• Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2018. y. 4 Kirish
  •  - Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari




    Download 4.38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/88
    Sana21.08.2022
    Hajmi4.38 Mb.
    #25308
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
    Bog'liq
    foydali qazilmalarni boyitish
    1-mavzu, elektrotexnikadan 50ta test (Автосохраненный), qo\'rg\'oshin, o\'zgaruvchan tok, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari, topshiriq IL, Individual loyiha, Boshsahifa, imtihon 2021, 3. Fotoelektronika
    5311600 - Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari. 
    Darslik –T.: - 2018 - 185b 
    Mazkur darslik foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo‘jaligidagi o'rni, 
    ruda va boyitmalarga qo‘yiladigan talablar, boyitish usullari, sxemalari va 
    boyitishning texnologik ko‘rsatkichlari ko'rib chiqilgan. Asosiy boyitish 
    dastgohlarining tuzilishi va ishlash tartiblari berilgan. Turli xildagi foydali 
    qazilmalarni boyitish nazariyasi va amaliyoti keltirilgan. Imkon darajasida boyitish 
    fabrikalarida boyitish maxsulotlarini suvsizlantirish va changni ushlash masalalari 
    bayon qilingan.
    Darslikdan konchilikka oid hamma mutaxassisliklarda o‘qiydigan va rangli - 
    qora metallar metallurgiyasi mutaxassisligi talabalari ham foydalanishlari mumkin. 
    ISBN978-9943-05-269-7 
    Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2018. y. 
     



    Kirish
    Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish unumdorligini
    rivojlanishi, bugungi demokratik davlatimizda kelajak avlodlar uchun ko‘pgina
    hollarda mineral hom ashyolarni qazib olish va ularni qayta ishlash 
    ko‘rsatkichlariga bog‘ liq bo‘ladi. 
    Foydali qazilmalar – asosan organiq va noorganiq tabiiy minerallar bo‘lib, 
    hozirgi rivojlangan texnologiyalar yordamida tabiiy va qayta ishlangan holda xalq 
    xo‘jaligida yuqori samara bilan foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotdir. Foydali 
    qazilmalar manbasi konlar, yyerning geologik tasiri natijasida foydali 
    qazilmalarning bir joyga to‘planishi hisoblanadi. Foydali qazilmalar qattiq, suyuq
    va gazsimon holda bo‘ladi.  
    Foydali qazilmalarning turlariga qarab ularni quyidagi asosiy guruhlarga 
    bo‘lish mumkin: 
    - metalli foydali qazilmalar - qora va rangli metallar olish uchun hom
    ashyo hisoblanadi. 
    - nometall foydali qazilmalar - qurilish, keramika va boshqa mahsulot olish 
    uchun hom ashyo hisoblanadi. 
    - tabiiy yoki qayta ishlangan holdagi yoqilg‘i yoki kimyo sanoati uchun hom 
    ashyo hisoblangan, yoqilg‘i qazilmalari. 
    Foydali qazilmalar xalq xo‘jaligining asosi hisoblanadi, biror bir tarmoq 
    yo‘qki foydali qazilmalar yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlari ishlatilmasa. 
    O‘zbekiston konlarining foydali qazilmalarga nihoyatda boyligi, bir necha o‘n 
    million tonna qazib oladigan va qayta ishlaydigan yuqori texnik-iqtisodiy 
    ko‘rsatkichli yirik mexanizatsiyalashtirilgan boyitish va metallurgiya korxonalari 
    ko‘rish imkonini beradi. 
    Konchilik sanoati, hozirgi zamon texnika darajasida metall yoki mineral 
    mahsulot olish imkonini beradigan qattiq hom ashyoni beradi va qayta ishlaydi. 
    Foydali qazilma konlarini qayta ishlashda yer ostidan qazib olishni ko‘paytirish va 
    ulardan kompleks foydalanish asosiy shartlardan biri hisoblanadi.  



    Rudalar – metall va uning birikmalaridan tashkil topgan mineral bo‘lib, tabiiy 
    kimyoviy birikmalar hisoblanadi. 
    Ruda tarkibidagi minerallar, qimmatbaho komponentlar va puch tog‘jinslaridan 
    iborat bo‘ladi. Bunday minerallarga misli (xalkozin, xalkoprit), ruxli (sfalerit, 
    smitsonit),qo‘rg‘oshinli (galenit, syerussit) va hokazolar kiradi. 
    Puch tog‘ jinslarga tarkibida ajratib olinadigan va qimmatli metall bo‘lmagan 
    jinslar kiradi. Bunday minerallarga kvars, karbonatlar, silikatlar va hokazolar 
    kiradi. 
    Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari 
    tushunchalarining nisbiyligini takidlab o‘tish lozim. Mineralning bu 
    tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan 
    turigagina bog‘liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida 
    esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. «Puch tog‘ jins» tushunchasi ham shartli 
    hisoblanadi. Chiqindisiz metallurgik texnologiya va jarayonlar yaratishga 
    yo‘naltirilgan metallurgik texnologiyaning taraqqiyoti, qurilish materiallari olish 
    uchun puch tog‘ jinslarning barcha komponentlaridan foydalanish mumkinligini 
    isbotladi. 
    Boyitma 
    tarkibida 
    mahsulotlardagi 
    foydali 
    mineral 
    va 
    foydali 
    qo‘shimchalarning asosiy qismi bo‘lsa, chiqindida puch tog‘ jinslari va zararli 
    qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib 
    tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va 
    ishlatishga jo‘natiladi.  
    Rudaning tarkibi odatda kimyoviy yo‘l bilan aniqlanadi. Biroq amalda buning 
    o‘zi kamlik qiladi. Hom ashyo tarkibida mavjud bo‘lgan minerallar to‘rini 
    (mineralogik 
    tarkib) 
    va 
    qayta 
    ishlanayotgan 
    hom 
    ashyoning 
    barcha 
    komponentlarining minerallar bo‘yicha taqsimlanishini (fazoviy tarkib)larini bilish 
    kerak.  
    Mineralogik va fazoviy tahlilni bilish, metallurgik qayta ishlaganda hom ashyo 
    tarkibidagi barcha komponentlarining o‘zini to‘tishini oldindan aytish, to‘g‘ri



    ratsional texnologiyani tanlash va boyitish jarayonlaridagi amallarni to‘g‘ri 
    bajarish imkonini beradi.  
    Boyitish texnologiyasini rivojlanishi va takomillashuvi hamda hom 
    ashyodan kompleks foydalanishning oshishi, yani qancha ko‘p qimmatli 
    komponent olinsa, shuncha asosiy metallning kam miqdori bilan iqtisodiy va 
    texnik jihatdan rudani qayta ishlash samarali bo‘lishi isbotlandi. 
    Rudalar ham, boshqa foydali qazilmalar singari, yer yuzasida tabiiy ravishda 
    to‘planadi, bu to‘planish kon deb ataladi 
    Geologiya va konchilik ishining asosiy vazifasi boyitish fabrikalari va 
    metallurgik korxonalarni kerakli tabiiy hom ashyo va qo‘shimcha materiallar bilan 
    o‘z vaqtida taminlash hisoblanadi. 
    Ruda konlarini o‘zlashtirish va hom ashyoni boyitish va metallurgik 
    korxonalarga yetkazish bilan konchilik sanoati shug‘ullanadi. Ruda konlarini 
    o‘zlashtirishda ochiq, yopiq va aralash usullardan foydalaniladi.  
    Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarishni yangi 
    dastgohlar bilan almashtirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshiruvchi, material 
    resurslarni tejab ishlatuvchi, ishlab chiqarishga tamoman yangi texnika va 
    materiallarni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, yuqori quvvatli va samarali 
    dastgohlarni yaratish dolzarb masala hisoblanmoqda. 

    Download 4.38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




    Download 4.38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     - Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari

    Download 4.38 Mb.
    Pdf ko'rish