165
14-mavzu: Profilaktik tekshirish va o‘lchovlar.
Reja:
1. Profilaktik tekshirish.
2. Tekshirish va o‘lchovlar.
3. Prujinali PD-1 asbobi.
Tuproq namligi ma’lum darajada bo‘lganda (30-60%)
havo elektr uzatish
tarmog‘ining yog‘och tayanchlari tez chiriydi. Ularning holati er sathidan 30-40 sm
chuqurlikda va Yuqorigi bandajlar ostida tekshiriladi. Chirish chuqurligi uch
joydan ko‘rinishiga qarab tayanchning ekvivalent diametri aniqlanadi.
Bunda
shuplar, buravchik, prujinali PD-1 asbobi ishlatiladi. Erga ulovchilarni tekshirishda
er kavlab ko‘riladi va uning chuqurligi tekshiriladi( S=0,5 m gacha). Erga
ulovchilar, agar metall qoziqlardan iborat bo‘lsa, haydov erlar 1 metrgacha
tekshiriladi.
Erga ulovchilar qarshiligi
MS 0,7; M-416 asboblari bilan eng
quruq
mavsumda,
ya’ni
yozda
tekshiriladi (5.1-rasm).
5.1-rasm. M-416 asbobida havo elektr uzatish
tarmoqlari tayanchlarining
erga ulanish qarshiligini aniqlash sxemasi.
1-yerga ulovchi, 2-kuchlanishli qoziq. 3-tokli zond.
Havo elektr uzatish tarmoqlari elektr uskunalarining planli oldini olib texnik
qarov va ta’mir grafigiga ko‘ra joriy va kapital ta’mir qilinadi. Joriy ta’mirda
tarmoqda pastda va yuqorida qarov qilinadi, yog‘och
tayanchlar chiriganligi
tekshiriladi, bandajlarning qisilish zichligi tekshiriladi, og‘ib qolgan tayanchlar esa
to‘g‘rilanadi. Nosoz izolyatorlar almashtiriladi, bo‘sh
tortilgan simlar qaytadan
tarang tortiladi. Havo elektr uzatish tarmoqlari atrofida o‘sgan daraxtlarning shox-
shabbalari butalanadi.
Rejali kapital ta’mirlashda joriy ta’mirdagi ishlar bajariladi. Reja bo‘yicha
tayanchlar almashtirib boriladi. Yog‘och tayanchli havo elektr uzatish tarmoqlari
har 3 yilda joriy ta’mirlanadi. Temir betonli havo elektr
uzatish tarmoqlarida esa
har 6 yilda bir joriy ta’mir o‘tkaziladi. Ta’mirlash ishlari oldidan ta’mirlovchilar
guruhi yig‘iladi, kerakli ehtiyot qismlar va materiallar olinadi,
asboblar
tekshiriladi. Ta’mirlash ishlariga ruhsat berilgandagina ular bajariladi. Joriy va
kapital ta’mirlash uchun zarur materiallar va ehtiyot qismlar miqdori me’yoriy
xujjatlarga ko‘ra olinadi.
166
Qayta yerga ulanish Elektr motorni nollash tarmog‘ining
qarshiligini
o‘lchash
tarmog‘ining holatini aniqlash uchun IZS-asbobining sxemasi. RTT-
IES-asbobini ulanish sxemasi. Yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan tok transformatori.
Z-qayta erga ulagich.
Havo elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanishni uzmasdan erga ulanishlar
qarshiligini o‘lchash uchun turli sxemalar va usullar ishlab chiqilgan va ISZ asbobi
yordamida elektr qurilmalar va tarmoqlarda erga o‘tayotgan tok yo‘lining
qarshiligini o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Bu sxema bilan neytrali
yerga ulangan
0,4 kV li tarmoqlarda o‘lchov bajarilishi mumkin. ISZ asbobi vositasida o‘lchovlar
nol va erga ulanish tarmoqlarini ajratmasdan amalga oshiriladi.
Bu sxemalar bilan 100 mA dan 10 A gacha yerga ketish toki va 0,1 dan 10
Omgacha tarmoq qarshiligini o‘lchash mumkin.