II-BOB BO‘YICHA XULOSALAR




Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/83
Sana23.12.2022
Hajmi2.3 Mb.
#36876
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari
El.Tex.Qur 6, Document-WPS Office, 845b50115c80ead5a9f0dfb0f40cb94a, 365, Фарғона 2012-2016 асосий, 1-mustaqil ish, 2-ЛИГА қайднома, Kucharova Sh Kurs ishi, Ilyosbek
II-BOB BO‘YICHA XULOSALAR 
1. “Xavf”,“xavfsizlik”, “tazyiq”konseptlarning tarixiy, falsafiy va 
ijtimoiy transformatsiyasini tashxizi ko„rsatadiki, insoniyat tarixi davomida 
tashqariga qaratilgan qo„rquvlarning “fojiaviy anglash” vektorining tashqi 
faktorlari(tabiiy ofatlar, epidemiyalar, bosqinchilarning hujumlari va b.) 
odamlarga nisbatan ichkariga qarab, ya‟ni insonnning xavflari va 
insoniyatlarning o„zi oldidagi xavflarini o„zgarishi ro„y beradi. Bu hayot 
faoliyati xavfsizligi madaniyatini insonning o„zida, ichki dunyosida
yashiringan dastlabki vayron qilishni yengishidan rivojlanishi dalolat 
beradi. 
2. Insoniyatning rivojlanuvchan ongi turli tarixiy davrlarda aniq 
ifodalangan foydanigina ko„zda tutishga yo„naltirilgan (ibtidoiy dunyo,o„rta 
asrlar va Yangi davr ) to tabiatga nisbatan iste‟mol qiluvchidan qaytish, 
qarama-qarshiliklarsiz dunyo ko„rinishini yaratishga va unda inson o„z o„rnini 
bilishi (qadimgi dunyo, hozirgi payt) tebranma harakatini boshdan kechiradi.  
3.O„zbek sotsiologlar o„z asarlarida hayot faoliyati xavfsizligi 
madaniyatini rivojlanish zaruratini oldindan fikrlay bilganlar. Uning 
shakllanishini asosiy yo„nalishlari sifatida quyidagilar keltiriladi:birdamlikni 
o„rnatish, sotsial progress va xavfsizlik yo„lida insonlarning birligi, tug„ma 
xudbinlikni va agressiyaga moillikni yengish, oqilona ilm olishni va bilimdon 
insonlarning sonini oshishini payvand qilish, boshqalarda insoniy fazilatlarni 
barcha odamlarning aqliy, ahloqiy va ijtimoiy manfaatlari yo„lida faol 
rivojlanishni amalga oshirish.
4. Yirik diniy dunyoqarashlarning asosida inson, jamiyat va tabiatning 
barcha soxalarida xavfsizlikni ta‟minlashning axloqiy fundamenti kabi o„zaro 
zo„raki bo„lmagan munosabatlarining postulati yotadi.  
5. Hozirgi paytda “madaniyat” tushunchasining ko„plab ta‟riflari 
ularning izlanishiga, fan tarmog„ining xususiyatiga, ilmiy maktablarning 


44 
o„ziga xosligiga qarab, maqsad va vazifalari mavjuddir:  
dunyoqarashlik asosi, qadriyatlar tizimi;
- an‟analar, jamiyat a‟zolarining turg„un ahloq-odobi qoidalari, ijtimoiy 
meros;
- insonlarning ruhiy, intellektual va moddiy faoliyatini natijasi, , 
artefaktlar (vosita, usullar va b).
6. Rivojlanish nuqtai nazaridan madaniyatni ham xolat va ham jarayon 
deb qarash mumkin. Madaniyatni jarayon deb diagnostika qilishni 
soddalashtirish, alohida odamlarning, mehnat kollektivlarining, butun jamiyat 
ni hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi rivojlanish darajasini baholash 
kriteriyalarini asoslash, mamlakat aholisini hayot faoliyati xavfsizligi 
madaniyati darajasini keyingi rivojlanishi yo„nalishlarini aniqlash uchun 
madaniyatni xolat deb, uning shakllanish, rivojlanish jarayonini esa -
parametrlar yig„indisi bilan tavsiflovchi keyingi xolatiga erishishni tasavvur 
qilish maqsadga muvofiq.
7. Ilk bor “madaniyat”va “xavfsizlik” tushunchalarini birlashtirish atom 
energetikasi bo„yicha Halqaro agentlik tomonidan 1986 yil Chernobl atom 
elektrostansiyasidagi avariyaning sabab va oqibatlarini tashxiz qilish 
jarayonida amalga oshdi. Shu vaqtdan boshlab boshqarishning fundamental 
prinsiplaridan biri xavfsizlik madaniyatini shakllanishi va mavjudligi bo„lib, 
atom energetikasida meyoriy tartibga solindi.
8 ASning xavfsizlik madaniyati deganda, ASni xavfsizligini ta‟minlash 
birinchi navbatdagi vazifasi va ichki extiyoji hisoblangan, xavfsizlikka moil 
barcha ishlarni bajarganda o„zini javobgarligini anglashi va nazorat qila 
olishiga barcha insonlarning malakaviy va asabiy tayyorgarligi tushuniladi. 
Hozirgi vaqtda shunday tushuncha paydo bo„ldiki, ushbu kategoriya 
nafaqat potensial xavfli obektda tayyorlangan ishlovchilarga, balki har bir 
olamga, butun jamiyat ga taalluqlidir.
9.Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini o„rnatishning zaruriy asosini 
dastlabki shartlari, farazlari va chegaralari quyidagilardir: 


45 
- ushbu tushunchani nafaqat individual, balki kollektiv, jamoat darajada 
ko„rish zarurdir; 
- bu tushunchaning komponentasi sifatida faqatgina “xavfsizlik” 
iborasini emas, balki “hayot faoliyati xavfsizligi”, ya‟ni yashash va faoliyat 
ko„rsatish xavfsizligini ko„rish kerak ; 
- bu tushuncha absolyut (ideal, namunaviy) emas, balki nisbiy tavsifga 
ega bo„lishi kerak; 
- turli qarashlarni umumlashtirgan xolda “madaniyat” tushunchasini 
dunyoqarashlarning (qadriyatlar tizimini), an‟analar (jamiyat a‟zolarining 
turg„un odob qoidalari, ijtimoiy meroslari), hamda insonlar faoliyatini amaliy 
natijalari (chora-tadbirlar, vosita va usullar, obektlari) asos qilib olish zarurdir. 
Shu sababli quyidagi tushunchani berish mumkin:
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati – bu shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar 
tizimidagi 
hayot 
faoliyati 
xavfsizligini 
ta‟minlovchi 
masalalarning 
ahamiyatliligini, har kungi hayotda va xavfli hamda favqulodda vaziyatlarda
xavfsiz ahloq stereotiplarini tarqalganligini, muxofazalanganlikni tavsiflovchi
inson va jamiyat ning rivojlanish darajasidir.
10. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish zarur bo„lgan
asosiy obektlari va uni tashuvchilari shaxs, mehnat kollektivlari va jamiyat
bo„ladi. Shu sababli hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning 
asosiy darajalari sifatida individual, korporativ va ommaviy jamiyat bo„ladi.
11. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning asosiy 
maqsadi shaxs, mehnat kollektivlari va butun jamiyat ni shunday xolatga 
erishishi bo„ladiki, bunda hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash asosiy ichki 
zarurati bo„lib, uni amalga oshirishga zarur shartlar mavjuddir.
12. Ko„rsatilgan hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish 
maqsadlariga quyidagi masalalarni yechish yo„li bilan erishiladi: 
hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash uchun ichki maqsadli qurilmani 
shakllantirishga ko„maklashuvchi hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati 
obektlarini sifat va xossalarini rivojlantirish;  


46 
- havfsiz mavjud bo„lish to„g„risidagi bilimlarni payvandlash, atrof-muhit, 
sotsium bilan birgalikda rivojlanish; 
- hayot faoliyati xavfsizligi soxasida turg„un individual va ijtimoiy 
hamkorlikni, 
ya‟ni 
an‟analarni, 
stereotiplarni, 
ahloqiy 
meyorlarni 
shakllantirish; 
- ushbu masalalarni hal qilish uchun odamlar, ularning kollektivlari va 
hamjamiyat lari zarur sharoitlarni yaratishi;
13. 
Hozirgi 
vaqtda 
hayot 
faoliyati 
xavfsizligi 
madaniyatini 
shakllantirishning boshlang„ich meyoriy- huquqiy va o„quv- dasturiy asosi 
yaratildi.
14. Individual, korporativ va davlat miqyosida hayot faoliyati xavfsizligi 
madaniyatini shakllantirishni eng muhim tavsiflariga ko„ra obektlariga adresli 
ta‟sir ko„rsatishni amalga oshirish uchun ushbu obektlarni klassifikatsiya qilish 
zarur. 

Download 2.3 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish