich adabiy talim metodikasi ilmida adabiy qahramonning shaxs sifatidagi o’ziga xos ruhiy olami va axloqiy sifatlarini anglash o’quvchi oldiga qo’yilgan muhim didaktik talablardan hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday bilimni o’zlashtirish ma’lum darajada fikriy zo’riqish asosida kechadi. Darsda asar ustida ishlash mobaynida adabiy qahramon shaxsi va hayoti tahlili asnosida o’quvchining o’zi ham hayotga faol kirib boradi. O’zgalarni o’rganish orqali o’z shaxsiyatiga xos sifatlarni shakllantiradi. Asar qahramonlariga munosabatiga qarab, o’quvchi shaxsini belgilash mumkinligi ham haqiqatdan yiroq emas.
    Bshlang’ich sinf o’quvchilarining qiziquvchanligi, bilishga intilishi so’nmagan davrida ulardagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib shaxsiyatida ijobiy fazilatlar shakllantirishga, mustaqil fikr egasini tarbiyalashga erishish maktab ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy vazifasidir. “Agar bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatmoqchi bo’lsak, eng avvalo, ularni ertaklar to’qishga, sarguzashtlar tuzishga undash kerak. Fikrni faqat yangi, avval uchramagan, tortishuvlarga sabab bo’ladigan masalalarga sarflash lozim. Zerikish – fikrning dushmanidir”8, - degan edi italiyalik ertakchi J. Rodari.
    Ko’pincha, ta’lim amaliyotida o’quvchiga tayyor bilimlarni “yig’ib oluvchi”lik roli topshiriladi. Ta’limning bunday bir yoqlama tashkil etilishi xotiraning mexanik faoliyatiga tayangan bo’lib unda tuyg’ular, fikrlar ishtirok etmaydi, binobarin, bunday ta’lim o’quvchini faol ijodiy ishlashga o’rgatmaydi.
    Inson psixologiyasi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlardan ma’lumki, o’quvchi bir narsani ikki marta eshitishni xushlamaydi. Vaholanki, ta’lim tizimida, hatto, bugun ham o’quvchi bitta ma’lumotga kamida to’rt marta – o’quv materiali yangi mavzu sifatida tushuntirilganda, u mustahkamlanganda, uy vazifasini bajarish mobaynida va keyingi darsda javob berish jarayonida to’qnashadi. Hamma darslarning uy vazifasini so’rash, yangi mavzu bayoni, uni mustahkamlash va uyga topshiriq berish tarzida bir xil tizimda olib borilishi boladagi qiziquvchanlikni susaytirib, ta’lim-tarbiya jarayonini zerikarli qilib qo’yadi. Darslar o’quvchining qiziqish va istaklariga muvofiq tashkil qilingandagina samarali bo’ladi.
    O’qituvchi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish maqsadida tashkil qilingan o’qish darslarida ularga ma’lum vaqt ichida bajarilishi lozim bo’lgan topshiriq beradi. Kichik yoshdagi o’quvchilar oldiga har xil adabiy timsollarni mustaqil taqqoslash talabini qo’yish ularda qat’iy qaror qabul qilish ko’nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinflar o’quvchilarida bunday ko’nikmani hosil qilish uchun, avvalo, ularni konkret shaxs yoki hodisani kuzatish, taqqoslab o’xshash va farqli tomonlarini ko’ra bilish, umumiy va xususiy jihatlarni, ikkinchi darajali narsalarni ajrata bilishga yo’naltirish talab qilinadi.



    Download 297.68 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 297.68 Kb.