174
18-mavzu: Kabel tarmoqlarining qarovlari.
Reja:
1. Kabel tarmoqining ishonchli va xavfsiz ishlab turishi.
2. Kabel trassasi.
3. Nazorat qarovlari
.
Kabel tarmoqining ishonchli va xavfsiz ishlab
turishi uchun uning doimiy
qarovlari o‘tkazib turilishi zarur. Kabel trassasi bo‘ylab aylanib chiqilishi va
ko‘zdan kechirilishi zarur. Muntazam qarovlar kabel trassalarida quyidagi
muddatlarda o‘tkaziladi: kuchlanishi 1 kV dan yuqori bo‘lgan
tarmoqlarda-
joylardagi yo‘riqnomalarga ko‘ra, lekin kamida 3 oyda bir marta. Kabel oxiri
muftalari-6 oyda bir kuchlanishi 1 kV dan past bo‘lgan kabellarda-1 oyda bir
marta.
Nazorat qarovlari muddatlari joylardagi sharoitlardan
kelib chiqib injener-
texnik xodimlar tomonidan aniqlanadi.
Navbatdan tashqari qarovlar kuch kabellarida bahorda kuchli yomg‘ir, qor
erishidan keyin, qattiq shamol, to‘fonlardan keyin yer yumshab ko‘chishi xavfi
bo‘lganda o‘tkaziladi. Kabel trassalarini aniqlab kuzatishda quyidagilar bajariladi:
kabel
trassasi holatini tekshirish, yerni yuvilib ketgan, cho‘kkan joylari yo‘qligi,
ulanishlar zararlanishlari, yo‘qligi,
turli boshqa kanallar, jarliklardan o‘tish
joylarida kabel trassasining holati tekshiriladi. Trassa chizig‘ida ogohlantiruvchi
belgilar va yozuvlarning borligi va sozligi saqlovchi plakatlar va ko‘rsatkichlarni
borligiga ishonch hosil qilish va holatini tekshiring.
Kabellarni bino devorlaridan havo elektr uzatish tarmoqlari tayanchlaridan
o‘tishda
ularning
mexanik
zararlanishlardan
himoyalanganini
oxiridagi
muftalarning sozligi zanglash alomatlari yo‘qligi,
kabel usti qoplamalarini
ezilmaganligi, pachaqlanmaganligi tekshiriladi.
Kabel tarmoqlari yaqinlashgan joylarda elektrlashtirilgan temir yo‘l
relslarining ulanish joylarining holati (100 metr radiusda).
Kuzatuvlarda,
ya’ni
ochiq
havoda
yotqizilgan
kabellarga
kabel
quduqlaridagi ulanishlar muftalar holatiga alohida etibor berish kerak
(markirovkasi borligi, antikorrozion qoplamalar holati va hokozo).
Kabel trassasi kuzatuvlari va qarovlaridan ko‘ringan barcha defektlar
mahsus jurnalga qayd qilib boriladi. Tezda yo‘qotilishi zarur bo‘lgan
nosozliklar
haqida xodim rahbariga zudlik bilan xabar etkazishi zarur. Injener-mexanik
xodimlar qayd qilingan nosozliklarni yo‘qotish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar
ishlab chiqadilar.
Kuzatuvlar va qarovlar paytida kabel trassasida
TXK va TEKga rioya
qilinishi nazorat qilinadi. Kabel trassasining qo‘riqlangan zonasida ekspluatatsiya
tashkiloti bilan kelishilmay olib borilayotgan barcha er kovlash ishlarini to‘xtatadi,
qoidalar bo‘zilganligi to‘g‘risida dalolatnoma (akt) tuziladi va joylardagi
nazoratchilar yoki militsiya xodimi chaqiriladi. Kabel tarmog‘i
yaqinida olib
borilidigan ishlar loyihasi kabelni ekspluatatsiya tashkiloti bilan kelishiladi va
kabelni soz holda ishlashini taminlovchi tadbirlar ko‘zda tutiladi. Texnik
175
ekspluatatsiya qoidalari bo‘yicha er kovlash mashinalari
kabel trassasidan
1metrdan ortiq masofada ishlashi zarur.
Kabel trassasi ustida esa 0,4 metrgacha chuqurlikda ishlash maxsus ruhsat
bilan, yo‘l qo‘yiladi. Erga qoziq qoqish yoki er tuprog‘ini zichlovchi mashinalar
kabeldan 5 metr masofadan ortiq joyda ishlashi ruhsat etiladi.