Nazorat savollari:
1. Ekspluatatsiya davomida kabel izolyasiyasi va kabelning metal qoplamalari?
2. Kabelning metal qobig‘i?
3. Kabel qobig‘i emirilishi?
4. Kabel elektr tarmoqlarini ta’mirlash?
187
22-mavzu: Transformatorlar podstansiyalari ekspluatatsiyasi.
Reja:
1.
Qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr iste’molchilarni elektr energiyasi
bilan ta’minlab turish.
2.
Transformator podstansiyasi pasaytiruvchi kuch transformatori
3.
Iste’molchilarga o‘rnatilgan qurilmalar.
Qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr iste’molchilarni elektr energiyasi bilan
ta’minlab turish uchun transformatorlar podstansiyalari xizmat qiladi. Ular 110 kV
kuchlanishni 35, 10, 6, 0,4 kV kuchlanishgacha pasaytirib, iste’molchilarni etarli
quvvatlar bilan ta’minlab turadilar. Transformator podstansiyasi pasaytiruvchi
kuch transformatoridan va taqsimlash qurilmalaridan iborat bo‘ladi. Kuch
transformatorlari moyli konstruksiyaga ega bo‘lib, quvvati 25, 40, 63, 100, 160,
250, 400, 630, kVA va undan yuqori bo‘ladi. Ularda moy transformatorning asosiy
qismlarini izolyasiyalaydi va birdaniga sovitish uchun ham xizmat qiladi. Barcha
kuch transformatorlari taqsimlash qurilmalari bilan jihozlangan. Qishloq va suv
xo‘jaligi elektr ta’minoti tizimlarida tashqi maydonlarda o‘rnatiladigan taqsimlash
vositalari komplektlari qo‘llaniladi (KRUNlar). Iste’molchilarga o‘rnatilgan
qurilmalar 110, 35, 10 kV kuchlanishni 10, 6, 0,4 kV kuchlanishga tushirib beradi
va turli ulash - ajratish, ximoya amallarini bajarib turadi. Ular atrof muhit harorati
-
40˚ +45˚S gacha bo‘lganda normal ishlab turadi. Taqsimlash vositalari
komplektlaridan transformatorlar podstansiyasi qurilmalari yig‘iladi. Shkaflarda
VMG10, VMK-10K, VMM-10 va boshqa tipli moyli ajratgichlar, A37 tipli
avtomatlar, PNB, PRS, NP, SD tipli saqlagichlar, rubilniklar o‘rnatiladi. Qishloq
aholi yashash punktlarini elektr ta’minoti uchun transformatorlar podstansiyasi
komplektlari ko‘plab ishlatiladi. Qishloq va suv xo‘jaligi obyektlari uchun RU-10,
RU-35 komplektlari ishlab chiqilgan. Ularda quvvati 630…6300 kVA bo‘lgan
kuch transformatorlari o‘rnatilgan.
Nasos stansiyalari uchun 110/35/10 yoki 6 kV li transformatorlar ishlatiladi.
Qishloq va suv xo‘jaligi obyektlari uchun yopiq transformatorlar komplekti
qo‘llaniladi. Ular himoyalangan, xavfsiz, texnik xizmati engil bo‘lishi, eshik va
tirqishlari zich berkitilgan bo‘lishi, tomi soz bo‘lishi zarur. Yopiq taqsimlash
punktlarining ichki harorati va namligi qurilmalarda kondensat suv tomchilari
paydo bo‘lishini oldini olishi, izolyasiyasi nam tortib qolmasligi va bino havosi
ventilyasiya qilib turilishi zarur. Transformatorlar podstansiyasi eksplutatsiyasida
quyidagilar bajariladi:
-iste’molchilar, qurilmalarning texnik ko‘rsatkichlariga qarab ularning ish
rejimlarini ta’minlab turish, qurilmalarning normal faoliyatini nazorat qilish,
kuzatib borish,
-ularni artib tozalash, avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar va
defektlarni zudlik bilan yo‘qotish,
-profilaktik qarovlar, sinovlar va ta’mirlarni o‘z vaqtida o‘tkazib turish,
-erga ulanish konturi, yashin qaytargichlarni soz bo‘lishini ta’minlash, -texnik
xujjatlarni to‘g‘ri olib borish.
188
Transformatorlar bu yurtmachiga to‘liq yig‘ilgan, moy bilan to‘ldirilgan
holda etkaziladi. Transformator bilan birga pasporti, ekspluatatsiyasi bo‘yicha
yo‘riqnomasi, gradusnik, gaz relesi va harorat signalizatori beriladi.
Transformator montajigacha usti yopiq joyda saqlanishi zarur. Agar uzoq muddat
saqlansa, undagi moy sathi va sifati nazorat qilib turiladi, termosifon filtrdagi
silikagel holati qaraladi, zichlanish joylaridan moy oqsa, mahkamlovchi boltlar
qo‘shimcha tortib qo‘yiladi. Transformatorlar qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratilishi zarur.
Transformatorni ekspluatatsiyaga qabul qilish
Iste’molchiga keltirilgan transformator dalolatnoma bo‘yicha ekspluatatsiya
xodimi tamonidan qabul qilinadi. Bunda transformator ko‘zdan kechiriladi, barcha
mahkamlanishlar, zichlanishlar tekshiriladi, kran va probkalardagi plombalar
butunligi ko‘riladi, farfor izolyatori butunligi, moy oqmayotganligi tekshiriladi.
Aniqlangan barcha nosozliklar haqida transport xodimi ishtirokida akt tuzilib,
zavodga xabar beriladi.
Kuch transformatorini ishga tushirish oldidan bajariladigan ish hajmini
uning quvvati, tipi, germetikligi, chiqarilgan yili, transportirovka sharoiti, saqlanish
muddati va sifatiga qarab aniqlanadi. Transformatorni ishga tushirishdan oldin
quyidagi tadbirlar bajarilishi zarur:
- ko‘zdan kechirish;
- izolyatorni benzinda quriqlab artish;
- termometrni o‘rniga o‘rnatish;
- moyni fizik-kimyoviy analiz qilib elektr mustahkamlikka sinash;
- bakni erga ulash;
- chulg‘amlarning qarshiligini doimiy tokda o‘lchash;
- izolyasiya qarshiligini o‘lchash, yuqori va past kuchlanishli cho‘lg‘amlari
orasi va cho‘lg‘am bilan korpus oralig‘ida;
- transformator ulagichi ishchi holatda turishi kerak;
- havo quritgich vilkasini echib olish;
- havo tozalagichning ishchi holatini indikatorli silikogel va seolit bilan
tekshirib ko‘rish;
- transformatorning g‘ildiraklarini «transport» holatidan «ish» holatiga
o‘tkazish;
- moy oqmaganligini tekshiriladi agar zichlanmagan joylari bo‘lsa,
boltgaykalarni mahkamlab tortiladi;
- moy sathi normada bo‘lishi va harorati tekshiriladi; -agar zarur bo‘lsa
transformator quritiladi.
Quvvati 1000 kV A gacha va kuchlanishi U 35kVbo‘lgan birinchi gabaritli
kuch transformatorlarni o‘rnatilishidan va ishga tushirishdan oldin quydagilar
bajariladi:
- transformator ko‘zdan kechiriladi, plombasi tekshiriladi;
- moy analizga olinadi va analiz qisqartirilgan programmada bajariladi; -
izolyasiya qarshiligi t=15 sek va t=60 sekdan keyin o‘lchanadi va absorbsiya R
60
.
koeffitsienti aniqlanadi K
abc
R15
189
Kuch transformatorlarini quritmay ishga tushirishda quyidagilarga amal
qilinadi:
- moy sathi me’yorida bo‘lishi kerak;
- moy tarkibi va sifati me’yoriy ko‘rsatgichlarda bo‘lishi kerak;
- 30…60 sek. da o‘lchab aniqlangan absorbsiya koeffitsienti moy harorati
10…30
0
S bo‘lganda K
abs
1,3 bo‘lishi kerak;
- agar biror shart bajarilmasa izolyasiya qarshiligi (
R
iz
)yana tekshiriladi, tg va
S
2
/S
50
nisbat aniqlanadi. Dielektrik isroflar tangensi va sig‘imlar nisbatining
chegaraviy qiymatlari 6.1 va 6.2-jadvalda keltirilgan. Olingan natijalar ruhsat
berilgan qiymatlar bilan solishtiriladi.
T.r.
Kuchlanishi
35 kV gacha bo‘lgan
transformatorlar
Moyli
kuch
transformator
chulg‘amlarining
haroratida
(˚S) tgδ ning (%) da maksimal ruhsat
etilgan qiymatlari
10
20
30
40
50
60
70
1
Quvvati
6300
kVA
gacha
1,2
1,5
2,0
2,6
3,4
4,5
6,0
2
Quvvati 10000 kVA va
undan ortiq
0,8
1,0
1,3
1,7
2,3
3,0
4,0
6.1-jadval. Dielektrik yo‘qotishlar (tg
δ) ning chegaraviy qiymatlari
Quvvati 100 kVA gacha bo‘lgan transformatorlarni, agar moyida suv izlari
ko‘rinmasa, teshilish kuchlanishiga sinab ko‘rish etarli bo‘ladi. Megommetrda R
60
-
qarshilik miqdorini o‘lchab, uning qiymati sinov bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Agar moy namligi ruhsat etilgan darajada bo‘lsa, transformator to‘g‘ridan to‘g‘ri
tarmoqqa ulanadi.
Kuchlanishi 35 kV gacha
bo‘lgan kuch
transformatorlarining
quvvati, kVA
Transformator chg‘amlarining berilgan haroratida S2
/S50 nisbatning maksimal ruxsat etilgan qiymatlari
10
0
S
20
0
S
30
0
S
6300 va undan past
1,1
1,2
1,3
10000 va undan Yuqori
1,05
1,15
1,25
6.2-jadval S2 /S50 sig‘imlar nisbatining ruxsat etilgan qiymatlari.
Agar transformator kapital ta’mirlashdan chiqqan bo‘lsa, salt ishlash toki (
I
ci
ulanish sxemasi (gruppasi aniqlanadi) tekshiriladi, transformatsiyalash koeffitsienti
va fazirofkasi aniqlanadi. Birdaniga transformatorning birlamchi va ikkilamchi
ulanishlari tarmog‘i ko‘riladi, izolyasiya qarshiligi o‘lchanadi va uni oshirilgan
kuchlanishda nazorat-o‘lchov asboblari, rele ximoyasi vositalari, ajratgichlarning
ishlashi tekshirib ko‘riladi. Transformatorni tarmoqqa ulab nominal kuchlanishda
ishlab turishi, kontakt sistemalar tekshiriladi.
190
Yangi transformatorlar Chirchiq transformator zavodidan chiqarilmoqda.
Ular alyuminiy va miss cho‘lg‘amli bo‘lib chiqishlari misdan bajarilgan bo‘ladi va
transportirovkada
zararlangan
bo‘lishi
mumkin.
Noto‘g‘ri
tashishda
transformatorni boshqa joylari ham zararlangan bo‘lishi mumkin. Masalan po‘lat
o‘zagining presslanishi buzilsa, salt ishlash isrofi ortib ketadi, foydali ish
koeffitsienti pasayadi. Bu holda transformatorda o‘ziga xos shovqin paydo bo‘ladi.
Ma’lum bir vaqt ishlagach yaroqsiz holga tushadi.
|