116
7-mavzu: Elektr uskunalarni tanlash.
Reja:
1.Elektr energiyasidan samarali foydalanish uchun elektr tarmoqning quvvati
va yuklamasi.
2.Elektr uskunalarni tanlash asoslari.
3.
Sanoat majmuasi xususiyatidan kelib chiqib himoya vositalarini tanlash
tartiblari.
Elektr energiyasidan samarali foydalanish uchun
elektr tarmoqning turli
qismlariga turli quvvatli va yuklama harakterli iste’molchilar ulanishi mumkin. Bir
fazali iste’molchilar bir fazali transformator orqali ta’minlanishi mumkin. Yirik
quvatli qishloq xo‘jaligi komplekslari sanoat asosli elektr ta’minot tizimiga ega.
Qishloq elektr tarmoqlari tarmoqlangan radial bo‘lib,
ularning uzunligini
kamaytirish, ko‘ndalang kesim yuzalarini selektiv bo‘lishi muhim o‘rin to‘tadi.
Qishloq xo‘jaligida elektr ta’minot sharoiti pastligini aytib o‘tish zarur, ya’ni
elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari pastdir. Bir fazali iste’molchilarning
salmog‘ining ko‘pligi fazalar nosimmetriyasiga olib keladi va elektr energiya
sifatini yanada yomon bo‘lishiga olib keladi. Bundan
tashqari elektr energiya
iste’molining sutka davomida notekisligi ham elektr tarmoqlarni notekis
yuklanishiga olib keladi. Hozirda qishloq xo‘jaligi
uskunalarini boshqarish
tizimlarida turli xil yarimo‘tkazgichli avtomatik elementlardan foydalanilmokda, bu
esa elektr tarmoqlarda yuqori garmonikali toklar ta’sirida
kuchlanishlarning
sinusoidalligini buzilishiga olib keladi, buning natijasida elektr
tarmoqlarda
qo‘shimcha elektr energiya isrofi bo‘ladi.
Demak, qishloq xo‘jaligidagi elektr ta’minoti strukturasi va ish rejimlaridagi
o‘ziga xos tomonlari elektr energiya sifatini pasayishiga olib keladi. Qo‘shimcha
energiya isrofini yuzaga keltiradi.