• 6-mavzu: Elektr ta’minot sharoitlari. Reja
  • Mutaxassislikka kirish




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/75
    Sana06.02.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #152291
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
    Bog'liq
    Elektr uskunalarini tamirlash

    Nazorat savollari:
     
    1. Elektr uskunalarini texnik qarovi va ta’miridagi tadbirlarni belgilash tartibini 
    tushintiring? 
    2. Texnik qarov va ta’mir o‘tkazish muddatlarini aytib bering. 
    3. Profilaktik tadbirlarni rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni 
    tushintirish?
    4. Elektr uskunalarning ekspluatatsiya sharoitlarini aytib bering. 


    113 
    6-mavzu: Elektr ta’minot sharoitlari. 
    Reja: 
    1.Qishloq va suv xo‘jaligi elektr ta’minot tizimlari.
    2.Elektr energiyasining sifat ko‘rsatgichlari.
    3.Elektr uskunalarning texnik ekspluatatsiya sharoitlari 
    Qishloq va suv xo‘jaligi elektr ta’minot tizimlari sanoatdan farq qilib, ko‘proq 
    ochiq elektr uzatish tarmoqlariga ega. Qishloq istemolchilari tarqoq joylashgan va 
    turli xil masofalarga elektr uzatish tarmoq (EUT) lari tortilgan: Kuchlanishi U = 10 
    kV da-50 km gacha; U = 0,4 kV da-700 m gacha.
    Qishloq elektr uzatish tarmog‘ida sutka davomida yuklanish notekis bo‘lib, 
    elektr energiya sifatini pasayshiga olib keladi. Bir fazali istemolchilarning ko‘pligi 
    fazalar nosimmetriyasiga olib keladi. Nochiziqli elementlarning qo‘llanilishi esa 
    (yarim o‘tkazgichlar texnikasi) tarmoqda yuqori garmonikali tok va kuchlanishlarni 
    Yuzaga keltiradi va elektr energiya sifatini pasaytiradi.
    Standart bo‘yicha quyidagi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari 
    belgilangan. Chastotaning og‘ishi, chastotaning o‘zgarishi, kuchlanishning og‘ishi, 
    kuchlanishning o‘zgarishi. O‘zgaruvchan tok kuchlanishi o‘zgarishi ko‘rinishining 
    nosinusoidalligi.-yuqori garmonik kuchlanishlarning ta’sir etuvchi qiymatining 
    asosiy kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymatiga nisbati. Bu nisbat 0,05 dan kam 
    bo‘lishi kerak. Kuchlanish neytralining siljishi, nolli ketma-ketlik kuchlanishning 
    asosiy faza kuchlanishi qiymatga nisbati quyidagicha bo‘ladi: Yuqorida ko‘rsatilgan 
    kattaliklardan asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib kuchlanishning og‘ishi hisoblanadi
    chunki bu kattalik qishloq xo‘jaligi sharoitida ko‘pchilik holatlarda me’yoriy 
    qiymatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
    Kuchlanish o‘zgarishining elektr energiya sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri uning 
    miqdoriga o‘zgarish tomoniga (+, –), davomiyligiga va elektr iste’molchi turiga 
    bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa elektr yoritish vositalari kuchlanishning o‘zgarishiga sezgir 
    bo‘ladi. Lampalarning yorug‘lik oqimi-F va xizmat muddati-D kuchlanishning 
    og‘ishi bilan quyidagicha bog‘langan.
    Elektr qizdirish vositalari ham kuchlanish og‘ishiga sezgir bo‘ladi, ya’ni 
    ularning quvvati kuchlanish kvadratiga proporsional bo‘ldi. Xuddi lampalardagidek 
    elektr qizdirish vositalarida kuchlanishning oshishi xizmat muddatini kamaytiradi
    kuchlanishning pasayishi esa ish unumini kamaytiradi.
    Elektr motorlarning barcha ko‘rsatkichlari tarmoq kuchlanishiga bog‘liq 
    bo‘ladi. Ayniqsa asinxron motorning aylantirish momentiga kuchlanish o‘zgarishi 
    salbiy ta’sir kursatadi. Motor bu holda ko‘proq qiziydi va xizmat muddati kamayadi. 
    Masalan U 10% bo‘lganda aylantiruvchi moment 19 % ga pasayadi. Ayniqsa 
    kuchlanishning pasayishi motorni ishga tushirish rejimlarini qiyinlashtiradi, yoki 
    ishlab turgan motorni to‘xtab qolishiga olib keladi. Kuchlanishning pasayishi etarli 
    darajada bo‘lsa, elektr motor ishga tusha olishiga tekshirib ko‘riladi. Kuchlanishning 
    o‘zgarishi elektr motor tokini va undagi quvvat yo‘qolishini o‘zgarishiga olib keladi. 
    Salt ishlash tokining aktiv tashkil etuvchisi (I

    ) kuchlanishga teskari reaktiv tashkil 


    114 
    etuvchisi(I
    or 
    )esa to‘g‘ri proporsional o‘zgaradi, natijaviy tok esa ikkala holatda ham 
    ortadi, tokning eng kam qiymati nominal kuchlanishda bo‘ladi. Elektr motorlar 
    uchun odatda U 10% deb belgilangan. Past yoki yuqori kuchlanishda motor qizib 
    ishlaydi va uning izolyasiyasi tez eskiradi, xizmat muddati kamayadi. Elektr motor 
    izolyasiyasining xizmat muddati kuchlanish bilan quyidagicha bog‘langan.
    β-yuklanish koeffitsienti.
    Kuchlanish nosimmetriyasi elektr motorlarda teskari 
    U
    2
    , to‘g‘ri 
    U
    1
    va neytral 
    U
    0
    kuchlanishlarni yuzaga keltiradi. Fazalarda turlicha kuchlanishlar bo‘ladi va 
    ularning qizishiga olib keladi. Bularning oldini olish uchun, odatda sifatsiz 
    kuchlanish bo‘lganda, elektr motorlar yuklanishini 5-10% ga kamaytiriladi.
    Qishloq xo‘jaligi elektr uskunalari texnik ekspluatatsiyasining o‘ziga xos 
    tomonlari ularning foydalanish sharoitlarini og‘irligidan kelib chiqadi. Bu erda 
    texnik tadbirlar o‘z vaqtida, barcha omillarni hisobga olgan holda o‘tkazilishi kerak. 
    Lekin elektroxo‘jalik xizmat xodimlarining etarli malakaga ega bo‘lmaganligi, 
    ehtiyot qismlar etishmasligi, zarur diagnostika, tekshirish-sinov asboblarni etarli 
    emasligi, transport va yo‘llarning nosozliklari bu tadbirlarni yuqori texnik saviyada 
    o‘tkazish imkoniyatini chegaralaydi.

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish