• 15-mavzu: Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori havo elektr uzatish elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish. Reja
  • Mutaxassislikka kirish




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/75
    Sana06.02.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #152291
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
    Bog'liq
    Elektr uskunalarini tamirlash

    Nazorat savollari:
    1. Profilaktik tekshirishni tushintiring? 
    2. Tekshirish va o‘lchovlarga ta’rif bering? 
    3. Prujinali PD-1 asbobi nima? 
    4. Profilaktik tekshirish va o‘lchovlar olib borish? 


    167 
    15-mavzu: Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori havo elektr uzatish elektr 
    tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish. 
    Reja: 
    1. Kuchlanishi 1000 V va undan Yuqori havo elektr uzatish elektr 
    tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish. 
    2. Elektr tarmoqlari. 
    3. Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlab turish. 
    Elektr tarmoqlari ochiq usulda izolyasiyasiz simlarda bajarilgan yoki 
    izolyasiyali va mexanik zararlanishdan himoyalangan-kabel ko‘rinishida bo‘lishi 
    mumkin. Ular iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlab turish 
    uchun xizmat qiladi. Havo elektr uzatish tarmoqlari sodda, nisbatan arzon, 
    ekspluatatsiyasi engil bo‘lib, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida keng tarqalgan. Ular 
    tok o‘tkazuvchi simlardan, tayanchlardan va izolyatorlardan iborat bo‘ladi. Ochiq
    havo ta’sirida havo elektr uzatish tarmoqlari asta-sekin eskirib boradi. Yog‘och 
    tayanchlar esa chirib boradi. O‘tkazgich simlar tokning issiqlik hamda dinamik 
    ta’sirlari ostida bo‘ladi. Yana ular atmosferaning turli xil ta’sirida bo‘ladi (shamol, 
    qor, muzlash, yashin, va h.k.). Izolyatorlar ko‘pincha mexanik zararlanishi ham 
    mumkin. Bularning oldini olish uchun ma’lum bir texnik ekspluatatsiya chora 
    tadbirlari ko‘riladi. U elektr tarmoqlarining kafolatli ishlashini ta’minlaydi. Elektr 
    energiya ta’minotining kafolatliligi ko‘pincha qishloq va suv xo‘jaligi obyektlari 
    uchun katta ahamiyatga egadir, ayniqsa, yirik chorvachilik komplekslari, 
    issiqxonalar, meva omborlari uchun zarurdir. Bu korxonalarda elektr energiya 
    uzilishlari katta moddiy zarar keltiradi va noqulayliklar keltirib chiqaradi. 
    Elektrotexnik xizmat xodimlari havo elektr tarmoqlarining barcha elementlarini 
    doimo yaroqli holda tutishi kerak. Bunda quyidagilar bajarilishi shart:
    -havo elektr uzatish tarmoqlarida tok Yuklanishi (nagruzka) normada 
    ushlab turilishi kerak;
    - havo elektr uzatish tarmoqlarini doimo nazorat qilib turish zarur;
    - havo elektr uzatish tarmoqlarining rejali profilaktik sinov va o‘lchovlarini, 
    ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida bajarish;
    - halokatlarni chuqur tahlil qilib, ularning sabablarini aniqlash hamda ularni oldini 
    olish uchun tadbirlar ishlab chiqish kerak. Barcha ishlar texnik ekspluatatsiya 
    qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalari asosida olib borilishi.
    Texnik ekspluatatsiya qoidalariga binoan izolyasiyasiz simlarda ruhsat 
    berilgan harorat 65
    0
    S qilib belgilangan. Bunda havo elektr tarmoqlari yuklamasi
    atrof-muhit harorati
    bu erda : 

    rb 
    -simlarda ruhsat berilgan qizish harorati. 

    rb 
    =65
    0
    S
    t
    x
    - atrof-muhitning hisobiy harorati. t
    x
    - =35
    0
    S.
    Havo elektr uzatish tarmoqlarining qarovi rejali (doimiy) va rejadan tashqari 
    bo‘lishi mumkin. Doimiy qarovlar kunduzgi, tungi, balandlikdagi, tekshiruvchi va 
    nazorat qiluvchi bo‘ladi.
    Kunduzgi qarovlar bir oyda bir marta o‘tkaziladi. Havo uzatish tarmoqlarining 
    barcha elementlari ko‘zdan kechiriladi. Ularning yuqori qismi durbin bilan 
    kuzatiladi. Ulangan va mahkamlangan joylari tekshiriladi, tungi yoritish 


    168 
    elementlarining sozligi aniqlanadi. Yuqoriga chiqib o‘tkaziladigan qarovlarda (6 
    oyda bir marta) tarmoq ajratib qo‘yiladi. Izolyatorlar va armaturaning 
    mahkamlangan joylari hamda o‘tkazgichlarning tarangliligi tekshiriladi.
    Tekshirish qarovlari injener texnik xodimlar tomonidan turli muddatlarda 
    bajariladi va havo tarmoqlarining holati kuzatiladi. Barcha nosozliklar o‘z vaqtida 
    bartaraf etilishi kerak. Navbatdan tashqari qarovlar halokatlardan keyin og‘ir tabiiy 
    ofatlarda, kuchli shamolda, tumanda, va muzlashda, suv toshganda, qattiq sovuq 
    yoki issiqda), hamda havo elektr tarmoqlari avtomatik ajratilganda o‘tkaziladi. 
    Havo elektr tarmoqlarining barcha nosozliklari maxsus jurnalga yozib boriladi.

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish