103
1.2-rasm. M-E-T-X tizimining umumiylashtirilgan sxemasi:
M-manbaa; E-elektr iste’molchi; T-texnologik obyekt; X-ekspluatatsiya xizmati;
EU-elektr o‘zgartkich; EI-elektr iste’molchi; ET-elektr energiyasini uzatish
tarmog‘i.
Fanning maqsadi va vazifalari qator texnik, texnologik sotsialiqtisodiy
masalalarni qo‘yadi. Bu masalalar davlat, viloyat, tuman, obyektlar darajasida
echilishi mumkin; jumladan mutaxasislarni malakasini oshirish, optimal guruh
strukturalarini joriy qilish, ish sifatini oshirish, ta’mir tuzatish bazalarini tashkil
etish, tuzatish-ta’mirlash bazalarini, ta’minlovchi-xizmat ko‘rsatuvchi bazalarin
optimal tashkil etish, ularni kompleks boshqarish sistemalarini ishlab chiqish,
elektrotexnik xizmat ishini me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqish. Elektr uskunalar
ekspluatatsiyasini tashkil etish masalalari ilmiy asoslangan holda echilishi zarur.