Nazorat savollari:
1. Transformatorni yaroqliligi qanday aniqlanadi?
2. Transformator qanday quritiladi?
3. Transformator moyi ekspluatatsiyasi haqida ma’lumot bering?
4. Moy sifati qanday aniqladi?
5. Moy qanday tozalanadi?
6. Moy regeneratsiyasi haqida ma’lumot bering?
1. Transformator ishga qanday tayyorlanadi?
2. Termosifon filtr vazifasi nima? U qanday ishlaydi? Moy qanday regeneratsiya
qilinadi?
3. Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi TP larning ekspluatatsiyasining
xususiyatlarini ayting?
4. Transformatorda namlik va issiqlik almashinish jarayonini tushuntiring?
5. Moy eskirishini qanday tushunasiz?
Transformator ortiqcha yuklanishlarda qanday ishlaydi?
193
24-mavzu: Qishloq va suv xo‘jaligi transformator podstansiyalari
ekspluatatsiyasi.
Reja:
4. Qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari.
5. Bir fazali iste’molchilarni fazalaroro to‘g‘ri taqsimlash.
6. Transformatorning quvvati oshgan sari uning nosimmetriyasi.
Qishloq va suv xo‘jaligi korxonalari va aholi yashash punktlaridagi
transformantorlar ekspluatatsiyasining o‘ziga xos tomonlaridan biri fazalar
nosimmetriyasidir. Bir fazali iste’molchilarni fazalaroro to‘g‘ri taqsimlash va
ularning ish grafiklarini hisobga olish nosimmetriya holatini yaxshilashi mumkin.
Transformatorning quvvati oshgan sari uning nosimmetriyasi ham kamaya boradi.
Lekin bir fazali iste’molchilarning ko‘pchiligi; yoritish iste’molchilari bilan birga
kuch iste’molchilari ham (payvandlash agregatlari, qo‘l instrumentlari, elektr
maishiy qurilmalar, suv qizdirgichlar), ularning bir tekis taksimlanishini va ishlab
turishini ta’minlash imkonini bermaydi.
Texnik ekspluatatsiya
qoidalariga
ko‘ra
fazalar
bo‘yicha
toklar
assimmetriyasi 20% dan kam bo‘lishi zarur bu erda:
I
max-
maksimal yuklangan
faza toki, A, I
urt-
uch faza toklarining o‘rtacha miqdori.
Qishloq transformatorlar podstansiyalarida toklar nosimmietriyasi o‘rtacha
30- 50% ni tashkil qilishi kuzatilgan. Fazalarning notekis yuklanishi ularda
kuchlanishning o‘zgarishiga va oxir-oqibat iste’molchilar ko‘rsatkichlarining
pasayishiga olib keladi. Elektr iste’molchilar uchun ayniqsa oshirilgan
kuchlanishlar xavf tug‘diradi, ularni xizmat muddatlarini kamaytiradi. Fazalarda
kuchlanishning past bo‘lishi esa qurilmalarning ish ko‘rsatkichlarini pasaytiradi,
cos
φ pasayadi, magnitlovchi tok miqdori ortadi (kuchlanish yuqoriroq bo‘lsa),
elektr tarmoqlar va transformatorlarda quvvat isrofi ortadi, joylarda qizishlar
bo‘lishi mumkin. Fazalar nosimmeteriyasi kichik quvvatli iste’molchilar uchun
xavf tug‘diradi, fazalarda kuchlanish o‘zgarib iste’molchilarda energetik
ko‘rsatgichlarining
pasayishiga,
ularning
yomonlashuviga
olib
keladi.
Nosimmetriya koeffitsienti k
n
= 0,3 va fazadagi tok 1,2 I
n
bo‘lganda, transformator
moyining harorati 20
0
S ga ortishi kuzatilgan. Chulg‘amlarning pastki qismi 22-
25
0
S gacha qizishi mumkin. Hozirda chiqarilayotgan alyuminiy chulg‘amli
transformatorlarda nol ketma - ketlik qarshiligi eskilariga nisbatan (mis
chulg‘amli) 1,5 barobar ortgan bo‘lib, nosimmmetriya rejimlarida kuchlanish
formasining buzilishi yanada ortadi. Shuning uchun yangi ishlab chiqarilayotgan
transformatorlarda
nosimmetriyalik
chegaralarini
kamaytirish
zarur.
Nosimmetriyalikni kamaytirish uchun xozirda elektrotexnik sanoat qishloq
xo‘jaligi uchun faza chulg‘amlari « yulduz-nolli zigzag» va «uchburchak-nolli
yulduz» sxemalarida ulangan transformatorlar ishlab chiqarmoqda. Bunda
nosimmetriya rejimlarida ham kuchlanish yuqori sifatli bo‘lib qoladi. Masalan,
quvvati 100 kVA bo‘lgan eski seriyali transformatorlarda nol ketma-ketlik
qarshiligi qisqa tutashuv qarshiligidan 10 marta ortiq va yangi seriyalilarida-17
marta bo‘lsa, chulg‘amlari « uchburchak-zigzig» ulangan transformatorlar uchun
ular bir xil bo‘ladi.
194
Qishloq xo‘jaligi va aholi yashash punktlaridagi kuch transformatorlarining
yana bir xususiyati, ular sutka davomida notekis yuklanadi. Kechki va ertalabki
maksimumga ega, kunduzi va tunda yuklama past bo‘ladi yoki bo‘lmaydi. Ularni
o‘rtacha sutkalik yuklanishi 20-30% ni tashkil qiladi. Bu yuklanish yil fasllarida
turlicha bo‘lishi mumkin. Transformatorlarning dastlabki yuklanishini hisobga
olib, ularni tarmoqning avariya rejimlarida ma’lum bir darajada ortiqcha yuklanishi
ruhsat etiladi. Masalan texnik ekspluatatsiya qoidalari bo‘yicha kuch
transformatorlari 30% ortiqcha yuklanish bilan 5 sutka davomida, 40% ortiqcha
yuklanish bilan 6 soat davomida ishlab turish mumkin. Kuch transformatorlarining
avariya rejimlarida qisqa muddatga ortikcha yuklanish chegara kiymatlari 6.4-
jadvalda keltirilgan. Bunda transformator moyining harorati nazorat qilib turiladi.
Agar transformatorda yozgi maksimum uning nominal quvvatidan past bo‘lsa,
qishki maksimum soatlarda 15% doimiy ortikcha yuklanish bilan ishlab turishga
ruhsat etiladi. Transformatorlarning yuklamasini nazorat qilib turuvchi
ampermetrlar shkalasi ham shu tokni qayt qila olishi zarur. Statistik ma’lumotlar
ko‘rsatadiki, kuch transformatorlarida ko‘proq yoz mavsumlarida avariya bo‘ladi.
Bunga asosiy sabab ular qishki ortiqcha yuklanishlaridagi qizishlari , yozgi issiq
atrof muhit haroratidagi qizishdan ko‘ra pastroq bo‘ladi. 8.5-jadvalda
transformatorni yozgi mavsumiy haroratining o‘zgarishlari ko‘rsatilgan. Bu
jadvaldan ko‘rinib turibdiki, transformator yuklanishi 50% bo‘lsada, yoz oylarida
transformator moyining harorati yuqoriroq bo‘lar ekan.
T.r.
Nominal quvvatiga nisbatan
ortiqcha yuklanish
karraligining ruhsat etilgan
miqdori
Transformatorning ruhsat etilgan
ortiqcha yuklanish muddati, min
Moyli
transformator
Quruq
transformator
1
1,20
–
60
2
1,30
120
45
3
1,40
90
32
4
1,50
70
18
5
1,60
65
5
6
1,75
20
–
7
2,00
10
–
6.4-jadval Transformatorlarning chegaraviy ortiqcha yuklanishi.
Jadvaldagi natijalardagi yillik o‘rtacha haroratning o‘zgarishidan foydalanib
transformatorning yuklanish rejimini to‘g‘irlash mumkin bo‘ladi, podstansiyaning
yuklanish rejimi o‘rnatiladi. Issiqlik yuklama gradientini (ishlab chiqarish va
maishiy iste’molchilar bo‘lganda) hisobiy davrdagi o‘rtacha sutkalik haroratning
har bir gradusiga to‘g‘ri kelgan miqdori 0,5*10
-2
dan 2,6*10
–2
gacha bo‘ladi.
Yana shuni ta’kidlash joizki, transformator moyining sovitish imkoniyati uni
quYuqligiga va u o‘z navbatida transformator haroratiga-uning yuklamasiga va
atrof muhit haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
195
Agrosanoat majmui obyektlarining elektr ta’minoti ochiq transformator
podstansiyalarida amalga oshiriladi va transformatorlar quyosh nurlari va shamol
ta’sirida bo‘ladilar. Quyosh nurlari ta’sirida moyning yuqori qatlamlari qiziydi.
Uning harorati pastki qatlamlariga nisbatan, transformator bakining o‘lchamlariga
qarab, (8-15)
O
S ga yuqori bo‘ladi. Quyosh nurlari ta’sirida moyning eskirishi
tezlashib, ekspluatatsiya muddatlari qisqaradi. Transformator baki qo‘shimcha
ravishda yana quyosh nurlaridan to‘silsa, uning qizishi va eskirishining oldi
olinadi.
Yil oylarida
Nominal
quvvatiga
nisbatan
yuklama
O‘rtacha oylik harorat
Harorat,
O
S
Havoning
Transformator
moyining
Haroratlar
farqi
May
0,65
26
56
30
Iyul
0,49
34
65,5
31,.5
Avgust
0,48
29
61
32
Sentyabr
0,66
22,5
51
28,5
Oktyabr
0,84
20,0
50
30
Noyabr
0,96
17
58
41
Yanvar
1,05
2
56
54
Mart
0,9
16
59
43
6.5 jadval Transformator haroratining mavsum davomida o‘zgarishi
Doimiy shamollar transformatorning issiqlik rejimni yaxshilaydi. Shamol
tezligi 2 m/s dan oshsa, transformator yuklamasini oshirish mumkin bo‘ladi.
Shamol tezligi ortgan sari transformatorning sovish sharoiti yaxshilana boradi.
Shamol ta’sirida transformator moyining harorati (510)
O
S ga pasayishi kuzatilgan
(6.3-rasm).
6.3-rasm. Transformator moyining
yuqori qatlami haroratining shamol
tezligiga bog‘liqlik grafigi.
Transformator
yuklamasi
fazalarda turlicha bo‘lganda, turli
ulanish
sxemalarida,
transformator
chulg‘amlari turlicha qiziydi. Nol ketma-ketlik toklarini kamaytirish uchun qishloq
xo‘jaligi elektr ta’minot tizimlarida transformatorlarning faza chulg‘amlari
«yulduz-yulduz nolli» sxemadan «yulduz-nolli zigzag» sxemasiga o‘tkaziladi.
Bunda transformatorni qizishi kamayadi. Bak ichida harorat farqi kamayib,
harorat maydoni tekislanadi.
196
Transformatorning yuklamasi 0,2S
n
bo‘lganda bakning maksimal va
minimal haroratlari farqi (5-10)
O
S ni tashkil kilsa, 0,4S
n
yuklanish bilan ishlaganda
haroratlar gacha bo‘ladi. Transformator cho‘lg‘amlari «uchburchak –nolli yulduz»
sxemasida
ulansa
ham
uning
qizishi
pasayadi.
Umuman
olganda,
transformatorning fazalar bo‘yicha nosimmetrik va notekis yuklamalarida qizish
darajasi fazalar yuklanishiga, nosimmetriya darajasiga, chulg‘amlarning ulanish
sxemasiga va ulanish gruppasiga bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat savollari:
1.Transformator ishga qanday tayyorlanadi?
2.Termosifon filtr vazifasi nima? U qanday ishlaydi? Moy qanday regeneratsiya
qilinadi?
3.Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlaridagi TP larning ekspluatatsiyasining
xususiyatlarini ayting?
4.Transformatorda namlik va issiqlik almashinish jarayonini tushuntiring?
5.Moy eskirishini qanday tushunasiz?
Transformator ortiqcha yuklanishlarda qanday ishlaydi?
|