Elaklar turkumi yordamida granulometrik




Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/88
Sana21.08.2022
Hajmi4.38 Mb.
#25308
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
Bog'liq
foydali qazilmalarni boyitish
1-mavzu, elektrotexnikadan 50ta test (Автосохраненный), qo\'rg\'oshin, o\'zgaruvchan tok, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari, topshiriq IL, Individual loyiha, Boshsahifa, imtihon 2021, 3. Fotoelektronika
1.6. Elaklar turkumi yordamida granulometrik 
tarkibni aniqlash 
Elash orqali tahlil deb mahsulot namunasini yirikligiga qarab bir qator 
sinflarga ajratishga aytiladi. Elash orqali tahlil foydali qazilma alohida sinflarining 
chiqishini 
aniqlash 
uchun 
o‘tkaziladi. 
Shuningdek 
qiziqilayotgan 
komponentlarning sinflardagi miqdori ham aniqlanadi. 
Namunani sinflarga ajratish uni ma’lum o‘lchamli teshiklarga ega elaklar 
turkumi yordamida elash orqali amalga oshiriladi. Elash orqali tahlil o‘lchami 150-
200 mm dan 0,074 (0,043) mm gacha mahsulotni tekshirish uchun qo‘llaniladi. 
O‘lchami 0,074 mm dan kichik mahsulotlarning granulometrik tarkibi 
sedimentatsiya usuli bilan aniqlanadi. 
Boyitish amaliyotida elash orqali tahlil qilish uchun sim yoki sintetik to‘rdan 
kvadrat shakldagi teshikli qilib tayyorlangan kontrol elaklar ishlatiladi. 
To‘plamdagi elak teshiklari o‘lchamining nisbati doimiy va o‘zgaruvchan bo‘lishi 
mumkin. Odatda rudani elash uchun ishlatiladigan elaklar turkumi quyidagi 
o‘lchamdagi elaklarni o‘z ichiga oladi: 60; 40; 30; 20; 10; 5; 2,5 va 1 mm. 
Ko‘mirni elash uchun esa elaklar turkumi: 150; 100; 50; 25; 13; 6; 3; 1; 0,5 mm. 
Ikkita qo‘shni elak teshiklari o‘lchamining bir-biriga nisbati modul deyiladi. 
Yirik mahsulotni elashda 
2
ga teng modul ishlatiladi. Bu modulga ko‘ra elaklar 
turkumi quyidagi o‘lchamli elaklardan tashkil topadi: 100; 50; 25; 12; 6; 3; 0. 
Mayda mahsulotni elash uchun esa 2 ga teng modul qo‘llaniladi.Unga ko‘ra, asosiy 
elak deb o‘lchami 200 mesh (0,074 mm) li elak olinadi (mesh-25,4 mm ga to‘g’ri 
keladigan teshiklar soni). Elaklar turkumi quyidagicha tuziladi:
0,074 x 1,41 = 0,1 mm 
0,1 x 1,41 = 0,14 mm 
0,14 x 1,41 = 0,19 mm va h.k. 
Dastlabki mahsulotning massasi mahsulotning yirikligiga, namuna olish 
usuliga va elash orqali tahlilning aniqligiga bog’liq. Granulometrik analiz uchun 
namunaning maksimal miqdori quyidagi formula orqali topiladi: 
M = 0,02 d
2
+ 0,5 d 


23 
bu yerda d - zarrachaning maksimal o‘lchami, mm. 
Talab qilinadigan aniqlikka va mahsulotning namligiga qarab elash orqali 
tahlil quruq va jamlashgan usulda o‘tkazilishi mumkin. Mahsulotning namligi 
uncha katta bo‘lmaganda va o‘ta aniqlik talab qilinmaganda elashning quruq usuli 
qo‘llaniladi. 
O‘lchami 0-13 mmli mahsulotning namligi yuqori bo‘lib, quruq usulda 
elashni qiyinlashtirsa, namuna dastlab quritiladi. Og’irlikdagi yo‘qolish elash 
natijasida olingan alohida sinflar chiqishlari orasida taqsimlanadi. Yirik o‘lchamli 
sinflar quritilmaydi. Yirik mahsulotning tahlili laboratoriya elaklarida o‘tkaziladi. 
O‘lchami 6 mm gacha bo‘lgan mayda mahsulotni elash mexanik silkitgichlarda 
amalga oshiriladi. 
Mahsulotni elash 10-30 daqiqa davom etadi. Elash vaqti mahsulotning 
namligi va yirikligiga bog’liq: mayda va nam mahsulot uzoq vaqt elanadi. Keyin 
silkitgichda yoki qo‘lda shu elaklarning o‘zida elashning qanchalik to‘liq bo‘lgani 
tekshiriladi. 
Agar kontrol elanganda 1 daqiqa davomida elakdan o‘tgan mahsulot massasi 
elakda qolgan mahsulot massasidan 1 % oshmasa, yirik mahsulotni ham, mayda 
mahsulotni ham elash tamomlangan hisoblanadi. 

Download 4.38 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Elaklar turkumi yordamida granulometrik

Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish