106
3-mavzu: Texnik ekspluatatsiya asoslari.
Reja:
1.Texnik ekspluatatsiya asoslari.
2. Elektr uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash.
3.Texnik va tashkiliy tadbirlar.
Elektr uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash
uchun ularning texnik
ekspluatatsiya tizimi ishlab chiqiladi, va amalga oshiriladi. Bu tizim texnik va
tashkiliy tadbirlarni o‘z
ichiga olib, elektr uskunalarni ishonchli va soz ishlashi
uchun xizmat qiladi. Texnik espluatatsiya tizimi quyidagi asosiy elementlarni o‘z
ichiga oladi. Texnik ekspluatatsiya prinsiplari:
a) to‘xtab qolishdan keyin ko‘rik o‘tkazish, bu holda tadbirlar hajmi
elektr uskunaning zararlanish darajasiga qarab belgilanadi va o‘tkaziladi.
b) profilaktik texnik ekspluatatsiya choralari oldindan tuzilgan rejaga asosan
elektr uskuna ishlab turganida to‘xtatilgan holatda o‘tkaziladi.
v) ko‘rikdan keyingi texnik ekspluatatsiya choralari diagnostika ko‘rinishida
o‘tkaziladi. Zarur bo‘lganda elektr uskuna holatiga qarab qo‘shimcha
tadbirlar
rejalashtiriladi.
To‘xtab qolishlar oqibatlari kam bo‘lganda (a) prinsip ishlatiladi, ya’ni elektr
uskuna to‘xtab qolsagina u texnik ekspluatatsiya qilinadi (tuzatiladi). Xizmat
muddati tugagan elektr uskunalar almashtiriladi.
Profilaktik prinsip eng ma’qul va samarali bo‘lib, u ko‘proq qo‘llaniladi. Bu
prinsipning qator qulayliklari bor:
1. Texnik tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilib turiladi va elektr uskunaning
soz ishlab turishi uchungina etarli tadbirlar bilan chegaralanadi.
2. Rejali bo‘lib, doim bir xil muojalalar o‘tkaziladi va Yuqori sifatli bo‘ladi.
3. Iqtisodiy
samarali, elektr uskunaning bir qismi yoki detali sozlanadi va
butun mashinani behosdan to‘xtab qolishning oldi olinadi.
Profilaktik ekspluatatsiya tadbirlari kalendar yoki reglamentli muddatlarda
bo‘lishi mumkin.
Kalendar muddati-rejada ko‘rsatilgan kalendar vaqtida o‘tkaziladi.
Reglamentli muddat-elektr uskuna ma’lum
bir hajm ish bajarganda
o‘tkaziladi (marta ulanishlar soni, kVt
ּ soat va hokazo).
Ta’mir sikli elektr uskunaning texnik ekspluatatsiya tadbirlari ketma-
ketligidi
107
r.
GOST 18322-78 ga ko‘ra ta’mir sikliga texnik xizmat ko‘rsatish, joriy va kapital
ta’mir kiradi (1.5-rasm). Engil (a) va og‘ir (b) ekspluatatsiya
sharoitlarida elektr
motorlarning ta’mir siklining strukturasi: B-ekspluatatsiya boshlanishi; TXK-texnik
xizmat ko‘rsatish; JR-joriy ta’mir; KR-kapital ta’mir. Texnik xizmat ko‘rsatish-
elektr uskunani ishlab turganida, soz va ishchi
holatda foydalanish uchun
o‘tkaziladigan tadbirlar majmuidir. Texnik xizmat ko‘rsatish o‘z vaqtida o‘tkazilsa,
kichik hajmda, kam harajat bilan bajariladi va elektr uskunaning behosdan ishdan
chiqishining oldi olinadi.
Joriy ta’mir-elektr uskunaning ayrim qismlari va detallarini almashtirish,
tuzatish yo‘li
bilan uni ishchi, soz holatda ushlab turishdir. Ma’lumki, har qanday
mashinaning qismlari turlicha tezlikda eskiradi. Uning yaroqsiz qismlarini o‘z
vaqtida almashtirish yoki sozlash butun mexanizmni ishchi holatda ushlash
imkonini beradi.
Kapital ta’mir-elektr uskunaning barcha qismlarini tuzatish va resursini qayta
tiklashdan iborat bo‘lib, u to‘la ta’mirlanadi.
Bundan tashqari texnik xizmat xodimlari operativ xizmat ishlarini ham bajaradilar:
uzish-ulash, sxemalarni o‘zgartirish, to‘xtab qolgan elektr uskunalarni nosozliklarini
yo‘qotib, ishchi holatda ushlash. Profilaktik tadbirlarning
optimal davriyligi
texnologik zarar, profilaktik tadbirlar va kapital ta’mirlash uchun ketgan xarajatlarni
hisobga olib aniqlanadi
1.6-rasm. Profilaktik tadbirlarning optimal davriyligini tanlash
uchun grafiklar.
U
T
–texnologik zarar; T
P
–davriylik, muddat; T
P.OPT
–optimal
davriylik; Z
P
–profilaktik tadbirlarga
ketgan harajatlar;
Z
KT
–kapital ta’mirlash harajatlari.