Rudaning granulometrik tarkibi va uni aniqlash usullari




Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/88
Sana21.08.2022
Hajmi4.38 Mb.
#25308
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
Bog'liq
foydali qazilmalarni boyitish
1-mavzu, elektrotexnikadan 50ta test (Автосохраненный), qo\'rg\'oshin, o\'zgaruvchan tok, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari, topshiriq IL, Individual loyiha, Boshsahifa, imtihon 2021, 3. Fotoelektronika
1.5. Rudaning granulometrik tarkibi va uni aniqlash usullari 
Foydali qazilma qazib olingandan yoki maydalangandan keyin millimetrning 
ulushidan tortib, to bir necha yuz millimetrgacha bo‘lgan turli o‘lchamdagi 
zarrachalar aralashmasidan iborat bo‘ladi. Foydali qazilma tarkibiga kiruvchi turli 
o‘lchamdagi zarrachalar massa miqdorining nisbati uning granulometrik tarkibi 
deyiladi. 
Mahsulotning yirikligiga qarab tahlil qilish natijalari boyitish mashinalarining 
ishlab 
chiqarish 
unumdorligini, 
elaklar, 
maydalagich, 
tegirmon 
va 
klassifikatorlarning ishlash samaradorligini, rudali va noruda minerallarning 
yuzasini to‘liq ochish uchun qanday yiriklikda yanchish zarurligini va bir qator 
texnologik jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlarini aniqlashga imkon beradi. 
Granulometrik tarkibni aniqlash foydali qazilma namunasini ma’lum yiriklikdagi 
sinflarga ajratishdan iborat. Granulometrik tarkibni aniqlashning bir necha xil 
usullari mavjud: elash orqali, sedimentatsiya, mikroskopik usul yoki alohida 
zarrachalarning o‘lchamini to‘g’ridan-to‘g’ri o‘lchash va h.k. 
Zarralar o‘lchamini to‘g’ridan-to‘g’ri o‘lchab yiriklikni baholash o‘lchami 
150-200 mm dan ortiq mahsulotning granulometrik xarakteristikasini tuzish uchun 
qo‘llaniladi. 


21 
Foydali qazilma zarrachalari noto‘g’ri shaklga ega va ularning yirikligi bir 
nechta o‘lchamlar bilan ifodalanishi mumkin. Amaliy maqsadlar uchun zarrachani 
bitta o‘lcham, ya’ni diametr orqali xarakterlash maqsadga muvofiq. 
Shakli shar yoki kubga yaqin zarrachaning diametrini aniqlash uchun ularni bir xil 
yo‘nalishda o‘lchash kifoya. Bunday zarrachalarning diametrini aniqlash uchun 
quyidagi formulalarning biridan foydalaniladi: 
d = v (1) 
d = v 
2
(2) 
d = v 
3
(3) 
bu yerda v- zarrachaning bir yo‘nalishdagi o‘lchami 
(1) - formula sharga yaqin shakldagi, (2) va (3) formulalar esa kubga yaqin 
shakldagi zarrachalarning diametrini aniqlashda ishlatiladi. 
Parallelopiped yoki plastinka shaklidagi zarrachaning diametrini aniqlash uchun 
ularni ikki yoki uch o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishda o‘lchash kerak. 
Hisoblashda quyidagi formulalardan foydalaniladi: 
d = (a + v)/2 (4) 
d = 
ав
(5) 
d = (a + v+ c)/3 (6) 
d = 
авс
(7) 
(4) va (5) formulalar kvadrat kesimli parallelopiped yoki plastinka shaklidagi 
zarrachalarning diametrini, (6) va (7) formulalar esa uchta o‘zaro perpendikulyar 
yo‘nalishdagi o‘lchamga ega zarrachalarning diametrini aniqlashda ishlatiladi. 
Amalda ko‘pincha aralashmadagi zarrachalarning o‘rtacha diametrini aniqlashga 
to‘g’ri keladi. Buning uchun quyidagi formulalardan foydalaniladi: 

o‘r
= (d
1
+d
2
)/2 (8) 

o‘r
=
2
1
d
d

(9)
bu yerda : d
1
va d
2
- aralashmadagi eng katta va eng kichik zarrachalarning 
diametri, mm. 


22 

Download 4.38 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rudaning granulometrik tarkibi va uni aniqlash usullari

Download 4.38 Mb.
Pdf ko'rish