Operatsion kuchaytirgichlarga inersiyasiz nochiziqli zanjirlarning ulanishi




Download 1,62 Mb.
bet5/8
Sana12.01.2024
Hajmi1,62 Mb.
#135364
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
abdurahmon1
1 - копия (2), 3-maruza. Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilg-www.hozir.org, transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar (1), Хамроев ВНО 5(136)бэл., 8-ma\'ruzaga material — копия, 14-Ma\'ruza TIEM, Басов Николай Геннадьевич (1), Elektroliz. Elеktroliz qonunlari, 3.Ma\'ruza yozma (1), mustaqil talim 1, 1 Amaliy ish, 5 mavzu, bugalteriya, diyor1
Operatsion kuchaytirgichlarga inersiyasiz nochiziqli zanjirlarning ulanishi
Logarifmik kuchaytirgich. Bunday kuchaytirgichda chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishi logarifmiga proporsional bo’ladi. Logarifmik xarakteristika hosil qilish uchun OK manfiy ТА zanjiriga diod yoki UB sxemadagi BT ulanadi. Diodli va BTli logarifmik kuchaytirgich sxemalari mos ravishda 1, a va b-rasmlarda ko’rsatilgan.
Avvalgidek, OKning ideallik xossalaridan kelib chiqadi. Shu sababli 1-rasm a- rasmdagi sxema uchun

bu yerda U- dioddagi kuchlanish. Bu sxema uchun ekanligi ravshan. Bundan


1-rasm. Diodli (a) va BTli (b) logarifmik kuchaytirgich sxemasi.
Yuqoridagi sxema kabi, 1, b- rasmdagi sxema uchun ham
Bundan keltirilgan sxemalar uchun maksimal chiqish kuchlanishi 0,6 V dan oshmaydi. Logarifmik kuchaytirgichlar chiqishida faqat bir qutbli kuchlanish shakllanadi. Musbat kirish kuchlanishida chiqishda manfiy kuchlanish shakllanadi. Chiqishda musbat kuchlanish olish uchun 1, a-rasmdagi sxemaga teskari yo'nalishda diod ulash va kirish kuchlanishi qutbini o’zgartirish kerak.1, b-rasmda p — n — p — turli tranzistor qo’lash usuli bilan shunday natijaga erishish mumkin. [9]
Antilogarifmik (eksponensial) kuchaytirgich. Antilogarifmik kuchaytirgich hosil qilish uchun yuqorida ko’rib o’tilgan sxemalarda diod (tranzistor) bilan rezistor o’rnini almashtirish kerak (2, a va b-rasmlar).1, a va b-rasmlardagi sxemalar kabi, 2, a-rasmdagi sxema uchun
),
va 2-rasmdagi sxema uchun esa
),
deb yozish mumkin.
Logarifmik va antilogarifmik kuchaytirgichlar ko‘paytirish va bo’lish matematik amallarini bajarish uchun qo’llaniladi.
Haqiqatdan, sonlarni ko’paytirish uchun ularning logarifmlarini qo’shish yetarlidir. Uchta sonni ko’paytirish uchun, ularning harbirini avval o’zining logarifmik kuchaytirgichi kirishiga berish, so’ngra uchta kirishli jamlovchi qurilma kirishiga uzatish lozim (8-rasm).

10-rasm. Antilogarifmik kuchaytirgichlar.

11-rasm. Nol detektori sxemasi (a) va uning vaqt diagrammalari (b,d).
Kuchlanish komparatori. Komparator ikki va undan ortiq signallarni o’zaro, yoki bir kirish signalini biror berilgan etalon kuchlanish sathi bilan solishtirish amalini bajaradi Berilgan kirish signallarini nolga teng bo’lgan etalon kuchlanish sathi bilan solish tirad igan komparator sxemasi 11-rasm da ko’rsatilgan. Buning uchun OK inverslaydigan kirishi potensiali nolga teng bo’lgan umumiy shina bilan tutashtiriladi. Shu sababli bunday qurilma nol detektori yoki nol — indikatori deb ataladi.
Kuchaytirgichning inversalaydigan kirishiga amplitudasi bo’lgan o’zgaruvchan kuchlanish berilgan bo’sin (katta signal rejimi).
Komparator ishini ifodalovchi vaqt diagrammalari 11, b va drasmlarda ko’rsatilgan. Diagrammalardan ko’rinib turibdiki, kirish kuchlanishi shartga javob bersa, chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishiga proporsional bo’ladi, ya’ni Kirish kuchlanishi qiymatdan oshsa, komparator chiqish signali o’zgarishsiz qoladi va
Shunday qilib, musbat kirish kuchlanishida chiqish signali standart va ga teng, manfiy kirish kuchlanishida esa – yana standart va ga teng bo’ladi degan xulosaga kelamiz.
Kirish signali analog, chiqish signali esa – raqamli bo’lgani uchun (-( mantiqiy 0, matiqiy 1, komparator analog va raqamli qurilmalar orasidagi aloqa elementi rolini bajaradi, ya’ni sodda analog — raqamli o’zgartirgich hisoblanadi.
Kirish signali shakli ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Ammo (kichik signal rejimi) bo’lganda, ishlashning ixtiyoriy vaqt momentida chiqish signali kirish signaliga proporsional bo’ladi, ya’ni . Bu yerda va aniq OK ning pasport ma’lumotnomalarida keltirilgan parametirlari.
Katta signal rejimida, kirish signali qiymati bo’lgan vaqt intervallarida komparator chiqish signali o’zgarishsiz qoladi va bo’ladi.
Chiqish kuchlanishi darajalarda qayd qilinadigan kattaligi komparator sezgirligi deb ataladi.
Chiqishda kichik standart kuchlanishlar olish talab qilingan holatlarda, 12, a-rasm da ko’rsatilgan kom parator sxemasi ishlatiladi. Musbat kirish kuchlanishida chiqishda manfiy kuchlanish paydo bo’ladi. Bunda VD2 diod ochiladi. Ma’lumki, ochiq dioddagi kuchlanish — U ga teng, deyarli o’zgarmas kattalik. Demak,

12-rasm. Komparator sxemasi (a) va uning vaqt diagrammasi (b).
chiqishdagi kuchlanish ga bog'liq bo'lmagan ravishda U’ ga teng. Kremniyli diodlar uchun U = 0, 7 V ekanini eslatib o’tamiz. Manfiy kirish kuchlanishida VD1 diod ochiladi, chiqish kuchlanishi esa +U' ga teng bo’ladi va u ham ga bog‘liq bo’lmaydi. Ushbu komparatorning vaqt diagrammalari 12, b-rasmda ko’rsatilgan. Komparator sezgirligiga kelsak, u ham qiymatlarda keskin ortadi va 7 mkV ni tashkil etadi.
Agar yakka VD1 va VD2 diodlar o’rniga ketma-ket diodlar zanjiri ulansa, komparatorning chiqish kuchlanishlari mos ravishda katta bo’ladi. Ikki (va undan ortiq) kuchlanishlari solishtirilganda ular turli kirishlarga beriladi. Bunday komparator sxemasi va uning ishini izohlovchi vaqt diagrammalari 13-rasmda ko’rsatilgan.
Nolga teng bo’lgan momentlarda, ya’ni, kirishlar orasidagi kuchlanishlar bo’lganda chiqish kuchlanishi nolga teng bo’ladi. > bo’lgan vaqt oraliqlarida, chiqish kuchlanishi ishorasi musbat va standart qiymatiga teng bo’ladi. < bo’lgan vaqt oraliqlarida OK qayta ulanadi va uning chiqishida standart kuchlanish o’rnatiladi.

13-rasm. Bir bo’sag’ali ikki kuchlanishni solishtirish sxemasi (a) va uning vaqt diagrammalari (b).
Yuqorida kо’rib o‘tilgan standart OK asosidagi kom paratorlar kirish signallari sekin o’zgaruvchi, yuqori aniqlikdagi solishtiruvchi sxemalarida ishlatiladi. Gap shundaki, katta amplitudali kuchlanishlarni solishtirish rejimida OK tranzistorlari to’yinish rejimiga o’tadilar. To’yinish rejimi bazada noasosiy zaryad tashuvchilarning to’planishiga olib keladi. Bu zaryadlarni bazadan chiqarib yuborish uchun ma’lum vaqt talab qilinadi, bu esa komparatorlarning tezkorligini pasaytiradi. Shuning uchun raqamli texnikada tezkorligi 15 200ns gacha bo’lgan 521SA1-521SA4 turdagi integral komparatorlar qo’llaniladi. Ularni loyihalashda tranzistorlar to’yinish rejimiga o’tmaydigan maxsus sxemotexnik yechimlar qo’llaniladi.[1]



Download 1,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion kuchaytirgichlarga inersiyasiz nochiziqli zanjirlarning ulanishi

Download 1,62 Mb.