|
Mustaqil ishi mavzu: Yorug’lik manbalari Reja
|
bet | 4/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 32,62 Kb. | | #228537 |
Bog'liq Mustaqil ishi mavzu Yorug’lik manbalari Reja-fayllar.orgYorugʻlik bosimi haqidagi farazni birinchi marta 1619 yilda I. Kepler kometa dumlarining Quyosh yaqinidan uchib oʻtishidagi ogʻishini tushuntirish uchun ishlatgan edi. 1873 yilda J. K. Maksvell elektromagnit nazariya asosida Yorugʻlik bosimi kattaligini hisoblab chiqdi. U eng kuchli Yorugʻlik manbalari (Quyosh, elektr toki) uchun ham juda kichik miqdor ekan. Yer sharoitida u yonaki hodisalar (konveksion toklar, radiometrik kuchlar) bilan niqoblanadi. Shu sababli, Yorugʻlik bosimini sof holda oʻlchash murakkab ish. Uni birinchi marta 1899 yilda P. N. Lebedev tajribada aniqlagan. Uning olgan natijalari J. K. Maksvellning hisoblashlariga mos kelgan edi. U Yorugʻlikning gazlarga beradigan bosimini oʻlchash mumkinligini 1908 yilda isbotladi. Dumli yulduzlar Yorugʻlik bosimi taʼsirida paydo bo'ladi, deb taxmin qilinadi. Elektromagnit nazariyaga ko'ra, jism sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit toʻlqin yuzaga keltiruvchi bosim elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligi i ga teng . Ushbu energiya jismga tushuvchi va undan qaytuvchi toʻlqinlar energiyasidan tashkil topadi. Agar jism sirtining 1 sm2 ga tushuvchi elektromagnit toʻlqin quvvati Q erg/sm2, qaytarish koeffitsiyenti R boʻlsa, u holda sirt yaqinida energiya zichligi
u=Q(h+R)/c
Bundan Yorugʻlikning jism sirtiga bosimi
P=Q(h+R)/c
Yorugʻlik bosimi koʻlamlari bir-biridan jiddiy farq qiluvchi astrofizika va atom sohalarida juda muhimdir.
Lazerlar paydo boʻlishi bilan Yorugʻlik bosimidan turli sohalarda foydalanish imkoni keskin kengaydi (qarang Kompton effekti, Myossbauer effekti va b.). Yorugʻlik vektori (Yorugʻlik maydon nazariyasida) — Yorugʻlik energiyasining kattaligini va koʻchirilish yoʻnalishini aniqlab beruvchi Yorugʻlik oqimi zichligini ifodalaydigan vektor. U fotometriyada amaliy ahamiyatga ega, uning yordamida Yorugʻlikning hajm zichligi, Yorugʻlik oqimining yutilishi, sirtning yoritilganligi va b. aniqlanadi. Yorugʻlik kvanti — foton energiyasi. Yorugʻlik toʻlqin tarqatish bilan birga korpuskulyar, yaʼni kvant tabiatga ham ega boʻlishini M. Plank isbotlagan. Plank nazariyasiga koʻra, Yorugʻlik moddaning atom, molekulalaridan uzluksiz oqim tarzida emas, balki aniq miqdordagi ayrim ulushlar tarzida chiqadi va ularga shunday ulushlar tarzida yutiladi. Bu ulushlar kvantlardir. Fotoeffekt hodisasini shu nazariyaga asoslanib tushuntirish mumkin.
Kvant mexanika qonunlari ham shu nazariyaga asoslangan. Yorugʻlik kuchi — koʻrinuvchi nurlanish manbaining muayyan yoʻnalishda yorugʻlanishini ifodalaydigan Yorugʻlik kattaligi. Yorugʻlik manbaidan fazoviy burchak birligi O.da tarqalayotgan Yorugʻlik oqimi F ni ifodalaydi: /=FD2. Xalqaro birliklar tizimi SIda kandela (kd) Yorugʻlik kuchi oʻlchov birligi deb qabul qilingan. Yorugʻlik kuchini aniqlash yoritish texnikasida (uyjoylarni yoritish), tibbiyotda (yorugʻlik bilan davolash), ilmiy tadqiqot ishlarida amaliy ahamiyatga ega. Yorugʻlik oqimi. Yorugʻlik energiyasini sezishda, tabiiyki, koʻz alohida ahamiyatga ega. Inson koʻzining turli rangdagi Yorugʻlikni sezish qobiliyati ham turlicha. Shuning uchun biror sirt orqali oʻtayotgan Yorugʻlikning toʻlqin energiyasi emas, balki bu Yorugʻlik energiyasining bevosita koʻzga taʼsir etib koʻrish sezgisi uygʻotadigan qismi ahamiyatli. Biror sirt orqali vaqt birligi ichida oʻtadigan va koʻrish sezgisi bilan baholanadigan yorugʻlik energiyasi Yorugʻlik oqimi deb ataladi, yaʼni formulasi
F= W/t
bunda F — Yorugʻlik oqimi; t — Yorugʻlik tushayotgan vaqt oraligʻi; W — sirt orqali oʻtayotgan, yaʼni fazoviy burchak O. da tarqalayotgan Yorugʻlik energiyasi. Agar W — nuqtaviy manbadan barcha yoʻnalishlar boʻyicha tarqalayotgan Yorugʻlik energiyasini ifodalasa, F — toʻla Yorugʻlik oqimini bildiradi.
Yorugʻlik oqimining oʻlchov birligi qilib lyumen (lm) qabul qilingan. U yorugʻlik kuchi 1 qd boʻlgan manbaning fazoviy burchak 1 sr da hosil qiladigan Yorugʻlik oqimini ifodalaydi: 1 kd1 sr=1 lm. Yorugʻlik energiyasi — inson koʻzi sezadigan elektromagnit toʻlqinlar energiyasi qismi. U Yorugʻlik oqimining yoritish davomliligiga koʻpaytmasiga teng. Yorugʻlik energiyasi birligi — lyumen x xsekund (lms).[1]
Yorugʻlikning quyidagi xossalari ajratib koʻrsatiladi:
- Intensivlik;
- Chastota;
- Qutblanish;
- Yorugʻlik Lyuminessent lampa - ishi Lyumines sinsiya hodisasiga asoslangan lampa; Gaz-Zaryadli yorugʻlik manbai. Ichki devoriga Lyuminoforlar qatlami surkalgan, ichiga Inert gazlari (argon, geliy va boshqalar) va Metallar (maye. simob) bugʻi toʻldirilgan shisha naychadan iborat.
Elektr toki oʻtganda lampada elektr razryad vujudga keladi. Ultrabinafsha nurlar taʼsirida metall atomlari, soʻngra lyuminofor yorug'lik socha boshlaydi. Lampaning yorug'ligi tabiiy yorugʻlikka yaqin boʻliish uchun lyuminoforlar tanlanadi. Simobli lampalar shunday turga yaqin boʻladi. Lyuminessent lampaning ishlash muddati Choʻgʻlanma lampalarga qaraganda ancha yuqori boʻladi. Xonalar, koʻchalarni yoritishda, Nusxa koʻchirish qurilmasida va boshqalarda ishlatiladi.
Ana endi esa kvant generatori haqida gaplashsek:
|
| |