Elektr uskunalarning texnik ekspluatatsiya sharoitlari




Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/75
Sana06.02.2024
Hajmi5,43 Mb.
#152291
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Elektr uskunalarning texnik ekspluatatsiya sharoitlari 
Qishloq va suv xo‘jaligidagi mavjud nokulayliklar va sharoitlar elektr 
uskunalarning texnik ekspluatatsiyasiga alohida e’tibor berilishini talab qiladi. 
Elektr uskunalarning etarli ekspluatatsion ishonchliligini saqlab turish uchun 
profilaktik va operativ texnik qarov va ta’mirlarni o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazish 
kerak. Lekin bu tadbirlarni qishloq va suv xo‘jaligi sharoitida amalga oshirish 
ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi. Barcha elektr uskunalari kichik maydonda 
kompakt joylashgan sanoatdagidan farq qilib, qishloq va suv xo‘jaligida elektr 
iste’molchilar juda tarqoq joylashgan va hilma xilligi bilan ajralib turadi. Bundan 
tashqari ular turli muhit sharoitida va turlicha yuklanish rejimida ishlaydi. Bu esa 
rejali texnik qarov va ta’mir tadbirlarini bir xil vaqtda o‘tkazishni qiyinlashtiradi. 
Grafikni murakkablashtiradi va uni bajarishni qiyinlashtiradi.
Elektr uskunalarda texnik qarov va ta’mir muddatlari elektr uskunalar 
joylashgan atrof muhit sharoitiga, elektr jihozlar tipiga, sutka va yil davomidagi 
Yuklanish rejimiga, ish rejimlariga bog‘liq. Turli sharoitlarda ishlayotgan 
uskunalarda bir xil muddatlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazish, texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta’mir grafigini smena va oy yoki kvartal davomida tekis rejalashtirish 
murakkab bo‘lib, elektr montyorlarning ish unumdorligini pasaytiradi. Operativ 
xizmat ko‘rsatish tadbirlarini o‘tkazishni qiyinlashtiradi. Elektr uskunalarning 
to‘xtab qolishlarini o‘z vaqtida oldini olish uchun har bir xo‘jalikda yoki obyektda 
navbatchi elektromontyor bo‘lishi kerak, bu holda ularning bandligi pasayib ketadi. 
Demak, har bir elektromontyor bir necha obyektga xizmat ko‘rsatish zarur. Bu holda 
elektromontyorlar transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanish kerak. Elektr 
uskunalarning hilma xilligi texnik xizmat va ta’mir bazasida ko‘plab texnik 
vositalar, asboblar va extiyot qismlar bo‘lishini talab qiladi. Kichik xo‘jaliklarda esa 
servis xizmati vositalarini samarasiz ishlatilishiga olib keladi, oqibatda elektr 
uskunalar samaradorligi pasayadi. Demak, qishloq va suv xo‘jaligi sharoitida texnik 


115 
ekspluatatsiya samaradorligini pasaytiruvchi obyektiv sharoitlar mavjud ekan. 
Elektromontyorlar turli xil funksional vazifalarni bajarishiga to‘g‘ri keladi, yo‘l, 
transport vositalari, ehtiyot qismlar etarli emas. Bu esa elektrotexnik xizmat 
xodimlari malakasiga va texnik qurollanishiga yanada yuqoriroq talablar qo‘yadi.

Download 5,43 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr uskunalarning texnik ekspluatatsiya sharoitlari

Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish