• 11-mavzu: Elektr uskunalarning ishonchliligini oshirish. Reja: 1. E
  • Mutaxassislikka kirish




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/75
    Sana06.02.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #152291
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
    Bog'liq
    Elektr uskunalarini tamirlash

    Nazorat savollari: 
    1. 
    Elektr uskunalarini rezervlashga ta’rif bering? 
    2. 
    Yangi texnikaning imkoniyatlari qanday? 
    3. 
    Rezerv fondi normativlariga nimalar kiradi? 
    4. 
    Elektr uskunalarni rezervlash usullarini tushintiring? 
     
     
     


    157 
    11-mavzu: Elektr uskunalarning ishonchliligini oshirish. 
    Reja: 
    1. 
    Elektr motorlarini ishdan chiqishi. 
    2. 
    Og‘ir atrof muhit sharoiti. 
    3. 
    4A, 5A, A02-SX seriyali motorlar. 
    Elektr motorlarini ishdan chiqishiga qishloq va suv xo‘jaligi sharoitida asosiy 
    sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin. Og‘ir atrof muhit sharoiti, konstruktiv 
    ishlanganligining atrof muhit sharoitiga to‘g‘ri kelmasligi, turli avariyali rejimlardan 
    himoya qilinmaganligi yoki himoya vositasining mos emasligi, eksplutatsiya 
    darajasining pastligi va boshqalar.
    Og‘ir atrof muhit sharoitida elektr motorlar ishonchli ishlaydigan, 
    himoyalangan konstruksiyaga ega qilib ishlanmoqda, eski motorlar ta’mir paytida 
    modernizatsiyalanmoqda, elektr motorlarni agressiv muhitdan boshqa joyga olib 
    o‘rnatiladi yoki ular alohida shkafga o‘rnatilib mikroiqlim hosil qilinadi. Hozirda 
    zavodda tayyorlashda elektr motorlar qishloq va suv xo‘jaligi uchun maxsus 
    tayyorlanmoqda va o‘zini qishloq xo‘jaligi sharoitida yaxshi ishlashni 
    ko‘rsatmoqda. Chorvachilik fermalari sharoitida qishloq va suv xo‘jaligi elektr 
    motorlari 6-8 yil xizmat muddati bilan ishlamoqda, umumsanoat variantlari esa 1,5-
    2 yil ishlab ishdan chiqmoqda.
    4A, 5A, A02-SX seriyali motorlar ishonchli izoliyasiya va himoyaga ega bo‘lib, ular 
    qishloq va suv xo‘jaligi obyektlarida yuqori ishonchlilik bilan ishlab turibdi. 4ASX 
    seriyali motorlar ulardan farqli ravishda, ulanish joylari nikelli qilib va yuqori sifatli 
    qilib ishlangan va xizmat muddati 1,5 barobargacha oshirilgan.
    4AM seriyali modenizatsiya qilingan motorlar yuqoriroq ishonchli 
    ishlanganligi bilan farqlanadi. Yana internatsional ishlangan AI seriyali qilib 
    asinxron motorlar qi
    щloq va suv xo‘jaligida qo‘llab foydalanilmoqda, ular yanada 
    yuqori ishonchlilik ko‘rsatkichlarga ega. Demak hozirda og‘ir sharoitlarda ishonchli 
    ishlay oladigan universal motorlar chiqarilmoqda, ular zax nam, o‘ta nam kimyoviy 
    aktiv moddali fermalarda, yuqori changli binolarda (chang miqdori-240 g/m
    3

    namlik 80-100%, amiak 2-140 mg/m
    3
    ) ishonchli ishlab turibdi. Hozirda ishlab 
    turgan A, AO, A2, AO2 va boshqa eski seriyadagi motorlar modelizatsiya qilinib 
    kapital va joriy ta’mirlarida ularning izolatsiyasining sifatini, himoyalanish 
    darajasini oshirilmoqda. Kapital ta’mirlashda ikki-uch bor izolatsiyalovchining lak 
    bilan shimdirish yaxshi natijalar beradi. Motorni ta’mirdan keyin izolyasiyalovchi 
    lakiga ingibitor qo‘shib uch bor shimdirish yaxshi natijalar beradi. Ingibitor lak 
    pardasiga difontiyalanib, undagi mayda teshiklarni to‘ldiradi va namlikning 
    shimilishini kamaytiradi. Ko‘pincha xromatli va BDN ingibitorlar qo‘llaniladi. BDN 
    ingibitori bu dietilalinin, benzotriazol va paranitrofenollarni atsetondagi eritmasi 
    bo‘lib eng yaxshi ingibitordir. Bu ingibitor GF-92 x.s. emalga 6% li aralashma 
    ko‘rinishda tayyorlanib izolatsiya sifatida ishlatilsa bo‘ladi. Stator cho‘lg‘amlarining 
    yon qismlari bo‘yok pukagich bilan qo‘shimcha ishlov beriladi. Uzoq muddat 
    ekspluatatsiya natijalari ingibitorli lak bilan shimdirilgan motorlar izolyasiyasi 
    qarshiligi 3-4 marta katta bo‘lib qolganligini ko‘rsatadi.


    158 
    Elektr motorlarini ekspluatatsion ishonchliligini oshirish uchun ularni maxsus 
    joylarga o‘rnatish mumkin. Bunda qo‘shimcha kabellar zarur bo‘ladi. Odatda bu 
    yo‘l yangi obektlarni loyhalashtirish-qurish paytida bajarilsa samaraliroq bo‘ladi. 
    Elektr motorlarni o‘rnatishda ularni ishonchli ishlashi ko‘zda tutilishi zarur.

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish