169
16-mavzu: Kabelli elektr uzatish tarmoqlari ekspluatatsiyasi.
Reja:
1. Kabelli elektr uzatish tarmoqlari ekspluatatsiyasi.
2. PUE va TXK bo‘yicha barcha kabel tarmoqlari montaji.
3. Kabel tarmoqlarining qo‘llanilishi.
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida va xo‘jaliklarda, madaniymaishiy
obyektlarda tobora ko‘proq kabel tarmoqlari foydalanilmoqda. Kabellar ikki uch
va undan ortiq izolyasiyaga ega bo‘lib, uzoq xizmat qilishi, yuqori ishonchliligi va
xavfsizligi bilan ajralib turadi. Kabel tarmoqlarining qo‘llanilishi 0,4 kV li
kuchlanishda, hamda 1 kV dan Yuqori kuchlanishda yo‘lga qo‘yilgan.
PUE va TXK bo‘yicha barcha kabel tarmoqlari
montaji ekspluatatsiya
xodimi nazoratida bajarilishi va ekspluatatsiyaga qabul qilib olinishi zarur. Nazorat
qiluvchi ekspluatatsiya xodimi barcha ishlar sifatini, kabelning barabanga ulangan
holatini, muftalar va montaj materiallarining sifatini nazorat qiladi, yopiq ishlarni
ko‘rib ishga qabul qilib oladi, kabel tarmog‘ining gabaritlarini,
boshqa er osti
kommunikatsiyalari va kabellar bilan yaqinlashishi va kesishish joylarini, muftalar
montaji holatini ko‘rib ekspluatatsiyaga qabul qilib oladi.
Kabel tarmog‘ini maxsus kommissiya ekspluatatsiyaga qabul qilib oladi.
Bunda kommissiya kabel trassasini to‘liq ko‘rib chiqadi va texnik hujjatlarini
tekshirib oladi. Kabel tarmog‘ini ishga tushirishdan oldin quyidagilar bajariladi:
kabelni butunligi va fazirovkasini tekshirish, kabel tolalarining sig‘imi
va aktiv
qarshiligini aniqlaydi, oxirgi muftalarda erga ulanish qarshiligini o‘lchaydi, daydi
toklar paydo bo‘lishida himoya vositasining ishlashini tekshiriladi, U=1kV
gacha
kabelni megommetr bilan, kuchlanishi U=1kV dan Yuqori kuchlanishli
tarmoqlarni oshirilgan kuchlanish bilan sinab ko‘riladi.
Ekspluatatsiyaga butun
inshootlar kompleksi qabul qilib olinadi: muftalar uchun kabel quduqlari, kabel
tunellari va kanallari, antikorroziya himoyasi, signalizatsiya sistemasi, avtomatika
vositalari, nazorat o‘lchov asboblari va boshqa kabel tarmog‘iga o‘rnatilgan
vositalar.
Kabel tarmoqlar ekspluatatsiyasi hajmiga quyidagilar kiradi:
yuklama toki
ustidan nazorot, tarmoqning harorat rejimi va kuchlanishini tekshirish; trassani
ko‘rib chiqish, profilaktik sinovlar va o‘lchovlar; erga ko‘milgan
kabellarning
metall qoplamalarini korroziyadan himoya qilish; tarmoqni qo‘riqlash.