• Bitiruv malakaviy ishning ilimiyligi va ahamiyati
  • Bitiruv malakaviy ishini tuzilishi
  • Elektr zanjirning chiziqli bo’lmagan elementlari
  • Bitiruv malasaviy ishning dolzarbligi




    Download 1,62 Mb.
    bet2/8
    Sana12.01.2024
    Hajmi1,62 Mb.
    #135364
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    abdurahmon1
    1 - копия (2), 3-maruza. Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilg-www.hozir.org, transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar (1), Хамроев ВНО 5(136)бэл., 8-ma\'ruzaga material — копия, 14-Ma\'ruza TIEM, Басов Николай Геннадьевич (1), Elektroliz. Elеktroliz qonunlari, 3.Ma\'ruza yozma (1), mustaqil talim 1, 1 Amaliy ish, 5 mavzu, bugalteriya, diyor1
    Bitiruv malasaviy ishning dolzarbligi: Kasbiy tafakkurni shakllantirish, zamonaviy darsliklar va o’quv qo’llanmalarini yaratish uchun, atamalarning, binobarin, atamashunoslik lug‘atlarining davlat tilida ishlab chiqilishi favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifasi: Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi − «UNICON.UZ» DUKda elektron texnika va radioelektronikaga oid atamalar ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘atining qayta ishlangan, to‘ldirilgan ikkinchi nashri ishlab chiqildi.
    Bitiruv malakaviy ishning ilimiyligi va ahamiyati: Lug’atda elektron, optoelektron, yarimo’tkazgichli, elektrovakuum, gazrazryadli asboblar, radiotexnika tizimlari, televideniye, radiopelengatorlar, antennalar, radiotelemetrik uskuna, radioaloqa vositalari, maishiy radioelektronika, axborotni yozish hamda qayta tiklash usullari va vositalari, lazer texnikasi bo’yicha atamalarning keng spektri aks ettirilgan.
    Bitiruv malakaviy ishini tuzilishi: Lug’at alifbo tartibida joylashtirilgan, 2200 dan ortiq atamani o‘z ichiga oladi. Lug’at o‘zbek tilidagi atama va ta’riflarni hamda ularning rus tilidagi muqobilini, shuningdek, atamalarning rus hamda ingliz tillaridagi ifodasini o’z ichiga oladi.
    Aksariyat hollarda atamalar birlik shaklda berilgan. Shunga e’tibor qaratish kerakki, atamalarning ta’riflari hajm jihatdan unchalik keng bo’lmasa ham, ularning mohiyatini ochib beradi, asosiy mazmunini aks ettiradi. Atamalarning o’zbek va rus tillaridagi izohlarini ta’riflashda asosiy diqqat-e’tibor radioelektron qurilmalarda yuz beradigan jarayonlarning fizik mohiyatini ochib berishga qaratilgan.
    Hozirgi zamon ishlab chiqarishining barcha sohalarida, qurilish, tibbiyot va umuman, hayotimizda elektr energiyadan keng ko’lamda foydalaniladi. [1]


    Elektr zanjirning chiziqli bo’lmagan elementlari
    Parametrlari elektir zanjirga ta’sir etadigan kuchlanish va undan o’tadigan tokka bog’liq o’zgaradigan elementga chiziqli bo’lmagan element deb ataladi:
    Z = Z (I U)
    Agar chiziqli bo’lmagan elementning parametrlari zanjirdagi kuchlanish yoki tokning o’zgarishi bilan oniy vaqt ichida o’zgarsa, bunday elemet inersial bo’lmagan element, agar bu o’zgarish ma’lum vaqt o’tkach yuz bersa, inersial element deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, inersial chiziqli bo’lmagan elementlarning parametrlari tok kuchi yoki kuchlanishning oniy qiymati o’zgarishi emas, balki amplitudaning yoki effektiv qiymatlari o’zgarishi ma’lum vaqt o’tgach sezadi.
    Chiziqli bo’lmagan elementning volt – amper xarakteristikasi ham chiziqli bo’lmaydi. Uning ko’rinishi turlicha bo’lib, elemetning fizik xususiyatlari va tuzilishiga bog’liq bo’ladi.
    Chiziqli bo’lmagan elemetlar ikki turga aktiv va reaktiv elemetlarga ajraladi.
    Reaktiv chiziqli bo’lmagan elemetlarga misol qilib ferromagnet o’zakli induktivlik g’altagini va segnetodielektrikli kondensatorni, aktiv chiziqli bo’lmagan elementlarga ega, ko’p elektrodli elektron lampalarni, yarim o’tkzgichli triodlarni va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
    Impuls qurilmalarda generator ma’lum davomiylik va amplitudaga ega to’g’ri to’rtburchak shakldagi impulslar ishlab chiqaradi. Bu impulslar raqamlarni aks ettirish va hisoblash qurilmalarida, axborotlarni qayta ishlash va boshqa q urilm alar elem en tlarin i boshqarish uchun mo’ljallangan. Ammo, elem entlar to’g‘ri ishlashi uchun umumiy holda to’g‘ri burchak shakldan farq qiluvchi shakldagi, ma’lum davomiylik va amplitudaga ega bo'lgan impulslar talab qilinadi.
    Generator ishlab chiqarayotgan impulslarni passiv va aktiv bo‘lishi mumkin bo'lgan to ‘rt qutbliliklar yordamida o’zgartirish mumkin. Turli to’rt qutbliliklardan foydalanib differensiallash, integrallash, impulslarni qisqartirish, amplituda hamda ishorani o’zgartirish kabi va boshqa o'zgartirishlarni amalga oshirish mumkin. Differensiallash va integrallash amallari mos ravishda differensiallovchi va integrallovchi zanjirlar yordamida bajariladi.

    1 – rasm. Pretsizion attenyuator.
    Passiv integrallovchi va differensiallovchi zanjirlar quyidagi kamchiliklarga ega: ikkala matematik amal ma’lum xatoliklar bilan amalga oshiriladi. U larni korreksiyalash uchun chiqish signali amplitudasini kuchli ravishda pasaytiruvchi, korreksiyalovchi zanjirlar kiritish zarur.[3]
    OK asosidagi aktiv differensiallovchi va integrallovchi qurilmalar bu kamchiliklardan xoli. Ularni o’rganishga o’tamiz.
    Differensiallovchi qurilma. OK asosida bajarilgan sodda differensiator sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Sxema ТА zanjiriga RC element kiritilgan inverslaydigan kuchaytirgich hisoblanadi.
    Kirxgofning birinchi qonuniga binoan U ' = U " = 0 bo’lganligi sababli, kondensator zaryadining oniy qiymati Q(t) =C , tok esa = d Q /d t = C ( / dt). O’z navbatida, tok .
    Bundan C + =0 yoki .
    Shunday qilib, mazkur qurilma kirish signalini diflferensiallash — uni vaqt
    doimiysi = ga teng bo‘lgan proporsionallik koeffitsientiga ko’paytirish amalini bajaradi. Kirishga to’g’ri burchak shakldagi impuls berilganda chiqishda hosil bo‘ladigan kuchlanish shakli 3-rasmda keltirilgan.
    Chiqishdagi impulslar davomiyligi kabi aniqlanadi.

    2- rasm. Differensiallovchi qurilma sxemasi.
    Umumiy holda chiqishdagi kuchlanish shakli va nisbatiga bog‘liq bo’ladi. vaqt momentida rezistorga kirish kuchlanishi qo’yilgan, chunki kondensatordagi kuchlanish keskin o’zgara olmaydi. So’ngra kondensatordagi kuchlanish eksponensial qonun bo’yicha ortadi, rezistordagi kuchlanish esa, ya’ni chiqish kuchlanishi eksponensial qonunga binoan pasayadi va kondensator zaryadlanishi tugaganda, vaqt momenti nolga teng bomadi. Kirish kuchlanishi nolga teng bo’lganda, kondensator rezistor orqali razryadlana boshlaydi. Shunday qilib, teskari ishorali impuls shakllanadi. [5]

    3-rasm. Differensiallovchi qurilma chiqishidagi kuchlanishlarning vaqt diagrammasi.

    Download 1,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malasaviy ishning dolzarbligi

    Download 1,62 Mb.